Dilova Nargiza Gaybullaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlik muhitini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam. B2016.2.PhD/Ped386.  

Ilmiy rahbar: Safarova Rojat Gaybillaevna,  pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.58.01.

Rasmiy opponentlar: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori; Abdimuratov Paraxat Seytmuratovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlik muhitini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlik muhitini shakllantirish mexanizmi sub’ektlarning hamkorlik motivatsiyasi va  ijodiy fikrlash integratsiyalashuvi, ongli va kommunikativ faoliyat faollashuviga qaratilgan o‘quv bosqichlari mazmuni asosida takomillashtirilgan;

boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentlik darajasini baholash mezonlarining parametrlari uchun hamkorlikka asoslangan ta’lim jarayonini loyihalashtirish, ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazoratini amalga oshirish, o‘quv vaziyatlarida do‘stona xulq-atvorni namoyon etishga oid elementlar aniqlashtirilgan;

boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlik muhitini tashkil etish elementlari o‘quv jarayonining rivojlanish yo‘nalishlaridan iborat pedagogik hamda o‘quvchilarning muloqotga tayyorligini namoyon etuvchi (refleksiyaga moyillik, kognitiv faollik, intuisiyaga egalik) psixologik omillarni tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;

boshlang‘ich sinflarda o‘zaro hamkorlik muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan  interfaol metodlar o‘quv jaranidagi kommunikativ, motivatsion faoliyat shakllarining integratsiyalashuviga ko‘ra takomillashtirilgan hamda matnni oldindan belgilangan parametrlarga joylashtirish asosida o‘quvchilarda tahliliy fikrlash qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan maqsadli mashqlar ishlab chiqilgan va metodik tavsiyalar yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlik muhitini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Tadqiqot doirasida o‘qituvchining hamkorlikka asoslangan ta’lim jarayonini tashkil etish imkoniyatlari va uni rivojlantirish parametrlari asosida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar F1-XT-1-31247 raqamli  loyiha asosida “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirishga oid nazariy-amaliy yondashuvlar” nomli monografiya mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 8 yanvardagi 01-03-son ma’lumotnomasi). Natijada undan pedagog olimlar, yosh mutaxassislar, pedagogika oliy o‘quv yurti talabalari, malaka oshirish kurslarining tinglovchilari o‘z faoliyatida foydalangan;

masofaviy malaka oshirish mazmunini ishlab chiqishda qo‘yiladigan didaktik talablar asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi darajasini oshirishga qaratilgan metodik ta’minoti mazmuniga «Xalq ta’limi muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash mazmuni hamda sifatiga qo‘yiladigan Davlat talablari»ga singdirilgan. Xalq ta’limi vazirligining metodik ishlarni muvofiqlashtiruvchi guruhi yig‘ilishining 2016 yil 30 avgustdagi 5-son bayoni bilan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zstandart” agentligida 2013 yil 5 martda O\'zDSt 2767:2013 3523-qayd raqami bilan ro‘yxatga olingan) (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 8 yanvardagi 01-03-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining masofaviy malakasini oshirish kursi “Mutaxassislik fanlar” blokini takomillashtirishga imkon bergan;

ta’lim jarayonida o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik muhitini vujudga keltirishning turli shakllari, texnologiyalari bo‘yicha taqdim etilgan metodik manbalar F1-XT-1-31247 raqamli loyiha asosida “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini tashkil etish tamoyillari va parametrlari” nomli monografiya mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 8 yanvardagi 01-03-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, o‘quv dasturlari va darsliklar mualliflari, pedagogika oliy o‘quv yurti talabalari uchun manba bo‘lib xizmat qilgan;

boshlang‘ich sinflarda hamkorlikka asoslangan pedagogik muhitni vujudga keltirish vositalari, usullari, matnni oldindan belgilangan parametrlarga joylashtirish asosida o‘quvchilarda tahliliy fikrlash qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan uslubiy tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaga innovatsion yondashuv” nomli uslubiy qo‘llanma (XTXQTMOMI ilmiy kengashining 30.02.2014 yil 2-son qarori) mazmuniga singdirilgan. (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 8 yanvardagi 01-03-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, malaka oshirish kursi tinglovchilarining kasbiy kompetentligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish