Eshonqulova Bahriniso Do‘stmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperimental gipotireozning erta bosqichida tizza bo‘g‘imining anatomo-funksional o‘zgarishlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1323.
Ilmiy rahbar: Mirsharapov Utkur Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Azizova Feruza Xusanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Qaxarov Zafar Abduraxmanovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘sh davlat universiteti (Qirg‘iziston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribaviy gipotireozda tizza bo‘g‘im elementlarining morfologik o‘sishi va rivojlanish dinamikasini postnatal ontogenez bosqichlarida baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipotireoz holatidagi ona kalamushlardan tug‘ilgan avlodlarning tizza bo‘g‘imlarini qoplovchi bo‘g‘im yuzalarni tog‘ay to‘qimasida tashqi, o‘rta va ichki qavatlaridagi hondrotsitlar differensiallashuvini tartibsiz joylashuvi bilan kechadigan gistologik o‘zgarishlar xosligi isbotlangan;
gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlarning tizza bo‘g‘imining sinovial parda hujayralari orasida ko‘proq fibroblastlar kuzatilib, mitotik bog‘lanuvchi hujayralar borligi aniqlangan, hamda semiz hujayralarining qon tomirlar yo‘nalishi bo‘ylab notekis taqsimlanishi, ular asosan tomirlar yaqinida to‘planishi, nazorat hayvonlaridan rivojlanayotgan so‘rg‘ichlarlarning gistologik tuzilishidagi ortda qolishi (oldingi kuzatuv davriga mos) ilmiy asoslangan;
siyrak tolali tuzilmalarning ko‘plab sintezlanishi va tog‘ay to‘qimalarining sklerozlanish o‘choqlari atrofida distrofik va metabolik kalsinoz o‘choqlarining shakllanishi gistokimyoviy asoslangan;
gipotireoz holatidagi ona kalamushlardan tug‘ilgan avlodlarda tizza bo‘g‘imi yordamchi elementlarining yog‘ yostiqchalari zichligining pasayishi, menisklar matriksidagi distrofik va metabolik o‘zgarishlar, ichki va tashqi boylamlar III tipdagi yupqa kollagen tolalardan iborat ekanligi, gipotireoz ta’sirida bo‘g‘im kompleksning umumiy trofikasi izdan chiqishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 3 apreldagi 03/217-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish buyicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2024 yil 12 fevraldagi 03/398-sonli xati taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: gipotireoz holatidagi ona kalamushlardan tug‘ilgan avlodlarning tizza bo‘g‘imlarini qoplovchi bo‘g‘im yuzalarni tog‘ay to‘qimasida tashqi, o‘rta va ichki qavatlaridagi hondrotsitlar differensiallashuvini tartibsiz joylashuvi bilan kechadigan gistologik o‘zgarishlar xosligi isbotlangani Andijon viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitatsiya qilish va protezlash markazi bo‘yicha 02.06.2023 yildagi 62-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 11.11.2023 yildagi 42/U-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipotireoz ta’sirida postnatal ontogenezda yuzaga keladigan organizmning tayanch-harakat tizimidagi patologik jarayonlar, xususan tizza bo‘g‘imi deformatsiyalarining murakkab mexanizmini ochishda o‘suvchi organizmdagi tizza bo‘g‘im elementlari va uning tarkibiy o‘zgarishlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Olingan natijalar yordamida homiladorlik erta to‘xtamasligini, avlodlarda kelib chiqadigan patologiyalarni oldini olib, gipotireoz ta’sirida yuzaga keladigan nogironliklarni oldini olish va davolash imkonini yaratib, ularning ijtimoiy ahvolini yaxshilashga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 1) avlodlarda gipotireoz fonida kelib chiqadigan o‘zgarishlarni morfologik tahlil qilish va me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan solishtirish, ularning tizza bo‘g‘imida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nuqsonlarni kamayishiga olib kelishi, va buning natijasi sifatida davolash uchun sarflanadigan xarajatlarni 40-45% ga kamaytirishga erishilgan; 2) homilador onalarda prenatal davrda gipotireozni vaqtida aniqlash va uni korreksiya qilish, homiladorlikni to‘g‘ri olib borish hisobiga ko‘p xarajatli va ko‘p vaqt talab qiluvchi tekshiruv usullarini qo‘llashga ehtiyojni, hamda sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi. Xulosa: urg‘ochi kalamushlarda eksperimental gipotireoz modelini yaratish va ularning avlodlarida kelib chiqadigan o‘zgarishlarni o‘rganishda yuqorida keltirilgan tekshiruv usullaridan foydalanish gipotireoz bilan og‘rigan onalardan tug‘ma nuqsonlar bilan bolalarni tug‘ilishi xavfini kamaytirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larni 50000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlarning tizza bo‘g‘imining sinovial parda hujayralari orasida ko‘proq fibroblastlar kuzatilib, mitotik bog‘lanuvchi hujayralar borligi aniqlangan, hamda semiz hujayralarining qon tomirlar yo‘nalishi bo‘ylab notekis taqsimlanishi, ular asosan tomirlar yaqinida to‘planishi, nazorat hayvonlaridan rivojlanayotgan so‘rg‘ichlarlarning gistologik tuzilishidagi ortda qolishi (oldingi kuzatuv davriga mos) ilmiy asoslangani Andijon viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitatsiya qilish va protezlash markazi bo‘yicha 02.06.2023 yildagi 62-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 11.11.2023 yildagi 42/U-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: keltirilgan organometrik va morfologik tahlillarning natijalari, taklif etilgan algoritmlar gipotireozga kompleks yondashuvdan foydalanish, ulardan tug‘iladigan avlodlar tizza bo‘g‘im elementlari, ya’ni tayanch-xarakat tizimida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan deformatsiyalarni oldini olib, aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilanishiga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 1) gipotireoz ta’sirida avlodlarda tizza bo‘g‘im elementlarini organometrik o‘rganish, tizza bo‘g‘im yuzalari gialin tog‘aylarning yoshga xos morfologiyasini tadqiq etish, ularda kelib chiqadigan o‘zgarishlarni va ko‘rsatkichlarni me’yor bilan tahlil qilib solishtirish, avlodlarda rivojlanadigan nuqsonlarni hamda xavf guruxi omillarini  kamayishiga olib kelishi hisobiga, ularni diagnostika qilish  uchun sarflanadigan xarajatlarni 35% ga kamaytirishga erishiladi; 2) tizza bo‘g‘im deformatsiyalari belgisini rentgen, MRT, KT suratlarda tashxislash uchun maxsus malaka oshirgan shifokorlarga ehtiyoj yo‘qligi, ya’ni travmatolog-ortoped, pediatr va oilaviy shifokorlar tomonidan aniqlanishi mumkinligi isbotlanib, yangi kadr tayorlashga ortiqcha xarajatlar sarflanmasligi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Xulosa: gipotireoz ta’sirida tizza bo‘g‘imi elementlarida kelib chiqadigan patologik o‘zgarishlar va deformatsiyalar kelib chiqishi isbotlanib, yangi tug‘ilgan chaqaloqning tug‘ruqdan keyingi davrda qo‘shimcha tekshiruv usullari talab qilinmasligi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 55000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 25000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: siyrak tolali tuzilmalarning ko‘plab sintezlanishi va tog‘ay to‘qimalarining sklerozlanish o‘choqlari atrofida distrofik va metabolik kalsinoz o‘choqlarining shakllanishi gistokimyoviy asoslangani Andijon viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitatsiya qilish va protezlash markazi bo‘yicha 02.06.2023 yildagi 62-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 11.11.2023 yildagi 42/U-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipotireoz ta’sirida avlodlarda tizza bo‘g‘imi elementlarida o‘zgarishlarini tajriba natijalariga asosan prognozlash va ularning onalarida kasallikni korreksiya qilish tizza bo‘g‘imi elementlarida jarayonini me’yorlashuviga, bu esa kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish va aholi ijtimoiy ahvolini yaxshilanishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 1) gipotireoz chaqirilgan homilador kalamushlarda rivojlanadigan tug‘ma nuqsonlar, tug‘ilgandan so‘ng rivojlanuvchi deformatsiyalarni kamayishiga olib kelishi, buning hisobiga davolash uchun sarflanadigan xarajatlarni 45%ga kamaytirishga erishiladi; 2) prenatal davrda homilador onalarda gipotireozni o‘z vaqtida aniqlash, ovqatlanishni tarkibi va sifatini to‘g‘ri tashkil qilish, homiladorlikni to‘g‘ri olib borish hisobiga ko‘p xarajatli va ko‘p vaqt talab qiluvchi tekshiruv usullariga sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi. Xulosa: gipotireoz chaqirilgan homilador kalamushlarda yirik bo‘g‘imlarga salbiy ta’siri natijasida tizza bo‘g‘imi yordamchi elementlaridagi yog‘ yostiqchalari zichligining pasayishi, menisklar matriksida distrofik va metabolik o‘zgarishlari, ichki va tashqi boylamlar III tipdagi kollagenning yupqa tolalardan iboratligi gipotireoz ta’sirida bo‘g‘im kompleksining umumiy trofikasi izdan chiqishi negativ ta’siriga olib keluvchi omillarni erta bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 55000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 45000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gipotireoz holatidagi ona kalamushlardan tug‘ilgan avlodlarda tizza bo‘g‘imi yordamchi elementlarining yog‘ yostiqchalari zichligining pasayishi, menisklar matriksidagi distrofik va metabolik o‘zgarishlar, ichki va tashqi boylamlar III tipdagi yupqa kollagen tolalardan iborat ekanligi, gipotireoz ta’sirida bo‘g‘im kompleksning umumiy trofikasi izdan chiqishi isbotlangani Andijon viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitatsiya qilish va protezlash markazi bo‘yicha 02.06.2023 yildagi 62-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 11.11.2023 yildagi 42/U-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipotireoz ta’sirida avlodlarda tizza bo‘g‘imi elementlarida o‘zgarishlarini tajriba natijalariga asosan prognozlash va ularning onalarida kasallikni korreksiya qilish tizza bo‘g‘imi elementlarida jarayonini me’yorlashuviga, bu esa kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish va aholi ijtimoiy ahvolini yaxshilanishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 1) gipotireoz ta’sirida rivojlanadigan avlodlarda tug‘ma nuqsonlarni erta aniqlash, tug‘ilgandan so‘ng rivojlanuvchi deformatsiyalarni kamayishiga olib kelishi, buning hisobiga davolash uchun sarflanadigan xarajatlarni 45%ga kamaytirishga erishiladi; 2) prenatal davrda homilador onalarda gipotireozni o‘z vaqtida aniqlash, ovqatlanishni tarkibi va sifatini to‘g‘ri tashkil qilish, homiladorlikni to‘g‘ri olib borish  hisobiga ko‘p xarajatli va ko‘p vaqt talab qiluvchi tekshiruv usullariga sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi. Xulosa: gipotireoz chaqirilgan homilador kalamushlarda yirik bo‘g‘imlarga salbiy ta’siri natijasida tizza bo‘g‘imi yordamchi elementlaridagi yog‘ yostiqchalari zichligining pasayishi, menisklar matriksida distrofik va metabolik o‘zgarishlari, ichki va tashqi boylamlar III tipdagi kollagenning yupqa tolalardan iboratligi gipotireoz ta’sirida bo‘g‘im kompleksining umumiy trofikasi izdan chiqishi negativ ta’siriga olib keluvchi omillarni erta bartaraf etish chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 55000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 45000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish