Mamarozikov Usmonjon Dovronovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chotqol-Qurama mintaqasi plitaichi intru­ziv magmatizmining ma’dandorligi (O‘rta Tyan`-Shan`)», 04.00.03–Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/GM5.

Ilmiy maslahatchi: Axundjanov Raxmadjon, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Koneev Rustam Ismailovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Umarxodjaev Mavruzbek Umarxodjaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Mustafin Sabir Kabirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: «Urankamyobmetgeologiya» DUK.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: Chotqol-Qurama mintaqasi plitaichi intruziv assotsiatsiyalarining petrografik, mineralogik, geokimyoviy xususiyatlarini,  ma’dandorligini, shuningdek ularning qimmatbaho, nodir va nodir er metallari ma’danlarining hosil bo‘lishidagi ahamiyatini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Chotqol-Qurama mintaqasi kechkiperm plitaichi intruziv magmatizmi xosilalari ketma-ket shakllangan uchta assotsiatsiyalarga (gabbroid, sienitoid va ongoriolit-leykogranit) birlashtirilgan;

ilk bor mintaqadagi kechkiperm gabbroidli va sienitoidli kichik intruziyalar va daykalar yagona subishqorli bazal`toid magmasining mahsulotlariga mansubligi asoslangan;

Chotqol-Qurama mintaqasi uchun yangi nodir metalldor fayalitdor va egirinli  ongonitlar, ongoriolitlar va leykogranitlar aniqlangan;

ilk bor mintaqa intruziv plitaichi gabbroid assotsiatsiyasini temir guruhi elementlariga, polimetallarga va kumushga, sienitoid assotsiatsiyasini – nodir, nodir er elementlariga, oltinga va kumushga, ongoriolit-leykogranit assotsiatsiyasini – nodir, nodir er elementlariga va radioaktiv metallarga ma’dandorligi aniqlangan;

Chotqol-Qurama mintaqasi plitaichi ma’dan-magmatik tizimlarining petrologik-genetik modellari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Chotqol-Qurama mintaqasi plitaichi intruziv magmatizmining ma’dandorligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

mintaqada aniqlangan yangi fayalitdor va egirinli  ongonitlar, ongoriolitlar va leykogranitlarning nodir va nodir er metallarga ma’dandorligi asosida ajratilgan Qoraqushxona-Boshqizilsoy, Chetsuv-Shavkatli, Ertoshsoy va Kelenchek-Toshsoy istiqbolli maydonlar «Urankamyobmetgeologiya» DUKning geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 30 maydagi 04/12-son ma’lumotnomasi). Natijada Kelenchek-Toshsoy maydoni bo‘yicha maxsus ilgarilama qidiruv ishlarini maqsadli rejalashtirish va samarali amalga oshirishga imkon bergan;

nodirmetalldor magmatik va postmagmatik hosilalarining geologik-petrografik, petrokimyoviy, mineralogik geokimyoviy xususiyatlari aniqlanib, nodir va nodir er metalli ma’danlashuvning ishlab chiqilgan qidiruv belgilari «Urankamyobmetgeologiya» DUKning ob’ektlarida nodirmetalli ma’danlashuvni qidirish amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 30 maydagi 04/12-son ma’lumotnomasi). Natijada ular Kelenchek-Toshsoy maydonida maxsus ilgarilama qidiruv ishlarini bajarishda petrologik va mineralogik-geokimyoviy qidiruv belgilari xizmat qilgan;

magmatik, postmagmatik xosilalarni va ular bilan birga uchrovchi ma’danlarda aniqlangan nodir va nodir er metallarining mineral-konsentratorlarining uchrash shakllari va moddiy tarkiblari «Urankamyobmetgeologiya» DUKning nodirmetalli ma’danlarni mineralogik-texnologik xususiyatlarini baholash metodikasi amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 30 maydagi 04/12-son ma’lumotnomasi). Natijada Kelenchek-Toshsoy maydonidagi ma’dan tanalarining mineralogik-texnologik xususiyatlarini baholashga imkon bergan;

al`bititli nodir va nodir er metalli ma’danlashuvning leykogranit intruziv tanalari bilan genetik aloqadorligi «Urankamyobmetgeologiya» DUKning nodirmetalli ma’danlashuvni bashoratlash amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 30 maydagi 04/12-son ma’lumotnomasi). Natijada Kelenchek-Toshsoy maydonida magmatik jarayonlar va ular bilan bog‘liq postmagmatik hosilalarni ma’danlashuvdagi ahamiyatini baholashga hamda ma’dan tanalarini samarali qidirishga va bashorat resurslarini kengaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish