Muminova Muattarxon Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida “vaqt” konseptli birliklarining lingvokulturologik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1641.
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Teshaboeva Ziyodaxon Qodirovna, filologiya fanlari doktori, professor; Muratxodjaeva Feruza Xotamovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida “time”/“vaqt” konsepti ifodalangan lisoniy birliklar semantikasini ochib berish, til sohiblarining lisoniy ongi, tafakkuri, idrok etish darajasi bilan bog‘liq kognitiv, lisoniy-madaniy belgilarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillaridagi “time”/“vaqt” konsepti ifodalangan leksemalar semantikasidagi lisoniy-madaniy, kognitiv belgilar: o‘zbek tilida aloqadorlikni anglash, dolzarblik, noaniqlik xos belgilari; ingliz tilidagi fazoviy vaqt, mental leksikon bilan bog‘liqlik, hissiyotlar bilan aloqadorlik xos belgilari, realiya birliklar aniqlangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi “time”/“vaqt” konsepti ifodalangan frazemalar, maqollar semantikasidagi lisoniy-madaniy, kognitiv belgilar: vaqtning moddiy, ruhiy davolovchi, hakam, oliy hakamlik belgilari, moddiyat, yoqut, oltin etalonlari, ingliz tilida davolovchi, aniqlik kirituvchi, ko‘rsatuvchi, oydinlashtiruvchilik belgilari; pul daromad, boylik etalonlari, biznes manbayi sifatidagi qiymati asoslangan;
lisoniy birliklarning konseptual belgilari ajratilib, leksemalarda axborotning, barqaror birikmalarda ekspressiv-emotsional xususiyatlarning, lisoniy-madaniy belgilarning faol kuzatilishi dalillangan;
o‘zbek-ingliz tillaridagi vaqt konseptli lug‘aviy birliklarga xos leksik-semantik jarayonlar izohlangan; vaqt konseptiga oid ko‘chma ma’nolar, o‘xshatishlarning lisoniy ong va madaniy xususiyatlarga aloqadorligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida “time”/“vaqt” konseptini ifodalovchi lisoniy birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz tillaridagi “time”/“vaqt” konsepti ifodalangan leksemalar, frazemalar, maqollar semantikasidagi lisoniy-madaniy, kognitiv belgilarga oid ilmiy xulosalardan, lisoniy birliklarning konseptual tavsiflaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10 – raqamli “O‘zbek tilida neyming: huquqiy-me’yoriy asoslarini yaratish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihaning nazariy qismida, o‘zbek tilidagi temporal nomlarning o‘zlashma qatlam, xususan, ingliz tili lug‘aviy birliklariga xos leksik-semantik jarayonlarni izohlashda, tushuncha va lug‘aviy ma’no munosabatini yoritishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 5-iyundagi 04/1-1088-son ma’lumotnomasi). Natijada temporal nomlarning semantik xususiyatlari aks etgan ma’lumotlar bazasi boyitilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi “time”/“vaqt” konsepti ifodalangan leksemalar, frazemalar, maqollar semantikasidagi lisoniy-madaniy, kognitiv belgilardan, lisoniy birliklarning konseptual tavsiflaridan turkiy tillar taraqqiyotidagi leksik-semantik jarayonlarni o‘zbek tili misolida izohlashda, turkiy tillar leksikologiyasi, frazeologiyasiga oid ma’lumotlar berishda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish" mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 6-iyundagi 16/1107-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy tillar lingvodidaktik elektron platformasining xorijiy tillarga chog‘ishtirilgan materiallari mazmunan boyitilgan;
“vaqt” konsepti ifodalangan o‘zbek maqollarining ingliz tiliga qiyoslangan lisoniy-madaniy belgilariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom O‘zbekiston” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 2023-yil 7-iyundagi 01-31-919 son ma’lumotnomasi). Natijada dastur uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan boyitilgan.