Jamolov Jo‘rabek Jamol o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalarni jalb etish yo‘nalishlarini takomillashtirish », 08.00.02 – Makroiqtisodiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2090.
Ilmiy rahbar: Asqarova Mavluda Turobovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Usmanov Anvar Saidmahmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Valiev  Bobur Batirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga  xorijiy investisiyalarni jalb etish yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy brendlar bilan ishlab chiqarish va etkazib berish zanjirlariga qo‘shilishga qaratilgan ausorsing, franchayzing va preferensial soliq rejimlarini qo‘llash orqali nufuzli xorijiy brendlarni jalb qilish hisobiga qo‘shilgan qiymatni oshirish asoslangan;
investisiyaviy jozibadorlikni yana-da oshirishda har bir hududning imkoniyatlarini ifodalovchi integral ko‘rsatkichlarga asoslangan investision reytingini aniqlashda “hudud mahalliy hokimiyati va boshqaruv idoralari tomonidan yaratilgan investisiya salohiyati”ni alohida hisobga olish taklif etilgan;
xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligi tarkibida “yagona darcha” sifatida “onlayn” rejimda faoliyat yurituvchi hamda investorlar, manfaatdor davlat organlari va mahalliy hokimliklar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi Investorlar markazini tashkil etish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda xorijiy investisiyalarni jalb qilishni tartibga solish va rag‘batlantirish mexanizmlarining korrelyasion-regression bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model asosida xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirishning 2027- yilga qadar ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investisiyalarni jalb etish yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xorijiy brendlar bilan ishlab chiqarish va etkazib berish zanjirlariga qo‘shilishga qaratilgan ausorsing, franchayzing va preferensial soliq rejimlarini qo‘llash orqali nufuzli xorijiy brendlarni jalb qilish hisobiga qo‘shilgan qiymatni oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 - yil 11 - oktyabrdagi PQ-331-son “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida islohotlarni yana-da jadallashtirish va sohaning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 3-ilova 4-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 - yil 21 -dekabrdagi 08/10-10049-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida taniqli xorijiy brendlar bilan ishlab chiqarish va etkazib berish zanjirlarini faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoni yaratilgan;
investisiyaviy jozibadorlikni yana-da oshirishda har bir hududning imkoniyatlarini ifodalovchi integral ko‘rsatkichlarga asoslangan investision reytingini aniqlashda “hudud mahalliy hokimiyati va boshqaruv idoralari tomonidan yaratilgan investisiya salohiyati”ni alohida hisobga olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 - yil 11- sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonning 1-ilova 49-bandini shakllantirilishida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 - yil 21- dekabrdagi 08/10-10049-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida O‘zbekistonning halqaro reytinglarda o‘rnini yaxshilashga va investision jozibadorlikka qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoni yaratilgan;
xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligi tarkibida “yagona darcha” sifatida “onlayn” rejimda faoliyat yurituvchi hamda investorlar, manfaatdor davlat organlari va mahalliy hokimliklar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi Investorlar markazini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 - yil 21 iyuldagi PF-111-son “Ma’muriy islohotlar doirasida investisiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmonining 7-ilova 2-bandini shakllantirishda hisobga olingan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 - yil 21 -dekabrdagi 08/10-10049-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligida “yagona darcha” tamoyili asosida ishlash, shu jumladan “onlayn” rejimda faoliyat yurituvchi Investorlar markazini tashkil etish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda xorijiy investisiyalarni jalb qilishni tartibga solish va rag‘batlantirish mexanizmlarining korrelyasion-regression bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model asosida xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirishning 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 - yil 21- iyuldagi PF-111-son “Ma’muriy islohotlar doirasida investisiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 7-ilova 9-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 - yil 21 - dekabrdagi 08/10-10049-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish (ularga xizmat ko‘rsatish, davlat tomonidan subsidiya taqdim etish, imtiyoz berish va boshqacha tartibda qo‘llab-quvvatlash) hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish