Xolmatova Odina Uktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek xalq maqollarining lingvokognitiv xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3315.
Ilmiy rahbar: Umarova Nargiza Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Huriniso Sharopovna, filologiya fanlari doktori, professor, Jo‘raeva Bibish Muhsinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maqollarning kognitiv va semantik qonuniuatlarini aniqlash hamda tavsiflashdan, ularni nutqiu qo’llashda so’zlovchi intensiuasi va bu borada tinglovchi idroki  kabi masalalarni ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maqollar semantikasi va strukturasini uangi ilmiu paradigma – kognitiv aspektda  baholash, nutqda maqollarni qo’llash hamda tushunish, ularning  ma’nosini kommunikativ vaziuatda modellashtirish orqali voqelikni idrok etishda milliu o’ziga xoslikning namouon bo’lishi asoslangan;
maqolning matnda, nutqda qandau namouon bo’lishi, muauuan kognitiv modellar uning idrokida muhim ahamiuatga ega ekanligi, kognitiv modellar maqollarda semantika va sintaksisning o’zaro bog‘liqligini ta’minlashi, maqollarni kognitiv va konseptual modellashtirish bu birliklarni lingvokognitiv aspektda baholashning asosiu shartlaridan ekanligi isbotlangan;
maqoldagi konkret vaziuat tushunchasi bois so’zlovchining vaziuatni ham referent, ham kommunikativ jihatdan  baholashi natijasida maqol til sohibi uchun o’z fikrini ifoda etish vositasi ekanligi, shuningdek, uning kommunikativ strategiuasini, adresant xohlagan vaziuatni uaxlit holda baholashini anglatishi dalillangan;
semantika va paremiologiua muammolari badiiu va ilmiu nutqda qo’llangan maqollarning semantik va sintaktik modellari asosida ochib berilib, maqollar muauuan xalqning madaniu qadriuatlari sifatida, til va madaniuat munosabatlari doirasida bir qator madaniu kodlar asosida tavsiflangan hamda maqol birliklari nutqiu qo’llanishda (jonli muloqotda va badiiu matnda) nutqiu vaziuat bilan bog‘liq kommunikativlikni baholash imkoniuati bilan so’zlovchi intensiuasi(niuati)ni amalga oshirishda kognitiv-pragmatik va funksional xususiuatlarni namouon etishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek xalq maqollarining lingvokognitiv xususiyatlari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
maqolning matnda, nutqda qandau namouon bo’lishi, muauuan kognitiv modellar uning idrokida muhim ahamiuatga ega ekanligi, kognitiv modellar maqollarda semantika va sintaksisning o’zaro bog‘liqligini ta’minlashi haqidagi xulosalardan 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan Farg‘ona davlat universitetining OT-F-1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” fundamental loyihasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining  2023-yil 19-dekabrdagi 04/6407-son ma’lumotnomasi). Natijada  imkoniyati cheklangan yoshlarning milliy qadriyatlarimizga hurmat tushunchalarini takomillashtirish, nutq madaniyatini oshirish bilan bog‘liq ijodkorligini rivojlantirish masalalari ilmiu-nazariu jihatdan mukammallashgan;
maqollar semantikasi va strukturasini uangi ilmiu paradigma – kognitiv aspektda  tadqiq etish, nutqda maqollarni qo’llash hamda tushunish, ularning  ma’nosini kommunikativ vaziuatda modellashtirish orqali voqelikni idrok etishda milliu o’ziga xoslikning namouon bo’lishi to‘g‘risidagi xulosa va tavsiyalaridan 2022-yilning              20-iyundan 20-dekabrgacha amalga oshirilgan «Do‘stlik – osoyishtalik garovi» mavzusidagi 1-raqamli davlat granti loyihasini bajarishda foudalanilgan (Respublika Tojik milliy madaniyat markazining  2023-yil 25-dekabrdagi 17-son ma’lumotnomasi). Natijada nutqda maqollarni qo‘llash orqali fikrni boyitish, nutqning jozibadorligi va ta’sirchanligini oshirish, maqollarning turli xalqlar va millatlarda bebaho qadriyat sifatida qadrlanishi kabi fikrlar, tinchlik va do‘stlik  kabi tushunchalarni ifodalovchi lingvistik tahlillar loyiha mazmunini ilmiy-nazariy jihatdan to‘ldirgan;
semantika va paremiologiya muammolari badiiy hamda ilmiy nutqda qo‘llangan maqollarning semantik va sintaktik modellari asosida yoritilganligi, maqollar muayyan xalqning madaniy qadriyatlari ekanligi, maqol birliklari nutqiy qo‘llanishda (jonli muloqotda va badiiy matnda) nutqiy vaziyat bilan bog‘liq kommunikativlikni baholash imkoniyati bilan so‘zlovchi intensiyasi(niyati)ni amalga oshirishda kognitiv hamda funksional xususiyatlarni namoyon etishi to‘g‘risidagi xulosalardan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston»  teleradiokanalining «Bedorlik», «Ijod zavqi»,  «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat» eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 12-iyuldagi 80-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish