Boltaev Otabek Tashmuxammatovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Qo‘zg‘aluvchan ekranli va tarqoq parametrli elektromagnit zanjirlar va o‘zgartirgichlar, 05.05.02 – Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.1.DSc/T751
Ilmiy maslahatchi: Amirov Sulton Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Pirmatov Nurali Berdiyorovich, texnika fanlari doktori, professor; Sadullaev Nasullo Nematovich, texnika fanlari doktori, professor; Tovboev Akram Nurmonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi energetika muommolar instituti. 
II. Tadqiqotning maqsadi: qo‘zg‘aluvchan ekranli va tarqoq parametrli elektromagnit zanjirlar nazariyasini rivojlantirish hamda o‘zgartirgichlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sezgirligi va aniqligi yuqori hamda chiziqli statik tavsiflarga ega bo‘lgan qo‘zg‘aluvchan ekranli va tarqoq parametrli o‘zgartirgichlar konstruksiyalari ishchi magnit oqimlar yo‘lida bir xil sharoit yaratish va sochilma magnit oqimlarni kamaytirish orqali ishlab chiqilgan;
qo‘zg‘aluvchan ekranli o‘zgartirgichlarda ekran holati va parametrlarini magnit oqimi hamda magnit kuchlanish qiymatlarining o‘zgarishiga ta’sirini baholash imkoniyatini beruvchi matematik modellar magnit o‘zak magnit qarshiligi va sig‘imini inobatga olish orqali ishlab chiqilgan;
qo‘zg‘aluvchan ekranga ta’sir etuvchi elektromagnit kuchlarni hisoblash usullari magnit zanjir o‘lchami, qo‘zg‘aluvchan ekran aktiv qarshiligi va manba chastatasi ta’sirini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
qo‘zg‘aluvchan ekranli o‘zgartirgichlardagi qo‘zg‘aluvchan ekranga ta’sir etuvchi elektromagnit kuchlarni kompensatsiyalash usuli ekran zanjiriga qo‘shimcha qarshilik kiritish orqali takomillashtirilgan;
qo‘zg‘aluvchan ekranli o‘zgartirgichlarning magnitlanish egri chiziqlarini inobatga olish imkonini beruvchi algoritm magnit induksiyasi va magnit kuchlanganlik orasidagi bog‘liqlikni hisobga olish orqali ishlab chiqilgan;
qo‘zg‘aluvchan ekranli o‘zgartirgichlar magnit tizimlaridagi gisterezis sirtmog‘ini modellashtirishga asoslangan hisoblash usuli magnit induksiya, chegaraviy sikldagi koersitiv kuch va qoldiq magnitlanishni inobatga olish orqali ishlab chiqilgan;
qo‘zg‘aluvchan ekranli o‘zgartirgichlar asosiy kattaliklarini hisoblash usullari ekrandagi sochilma magnit oqimi, induktivlik va magnit sig‘im parametrlarini hisobga olish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘zg‘aluvchan ekranli va tarqoq parametrli o‘zgartirgichlar va tokni mo‘tadillash qurilmasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kompensatsiyalovchi qurilmaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 06464, 2021 y.). Natijada sezgirligi, aniqligi va o‘zgartirish funksiyasi chiziqliligi nisbatan yuqori bo‘lgan chiziqli siljishni elektr kuchlanishga o‘zgartiruvchi qurilmani ishlab chiqish imkonini bergan;
sezgirligi va aniqligi hamda o‘zgartirish funksiyasi chiziqliligi nisbatan yuqori bo‘lgan chiziqli siljishni elektr kuchlanishga o‘zgartiruvchi qo‘zg‘aluvchan ekranli va tarqoq parametrli kompensatsiyalovchi yangi qurilma “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Xovos” elektr ta’minoti distansiyasiga qarashli “Yangier” uchastkada kontakt simi tarangligini nazorat qilish va uni kamchiligini o‘z vaqtida aniqlash qurilmasi sifatida qo‘llanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2024 yil 16 apreldagi 01/1468-24 – son ma’lumotnomasi). Natijada kontakt simining tarangligini o‘z vaqtida va muntazam aniqlash hamda nazorat qilish qurilmasini ishlab chiqishga erishilgan. Yillik iqtisodiy samaradorlik 207.504 mln. so‘mni tashkil etgan;
fazalar sonini turg‘un o‘zgartirgich qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 06649, 2021 y.). Natijada magnit o‘zaklar orasidagi havo oraliqlari magnit o‘tkazuvchanligi rostlanadigan sezgirligi va aniqligi yuqori bo‘lgan tokni mo‘tadillash qurilmasini ishlab chiqish imkonini bergan;
mo‘tadil chiqish tokiga ega bo‘lgan qo‘zg‘aluvchan ekranli tokni mo‘tadillash qurilmasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Toshkent” elektr ta’minoti distansiyasiga qarashli “Chuqursoy” tortuvchi nimstansiyasi akkumulyator batareyalarini sifatli va tez quvvatlovchi qurilma sifatida qo‘llanilgan. (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2024 yil 16 apreldagi 01/1468-24 – son ma’lumotnomasi). Natijada tortuvchi nimstansiya akkumulyator batareyalarini sifatli va tez quvvatlovchi qurilma ishlab chiqilgan hamda qurilmada tokining mo‘tadilligi ta’minlanganligi hisobiga akkumulyator batareyalaridan xizmat muddatlari davomida to‘liq foydalanishga erishilgan. Yillik iqtisodiy samaradorlik 215.5 mln. so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish