Kurbonova Lolaxon Abdulxadimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Antropologiya va elitologiya o‘zaro munosabatlarining falsafiy‑metodologik xususiyatlari», 09.00.01–Ontologiya, gnoseologiya va mantiq, (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Fa124.
Ilmiy maslahatchi: Shermuxamedova Niginaxon Arslonovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Tulenova Karima Jondorovna, falsafa fanlari doktori, professor; Salomova Hakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori; Ro‘zieva Ruxsora Xodievna, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: insonning ijtimoiylashuvi jarayonida barkamollikning elitar ongdagi ifodasi, elita, elitologiya, elitarizmning o‘zaro aloqasi va farqi.
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson tabiatidagi individuallashuv va elitarlashuv jarayonining fizik, kimyoviy, biologik va neyropsixologik xossalar bilan bog‘liqligi onto‑gnoseologik tahlillar asosida falsafiy jihatdan ochib berilgan;
inson kapitali – ma’naviy, madaniy tarbiya va ta’lim jarayonida to‘planishi, bugun ta’limga safrlangan sarmoyalar, kelajakda o‘z bilimlarini shaxsiy ehtiyojlari va jamiyat rivoji uchun yo‘naltirishga qodir bo‘lgan barkamol insonni shakllantirish omili ekanligi ilmiy asoslangan;
elitar madaniyat va elitar ta’limni takomillashtirish, global ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirish uchun pedagogik elitani tarbiyalashning zarurati, taraqqiyotning yangi bosqichida xususiy ta’lim tizimini tashkil etishning ob’ektiv va sub’ektiv imkoniyatlari asoslangan;
antropologiya va elitologiya tarixiy jihatlarining analogiyasi asosida ong elitologiyasining individual xarakteri va milliy ruhi, yoshlar intellektul elitasi ijodiy imkoniyatlarining epistemologik mezoni ekanligi falsafiy asoslangan;
siyosiy mentalitet va ijtimoiy jarayonlar dialektikasining tahlili asosida antropo‑elitologik kategoriyalar (elita, lider, daho, elitarizm, egolitarizm)ning komil inson g‘oyasi bilan mutanosibligini ta’minlashning zarurati ochib berilgan.
V. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Antropologiya va elitologiya o‘zaro munosabatlarining falsafiy‑metodologik xususiyatlari tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
falsafiy antropologiyaning o‘zagini inson tashkil etishi, ichki mexanik xarakat, issiqlik va elektr energiyasi, fizik‑kimyoviy va tabiiy qonuniyatlar insonning antropologik mohiyati ekanligiga doir masalalar “Inson falsafasi” darsligining birinchi qismi “Inson mavjudligining tabiiy va ijtimoiy asoslari” mavzusini tayyorlashda, shuningdek, inson kapitali – ma’naviy, madaniy tarbiya va ta’lim jarayonida to‘planishi, bugun ta’limga safrlangan sarmoyalar, kelajakda o‘z bilimlarini shaxsiy ehtiyojlari va jamiyat rivoji uchun yo‘naltirishga qodir bo‘lgan barkamol insonni shakllantirish omili ekanligi bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar darslikning uchinchi qismi “Sivilizatsiyalar o‘zgarishi davrida inson” mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 6 mart 89‑03‑942-son ma’lumotnomasi.) Ilgari surilgan taklif va tavsiyalar natijasida falsafaga oid fanlarni rivojlantirish hamda o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qilgan;
elitar madaniyat va elitar ta’limni takomillashtirish, global ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirish uchun pedagogik elitani tarbiyalashning zarurati, taraqqiyotning yangi bosqichida xususiy ta’lim tizimini tashkil etishning ob’ektiv va sub’ektiv imkoniyatlari to‘g‘risidagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida olib borilgan F1 – 067-F1‑089 raqamli “Davlat hokimiyati va boshqaruvni demokratlashtirishning nazariy–metodologik masalalari” mavzusidagi fundamental loyihada, boshqaruv kadrlarini tayyorlashga layoqatli bo‘lgan pedagogik elitani tarbiyalash bo‘yicha ilgari surilgan g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 10 martdagi FTK 0313/269-son ma’lumotnomasi). Ilgari surilgan taklif va tavsiyalar boshqaruvni demokratlashtirishning nazariy hamda amaliy jihatlarini takomillashtirish imkonini bergan;
antropologiya va elitologiya tarixiy jihatlarining analogiyasi asosida ong elitologiyasining individual xarakteri va milliy ruhi, yoshlar intellektul elitasi ijodiy imkoniyatlarining epistemologik mezoni ekanligiga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 yil ish rejasi 32‑bandi “Ma’naviy qadriyatlar urf‑odatlarimiz hamda milliy tarbiyamiz an’analarini keng targ‘ib qilish”, 5‑bandi “Mafkuraviy immunitet” turkumida aholi o‘rtasida vatanga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash fazilatlarini shakllantirish yuzasidan tashkil etilgan seminar-treninglarda targ‘ibot materiali sifatida amaliyotda qo‘llanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 yil 28 noyabrdagi 02/03–1162-son ma’lumotnomasi). Markaz tomonidan olib borilgan ma’naviy ‑ ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi targ‘ibotlarda foydalanilgan taklif va tavsiyalar aholining turli ijtimoiy qatlam vakillari, ayniqsa, yoshlarda “Liderlik” muammosining salbiy talqini evaziga sodir bo‘layotgan noxush holatlarni oldini olish, urf-odat va milliy tarbiya an’analarini targ‘ib qilish, mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirishga xizmat qildi;
siyosiy mentalitet va ijtimoiy jarayonlar dialektikasining tahlili asosida antropo‑elitologik kategoriyalar (elita, lider, daho, elitarizm, egolitarizm)ning komil inson g‘oyasi bilan mutanosibligini ta’minlashning zaruratiga doir taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining “Oilaviy tadbirkorlikdan mustahkam oilaga”, “Ayollar innovatsion rivojlanish tarafdori”, “Durdona” mavzularda yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda hamda aholining ma’naviy madaniyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan amaliy faoliyatda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Liberel demokratik partiyasining 2018 yil 17 yanvardagi 01‑27/42-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar jamiyatni isloh etish, modernizatsiyalash jarayonida milliy va diniy qadriyatlarni rivojlantirish, milliy davlatchilik tarixini tadqiq etish, jamiyat a’zolarining ijtimoiy‑siyosiy faolligini oshirish imkonini bergan;
yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, egallangan bilim evaziga ularning elitarlashuviga oid takliflardan “Ozbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasi “Axborot”, “Tahlilnoma” informatsion tahliliy ko‘rsatuvlarining “Demokratik islohotlar natijasida mamlakatimizda intellektual salohiyat, bilim, ma’naviyat va ma’rifat kabi qadriyatlarni rivojlantirish” (27 aprel` 2015 yil “Axborot” informatsion ko‘rsatuvi), “Ilmiy-intellektual elitaning ijtimoiy va professional mas’uliyatini oshirish, dunyo intellektual elitasi ijodiy hamkorligiga tayanish, global makonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashning ilmiy-strategik yo‘nalishi” (17 sentyabr` 2016 yil “Axborot” informatsion ko‘rsatuvi), “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 72‑sessiyasida yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi halqaro konvensiyani ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (24 sentyabr 2017 yil “Tahlilnoma”) mavzular ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2017 yil 8 noyabrdagi 05-15/4646-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar va tavsiyalar insonning yaratuvchanlik va insonparvarlik jihatlarini yoritish imkonini bergan va amaliy tadbirlarning yuqori saviyada o‘tkazilganligiga nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan.