Kasimova Fatima Tulkunovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Raqobatli bozorlarni rivojlanishi sharoitida kichik tadbirkorlikda marketing faoliyatini takomillashtirish», 08.00.11–Marketing (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt120.

Ilmiy rahbar: Kadirov Abdurashid Madjidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Boltabaev Maxmudjon Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamdamova Gavxar  Absamatovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: raqobatli bozorlar rivojlanishi sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida marketing faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kichik biznes sub’ektlari mahsulotlarining bozordagi raqobatbar­doshlik pozisiyalarini aniqlash bo‘yicha tadbirkorlik sohasida marketing tadqiqotlarini tashkil etish uslubiyati iste’molchilarning bozordagi xatti-harakatlarini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;

kichik tadbirkorlik sub’ektlarining strategik xo‘jalik yuritish segmentlarini ajratgan holda  marketing strategiyasining samaradorligini baholovchi foydaning o‘zgarishi, bozordagi ulushi, raqobatchilar sonini hisobga oluvchi indikatorlar tizimi takomillashtirilgan;

raqobatli bozorlar rivojlanishi sharoitida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining xususiyatlarini hisobga oluvchi kompleks yondashuv asosida marketing faoliyatini takomillashtirish algoritmi ishlab chiqilgan;

kichik tadbirkorlik sohasida mijozlarga yo‘naltirilgan texnologiyalar asosida shakllantirilgan tarmoqli marketing modelidan foydalishning istiqbolli yo‘nalishlari taklif etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Raqobatli bozorlarning rivojlanishi sharoitida tadbirkorlikda marketing faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflar asosida:

kichik biznes sub’ektlari mahsulotlarining bozordagi raqobatbar­doshlik pozisiyalarini aniqlash bo‘yicha tadbirkorlik sohasida marketing tadqiqotlarini tashkil etish uslubiyati mijozga yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanish asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi qoshidagi “Mavis Global” MChJ faoliyatiga joriy qilingan (Savdo-sanoat palatasining 2017 yil 3 oktyabrdagi 18/JU-26-3830-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning assortimenti kengayti­rilgan, bu esa 2017 yilda korxona eksport salohiyatining 42% ga oshishini ta’minlagan;

kichik tadbirkorlik sub’ektlarining strategik xo‘jalik yuritish segmentlarini ajratgan holda  marketing strategiyasining samaradorligini baholovchi foydaning o‘zgarishi, bozordagi ulushi, raqobatchilar sonini hisobga oluvchi indikatorlar tizimi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy qilingan (Savdo-sanoat palatasining 2017 yil 3 oktyabrdagi 18/JU-26-3830-son ma’lumotnomasi). Ushbu indikatorlar tizimini amaliyotga joriy etish innovatsion iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik sohasini rivojlantirishga imkoniyat yaratgan;

raqobatli bozorlarning rivojlanishi sharoitida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining xususiyatlarini hisobga oluvchi kompleks yondashuv asosida marketing faoliyatini takomillashtirish algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy qilingan (Savdo-sanoat palatasining 2017 yil 3 oktyabrdagi 18/JU-26-3830-son ma’lumotnomasi). Mazkur algoritmning amaliyotga joriy etilishi 2017 yilda bozor ulushining 22,4 % ga oshishini ta’minlagan;

kichik tadbirkorlik sohasida mijozlarga yo‘naltirilgan texnologiyalar asosida shakllantirilgan tarmoqli marketing modelidan foydalishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tizimiga kiruvchi «Mavis Global» MChJ faoliyatida joriy etilgan (Savdo-sanoat palatasining 2017 yil 3 oktyabrdagi 18/JU-26-3830-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida korxona brendining taniqlilik darajasi 50 % ga, brendga ishonch va imijning o‘rtacha darajasi esa 5 punktga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish