Ziyaeva Muxtasar Mansurdjanovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xizmatlar bozorini rivojlantirishning marketing strategiyasi», 08.00.11–Marketing (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/Iqt92

Ilmiy maslahatchi: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Qalandar Xodjaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nabiev Elshod Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: raqobatli bozorlarni o‘sishi sharoitida yo‘lovchi tashuvchi temir yo‘l transporti tizimida marketing strategiyasini shakllantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

temir yo‘l transporti tizimida marketing strategiyasini shakllantirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy yondashuv iste’molchilarning hulq atvori, yo‘lovchi tashish bozoridagi ulushini oshirish va raqobatli bozorlarni o‘sishi sharoitini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;

iste’molchilarning o‘zini tutishi haqidagi nazariy tasavvurlarni, va bozordagi talabga diqqat qaratish tamoyilining yetakchi rolidan kelib chiqqan eng yuqori foydalilikning iqtisodiy konsepsiyalarini hisobga olgan holda, “strategik marketing”, “marketing strategiyasi” tushunchalari takomillashtirilgan;

yo‘lovchilarni tashish bozori rivojlanishining zamonaviy moyilliklarini hisobga olgan holda, temir yo‘l transportining raqobatchilik afzalliklaridan samarali foydalanish asosida xizmatlar sohasida marketing strategiyalarining samaradorligi ko‘rsatkichlari-marketing rentabelligi va marketing investisiyalari rentabelligi asoslangan;

marketing tizimining faoliyat yuritishi unumdorligini va tarmoq korxonalarining bozor sharoitiga moslashuvchanligini cheklaydigan omillarni aniqlash asosida, strategik tahlil vositalarini takomillashtirish va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rivojlanishining marketing strategiyalarini tanlash bo‘yicha takliflar tayyorlangan;

bozordagi iste’molchilarning o‘zini tutishi o‘zgarishlarini hisobga olgan holda, xizmatlarni tasniflashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan va korporativ tuzilmalarning marketing strategiyasini shakllantirishda ta’sirchan vosita ekanligi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Xizmatlar bozorini rivojlantirishning marketing strategiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:

korporativ tuzilmalar tizimida xizmatlar bozorida raqobat kuchayishi sharoitida bozorning o‘rnini aniqlash maqsadida iste’molchilar hulq-atvori va tashkilotning iqtisodiy manfaatlarini amalga oshirishdagi o‘zaro ta’sirning o‘ziga xosligini aks ettiruvchi marketing strategiyasini shakllantirish uslubiyati “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning  2018 yil 1 iyuldagi 1707/18–son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiyatni amaliyotga joriy etilishi aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini 10-12 foizga oshirish imkonini bergan;

tarmoq bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy yo‘nalishlarni hisobga olgan holda temir yo‘l transportidagi raqobat ustuvorliklaridan samarali foydalanish bo‘yicha xizmatlar sohasida marketing strategiyasini amalga oshirish uslubi va samaradorligini baholash indikatorlari tizimi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning 2018 yil 1 iyuldagi 1707/18-son ma’lumotnomasi). Temir yo‘l transportidagi raqobatli ustunliklardan samarali foydalanish bo‘yicha xizmatlar sohasida marketing strategiyasini amalga oshirish aksiyadorlik jamiyatining yo‘lovchi aylanmasini 8 % ga oshirish imkonini bergan;

marketing strategiyalarini tanlash va strategik tahlil qilish vositalarini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning 2018 yil 1 iyuldagi 1707/18–son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi yo‘lovchi transportning muqobil turlariga nisbatan tarmoqning mijozlar uchun jozibadorligini 11 foizga oshirish imkonini bergan; 

korxonalarni texnologik modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashga asoslangan marketing strategiyasini shakllantirishning istiqbolli yo‘nalishlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning 2018 yil 1 iyuldagi 1707/18-son ma’lumotnomasi). Tarmoqning tarkibiy va resurs imkoniyatlarini mijozlar ehtiyoji va bozor pozisiyasini mustahkamlash bilan bog‘lash imkonini beruvchi ushbu taklif aksiyadorlik jamiyatining yo‘lovchi tashish aylanmasini 12 foizga oshirish imkonini bergan;

korporativ tuzilmalarda marketing strategiyasini shakllantirish va ulardan foydalanish yuzasidan uslubiy yondashuv «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ faoliyatiga joriy etilgan (2018 yil 1 iyuldagi 1707/18-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy yondoshuvni kompaniya faoliyatiga joriy etilishi boshqaruv samaradorligini 10-15 foizga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish