Erxonova Maloxat Absaitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni biologik usulda himoyalash tizimi samaradorligini oshirish», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt20.
Ilmiy rahbar: Xushmatov Norqul Sadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ravshan Vohidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xo‘jaqulov Hayitmurod Djavlievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni biologik usulda himoyalash tizimining samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biolaboratoriyalar faoliyati samaradorligini biolaboratoriyalar va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligi nuqtainazaridan baholash yuzasidan ko‘rsatkichlar majmui tavsiya qilingan;
biolaboratoriyalarda biomahsulotlar ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish asosida baho shakllanishi bo‘yicha tavsiyalar tayyorlangan hamda intensiv, resurstejamkor texnologiyalardan foydalanishni ko‘zda tutuvchi biomahsulotlarni ishlab chiqarish uchun moddiy va mehnat resurslari sarfi me’yorlari tavsiya qilingan;
qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunandalardan himoyalash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan;
biolaboratoriyalarda xizmat sifatini oshirishga qaratilgan kadrlar ta’minoti, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni biologik usulda himoyalash tizimini rivojlantirishning ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish asosida:
biolaboratoriyalar faoliyati samaradorligi va ularning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ta’sirini baholash ko‘rsatkichlari majmui bo‘yicha takliflar “O‘zagrokimyohimoya” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zagrokimyohimoya” AJning 2018 yil 20 fevraldagi 02-12/313-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar tizimda biologik xizmatlar evaziga saqlab qolingan qo‘shimcha hosil, biomahsulotlar sifati, uning atrof-muhit ekologiyasi va bioxilmaxillikka ta’siri darajasini baholash imkonini bergan;
biolaboratoriyalarda biomahsulotlar ishlab chiqarish tannarxi va sotish bahosini hisoblash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar “O‘zagrokimyohimoya” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zagrokimyohimoya” AJning 2018 yil 20 fevraldagi 02-12/313-son ma’lumotnomasi). Takliflarning amaliyotga joriy etilishi biomahsulotlar tannarxining 15-20 foizga kamayishiga olib kelgan;
tavsiya qilingan biomahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan moddiy va mehnat resurslari me’yorlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tegishli korxona va tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 07/23-656-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida biomahsulotlar etishtirishda talab etiladigan moddiy-texnik va mehnat resurslari sarfini kamaytirishga erishilgan;
o‘simliklarni zararkunandalardan himoyalash xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlar (turli mulkchilik shaklidagi biolabortariyalar) faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar “O‘zagrokimyohimoya” AJ tomonidan amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan (“O‘zagrokimyohimoya” AJning 2018 yil 19 apreldagi 02-13/805-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tuman o‘simliklarni biologik himoya qilish sub’ektlari uyushmasining amaliyotga joriy etilishi hududlardagi biolaboratoriyalar, biofabrikalarni to‘liq qamrab olish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish, biologik usuldagi tadbirlarni muvofiqlashtirish, pirovard natijada biologik usulning samaradorligini oshirish orqali hosilni saqlab qolish darajasini ortishi va qishloq xo‘jaligida yuqori samaradorlikka erishish imkonini yaratgan;
biolaboratoriyalarda kadrlar ta’minoti, xususan mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar “O‘zagrokimyohimoya” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zagrokimyohimoya” AJning 2018 yil 20 fevraldagi 02-12/313-son ma’lumotnomasi). Natijada biolabaratoriyalarda agronom-entomologlar salmog‘ini 50 foizga, oliy ma’lumotli mutaxassislar salmog‘ini 40 foizga oshirish evaziga biolabaratoriyalar samaradorligini 10-15 foizga oshirish imkonini bergan.