Tog‘aev Eldor Maxmanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida polivinilxlorid uchun stabilizatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1404.
Ilmiy rahbar: Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Yodgorov Normuxammad, kimyo fanlari doktori; Fayziev Jahongir Bahromovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polivinilxlorid materiallari uchun azot va metal saqlagan elementorganik termostabilizatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ftalamin kislotaning rux, mis va kalsiy tuzlari asosida elementorganik termostabilizatorlar sintez qilingan;
p-fenilendiamin va kroton aldegidi asosida stabilizatorlar olishning optimal sharoitlari hamda tarkibi va tuzilishi zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida aniqlangan;
sintez qilingan termostabilizatorlarning polivinilxlorid asosidagi materiallarning fizik-kimyoviy va mexanik xususiyatlariga ta'siri aniqlangan;
PVXni quyosh va tashqi ta'sirlardan himoya qilish uchun ishlab chiqilgan termostabilizatorlarning ingibirlash xususiyatlari ftalamin kislotaning rux, mis va kalsiy tuzlariga bog‘liqligi ilmiy isbotlangan;
PVX uchun yangi turdagi p-fenilendiamin va kroton aldegidi asosidagi antioksidant hamda ftalamin kislotaning rux, mis va kalsiy tuzlari asosida sintez qilingan termostabilizatorlar olishning prinsipial texnologik sxemasi va texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sintez qilingan antioksidant va termostabilizatorlarni olish texnologiyasini ishlab chiqarish va amaliyotda qo‘llash bo'yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
p-fenilendiamin va kroton aldegidi asosida antioksidant olish texnologiyasi Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 30 yanvardagi OP 02/B 0-380-son ma’lumotnomasi). Natijada, PVX plyonkalarda stabilizator konsentratsiyasini 0,7% qo‘llash orqali fotostabilizatsiya faolligini oshirib karbonil, polien va gidroksil guruhlari paydo bo'lishini oldini olish imkonini beradi;
ftalamin kislotaning rux, mis va kalsiy tuzlari asosida termostabilizatorlar ishlab chiqarish texnologiyasi Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 30 yanvardagi OP 02/B 0-380-son ma’lumotnomasi). Natijada, PVX kompozisiyali quvurlar ishlab chiqarishda import o’rnini bosuvchi yuqori sifatli termostabilizatorni mahalliy mahsulot sifatida qo’llash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish