Usmanova Aziza Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro viloyatining turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish”, 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2420
Ilmiy rahbar: Aslanova Dilbar Xasanovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/05.05.2023.I.72.05h.
Rasmiy opponentlar: Alieva Mahbuba Tuychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ochilov Akram Odilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyatining turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondoshuvga ko‘ra "mintaqaning turizm salohiyati" tushunchasining iqtisodiy mazmuni turistik resurslar bo‘yicha tarixiy-madaniy va tabiiy-iqlimiy, mehmondo‘stlik imkoniyatlari bo‘yicha mutaxassislar malakasi, mahaliy aholining turistlarga ochiqligi va turizm infratuzilmasi, ob'ektlarning o‘tkazish salohiyati bo‘yicha turizmning mahalliy aholi turmushiga ta'siri va turizm rivojlanishining turistik ob'ektlarga ta'siri omillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
mintaqaning turistik salohiyatini baholash turistik obekt salohiyatidan foydalanish ko‘rsatkichlarini to‘liq qamrab olish va haqqoniyligi nuqtai nazaridan uning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashda omillar integral ko‘rsatkichi va mamlakat hududlarining reyting koeffisientiga ustuvorlik berish asosida darajalash maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqaning turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini aniqlash yondoshuvi hududda turizmga sarflanadigan xarajatlarning prognoz qilingan daromadlarga nisbatini hisobga olish davriy baholashga ko‘ra takomillashtirilgan va unga ko‘ra hudud salohiyatining prognoz qilingan va amalda foydalanilgan ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqdan samarali foydalanish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Buxoro viloyatida turizmni rivojlantirishning 2024-2026 yillar uchun prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro viloyatining turizm salohiyatini baholash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-nazariy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondoshuvga ko‘ra "mintaqaning turizm salohiyati" tushunchasining iqtisodiy mazmuni turistik resurslar bo‘yicha tarixiy-madaniy va tabiiy-iqlimiy, mehmondo‘stlik imkoniyatlari bo‘yicha mutaxassislar malakasi, mahaliy aholining turistlarga ochiqligi va turizm infratuzilmasi, ob'ektlarning o‘tkazish salohiyati bo‘yicha turizmning mahalliy aholi turmushiga ta'siri va turizm rivojlanishining turistik ob'ektlarga ta'siri omillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish taklifi oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Mintaqaviy turizm” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi 2022-yil 30-dekabrdagi 429-49-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “mintaqaning turizm salohiyati” tushunchasini takomillashtirishga va turizm sohasi mutaxassislarini o‘qitish sifatini oshirishga imkon yaratilgan;
mintaqaning turistik salohiyatini baholash turistik obekt salohiyatidan foydalanish ko‘rsatkichlarini to‘liq qamrab olish va haqqoniyligi nuqtai nazaridan uning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashda omillar integral ko‘rsatkichi va mamlakat hududlarining reyting koeffisientiga ustuvorlik berish asosida darajalash maqsadga muvofiqligi bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-fevraldagi PF-6165-son “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida (2-ilova, 5-band)da ishlatilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligining 10.01.2023-yildagi 04-18/114-sonli ma'lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida nafaqat turistik resurslarni, balki butun turistik infratuzilmani hisobga olgan holda mintaqaning turistik salohiyatini baholashning aniqligi oshgan. Ilmiy natijalardan foydalanish mamlakatning barcha mintaqalarining turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini baholashda imkon yaratilgan;
mintaqaning turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini aniqlash yondoshuvi hududda turizmga sarflanadigan xarajatlarning prognoz qilingan daromadlarga nisbatini hisobga olish davriy baholashga ko‘ra takomillashtirilgan va unga ko‘ra hudud salohiyatining prognoz qilingan va amalda foydalanilgan ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqdan samarali foydalanish maqsadga muvofiqligi bo‘’yicha berilgan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2022-2026-yillarda Buxoro viloyatining turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2023-yil 29-sentyabrdagi 543-son qarorini ishlab chiqish uchun foydalanilgan (2-ilova 1,5,9,13,15,25-bandlar) (O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligining 10.01.2023-yildagi 04-18/114-sonli ma'lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqada turizmni rivojlantirish uchun sarflangan xarajatlarning samaradorligini hisoblashda imkon yaratilgan;
Buxoro viloyatida turizmni rivojlantirishning 2024-2026 yillar uchun prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2022-2026-yillarda Buxoro viloyatining turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2023-yil 29-sentyabrdagi 543-son qarorini ishlab chiqish uchun foydalanilgan (2-ilova 1,5,9,13,15,25-bandlar) (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 10.01.2023-yildagi 04-18/114-sonli ma'lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-2026 yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish va sayyohlar sonini 27,6739 foizga oshirish imkoni yaratilgan.