Melikulova Gavhar Eshboevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum fosforitlaridan ozuqaviy ammoniy va kal`siy fosfat olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T625.

Ilmiy rahbar: Usmanov Ilxam Ikramovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.

Rasmiy opponentlar: Namazov Shafaat Sattorovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Shamshidinov Israiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqum fosforitlarini ozuqaviy va yuqori tozalikdagi ammoniy va kal`siy fosfatlariga qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ammoniylashtirish yo‘li bilan Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida olingan ekstraksion fosfor kislotasini ftor, uch valentli oksidlar, kal`siy, magniylardan chuqur tozalash jarayoniga texnologik omillarning ta’siri va ularning o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;

sanoat mahsuloti – ammoniy fosfati eritmalarini qo‘shimchalardan tozalab ozuqaviy tozalikdagi monoammoniyfosfat olishning optimal sharoitlari aniqlangan;

ilk bora ekstraksion fosfor kislotasi va tozalangan monoammoniyfosfat eritmalaridan di- va trikal`siyfosfatlarni olish jarayonlarining optimal texnologik omillari aniqlangan;

ekstraksion fosfor kislotasi, yarim mahsulot va sanoat mahsuloti – ammoniy fosfatlari asosida ularni ozuqaviy va yanada toza monoammoniyfosfat, dikal`siyfosfat va trikal`siyfosfatlarga qayta ishlash texnologiyalari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Markaziy Qizilqum fosforitlaridan ozuqaviy va yanada toza ammoniy va kal`siy fosfatlari olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

ozuqaviy presipitat olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№IAP05054 – 2015 y.). Natijada Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida olingan ekstraksion fosfor kislotasidan dikal`siyfosfat olish imkonini bergan;

Markaziy Qizilqum fosforitalaridan olingan ekstraksion fosfor kislotasi asosida monoammoniyfosfat olish texnologiyasi «Ammofos-Maksam» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 11 iyundagi 01/3-2470/P-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikamizda ilk bor Markaziy Qizilqum fosforitlari asosidagi ekstraksion fosfor kislotasidan ozuqaviy toza monoammoniyfosfat olish imkonini bergan;

tozalangan monoammoniyfosfat eritmasini kal`siy nitrat bilan konversiya qilish orqali dikal`siyfosfat olish texnologiyasi «Ammofos-Maksam» AJda amaliyotga joriy etilgan («Ammofos-Maksam» AJning 2018 yil 7 iyundagi 2041/I-son ma’lumotnomasi). Natijasida ammoniy va kal`siy fosfat ko‘rinishidagi mineral qo‘shimchalar olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish