Navruzov Sanjar Botirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sho‘rlanish sharoitida g‘o‘zaning oksidativ jarayonlariga glisirrizin kislotasi asosidagi tabiiy preparatlar ta`siri», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/B1148.
Ilmiy rahbar: Xashimova Nigora Rustamovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Kushanov Faxriddin Nematullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Shomurotov Shavkat Abduganievich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘za navlarining tuproq sho‘rlanishi sharoitida oksidlovchi stressga qarshi chidamliligini oshirishda glisirrizin kislotasi asosidagi preparatlarni samaradorligi va ta’sir mexanizmini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sho‘rlanish sharoitida g‘o‘zaning superoksiddismutaza faolligi va erkin prolin miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik kompensator xarakterga ega ekanligi va bunda DAG-1 va DAG-2 ning regulyatorlik roli aniqlangan;
ilk bor DAG-1 va DAG-2 stimulyatorlari g‘o‘zaning turli navlarida sho‘rlanish natijasida yuzaga keluvchi oksidlovchi stress ta’sirini kamaytiruvchi quyi molekulyar antioksidant va osmoprotektorlar (prolin, glutation va glutamin) miqdorini oshirishi aniqlangan;
g‘o‘za chigitiga ekishdan oldin hamda vegetatsiya davri bosqichlarida barg orqali DAG-1 va DAG-2 stimulyatorlari bilan ishlov berish natijasida sho‘rlanish sharoitida fotosintez pigmentlariga antistress ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
stimulyatorlarni turli darajadgi sho‘rlanish muhitida g‘o‘zada ion gomeostazini saqlashi va tuzga chidamlilik ko‘rsatkichi bo‘lgan K+/Na+ nisbati ortishini ta’minlashi aniqlangan;
ilk bor DAG-1 stimulyatori bilan ishlovlangan g‘o‘za chigiti integumentida superoksiddismutaza, sellyulaza faolliklari va sellyuloza to‘planishida korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi biokimviy va gistokimyoviy taxlillar bilan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Glisirrizin kislotasi asosidagi preparatlarni samaradorligi va ta’sir mexanizmini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
DAG-1 preparatini g‘o‘za o‘simligida stimulyator sifatida qo‘llanilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklarni muhofaza qilish va kimyolashtirish vositalari bo‘yicha Davlat komissiyasining guvohnomasi olingan (№ 1V 2412, 12.02.2020 y). Natijada, DAG-1 stimulyatori 20 qadoq miqdorida Sirdaryo viloyati “MUT-klaster” xo‘jaligida 10 t g‘o‘za urug‘liklarini ishlovlab ekish va vegetatsiya davrida purkash imkonini bergan;
DAG-2 preparatini g‘o‘za o‘simligida stimulyator sifatida qo‘llanilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklarni muhofaza qilish va kimyolashtirish vositalari bo‘yicha Davlat komissiyasining guvohnomasi olingan (№ 1V 2413, 24.02.2021 y). Natijada, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari klaster va fermer xo‘jaliklarida joriy qilish imkonini bergan;
DAG-1 stimulyatori bilan g‘o‘za urug‘liklarini ekish oldidan hamda vegetatsiya davrida ishlovlash texnologiyasi Toshkent viloyatining Pskent tumanidagi "Ilxom", "Dadaev Faxriddin", "Ozod Dadaev" fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 9 iyundagi 05/05/2787-son ma’lumotnomasi). Natijada, DAG-1 stimulyatori Toshkent viloyatining Pskent tumanidagi yuqoridagi fermer xo‘jaliklarining 90 gektar ochiq paxta maydonlarida xosildorlikni oshirish imkonini bergan.