Abdumalikov Abdulatif Abidjonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sharoitida shaxs informatsion madaniyatini shakllantirish», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fal108.

Ilmiy rahbar: Hakimov Nazar Hakimovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.F.01.05.

Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Ruzieva Ruxsora Xodievna, falsafa fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: shaxs informatsion madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy omillarining falsafiy jihatlarini asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

fuqarolik jamiyati rivojlanishi sharoitida shaxs ma’naviy olamini informatsion xurujlar, mafkuraviy tajovuz, dezinformatsiya kabi axborot tahdidlardan himoyalashga oid taklif-tavsiyalar ishlab chiqilgan;

informatsion madaniyatning mazmuni va maqsadini rivojlantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy ma’naviy omillar – informatsion ong, informatsion makon, informatsion savodxonlik aniqlangan;

informatsion madaniyatni shakllantirishning ob’ektiv va sub’ektiv asoslari, ya’ni inson tafakkurining substrati – miya yarim sharlari asimmetriyasi hamda xotira, xayol, hissiy emotsional kechinmalar ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan asoslangan;

axborot xurujlarining shaxs ma’naviy-axloqiy dunyosiga salbiy ta’sirini oldini olishda informatsion madaniyatning integrativ, gnoseologik, aksiologik funksiyalari va shaxs informatsion madaniyati rivojlanishiga ta’sir etuvchi mexanizmlari takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sharoitida shaxs informatsion madaniyatini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ijtimoiy-falsafiy takliflar asosida:

shaxs ma’naviy olamini informatsion xurujlar, mafkuraviy tajovuz, dezinformatsiya kabi axborot tahdidlardan himoyalashga oid ilmiy takliflardan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatida foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2016 yil 9 dekabrdagi 01-15/226-son, O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2016 yil 13 dekabrdagi 01/07-784-son hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2018 yil 5 fevraldagi 04-13/680-son ma’lumotnomalari). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi yoshlar informatsion madaniyatining takomillashuviga xizmat qilgan;

yoshlar informatsion madaniyatining yuksalishi jarayoniga oid taklif va tavsiyalardan PZ-2014-0829162612 raqamli «VIII-IX sinflar ta’lim jarayonini ijtimoiy pedagogik loyihalashtirish metodikasini ishlab chiqish («O‘zbekiston tarixi», «Iqtisodiy bilim asoslari», «Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari» fanlari misolida)» amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 89-03-870-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natija qo‘llanmaning nazariy jihatdan takomillashishini ta’minlagan.

informatsion madaniyatni shakllantirishda inson tafakkurining substrati – miya yarim sharlari asimmetriyasi hamda xotira, xayol, hissiy emotsional kechinmalarining ob’ektiv va sub’ektiv asoslariga oid takliflardan OT-f1-100 raqamli «Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy faoliyatining badiiy ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuv» mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida «Shaxs va qadriyatlar dialektikasi» nomli monografiyada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 89-03-870-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natija informatsion madaniyatni shakllantirishda mustaqil xulosalarning takomillashuviga xizmat qilgan;

axborot xurujlarining shaxs ma’naviy-axloqiy qiyofasiga salbiy ta’sirining oldini olishda informatsion madaniyatning integrativ, gnoseologik, aksiologik funksiyalariga doir taklif va tavsiyalardan YoA-1-007 raqamli «Radikal mafkuralarning yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri va ularning oldini olish usullari» mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 89-03-870-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi yoshlarda mavfkuraviy immunitetni mustahkamlashning samarali tizimini yaratish imkonini bergan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish