Naurizbaev Azamat Sharibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasining mahalliy xomashyolari va mineral to‘ldiruvchilar asosida silikat g‘isht olishning texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2332.
Ilmiy rahbar: Ilyasov Allanazar Torexanovich, texnika fanlari falsafa doktori,(DSc) professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Maxamatalev Irkin Muminovich texnika fanlari doktori, professor; Sattarov Zafar Muradovich texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ohak-belitli bog‘lovchi va mineral to‘ldirgichlardan foydalanib, barxan qumlari asosida silikat g‘ishtning samarali tarkiblari va xossalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi karbonat minerallarining fizik-kimyoviy va fizik-mexanik xossalarini boshqarish va optimal parametrlarini aniqlash asosida ohak-belitli bog‘lovchi olish imkoniyati isbotlangan;
ohak-belitli bog‘lovchi va barxan qumi asosidagi qorishma tarkiblarini va avtoklavning eng maqbul parametrlarini boshqarish asosida silikat gisht olish imkoniyati isbotlangan;
silikat g‘ishtning sifat ko‘rsatkichlari va eksperimentlar natijalarini statistik tahlil qilishning  standartlashtirilgan usullaridan foydalanilgan holda uning  matematik modeli ishlab chiqildi, hamda olingan materialning fizik-mexanik xususiyatlarini baholash asosida sanoat tarkiblarini tanlash ko‘rsatkichlari isbotlandi;
barxan qumlari va ohak-belitli bog‘lovchidan foydalanishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi, topilishi qiyin bo‘lgan kvars qumi asosidagi silikat g‘ishtni, olingan g‘ishtga solishtirish, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichini 35% gacha kamayishi amaliy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalari amalda tatbiq etish imkoniyati barxan qumi asosida ohak-belitli bog‘lovchi hosil qilishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish jarayonida qilingan ilmiy hisob-kitob va olingan natijalarga asoslanadi:
“Silikat barxan” MChJ va “Qo‘shko‘pir silikat g‘isht zavodi” MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-oktyabr sanadagi 01-07/01-2955-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ohak-belitli bog‘lovchi va barxan qumlari asosida 2000000 dona silikat g‘isht ishlab chiqarishdagi iqtisodiy samara 980 000 000 so‘mni tashkil etgan;
«QARAQALPAQ WINDOWS» MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-oktyabr sanadagi 01-07/01-2955-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, barxan qumi va ohak-belitli bog‘lovchi asosidagi ishlab chiqarilgan silikat g‘ishtlaridan foydalanilgan, joriy qilingan g‘ishtning qiymati odatda ishlatiladigan keramik g‘isht materiallari qiymatidan 35% past bo‘lishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish