Saparov Kuatbay Abdiraxmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarning statistik tadqiqi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida) 08.00.06 – Ekonometrika va statistika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1681
Ilmiy rahbar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovic, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc.29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Yorqin Abdullaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Bayxanov Baxodir Tursinbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: asosiy kapitalga kiritilayotgan investisiyalarning statistik tadqiqi bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
davlat tomonidan jalb qilingan investisiya loyihalarini tartibga solishning fundamental asoslari hamda ularni moliyalashtirish manbalari va shakllarining o‘zaro bog‘liqligini rag‘batlantirish tizimi ishlab chiqilgan;
investisiya muhitini doimiy ravishda kuzatish, tahlil qilish, baholash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish bosqichlari asosida mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalarni jalb qilishning takomillashtirilgan modeli taklif etilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida asosiy kapitalga investisiyalar hajmi o‘zgarishining ish haqi, iqtisodiyotda bandlar soni va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni bo‘yicha retrospektiv mezonlar asosida ko‘p omilli regressiya tenglamasi taklif etilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yalpi hududiy mahsulot va asosiy kapitalga investisiyalar hajmining 2024-2028-yillar bo‘yicha ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari olingan va natijalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning quyidagi natijalari amaliyotga tatbiq etildi:
Davlat tomonidan jalb qilingan investisiya loyihalarini tartibga solishning fundamental asoslari hamda ularni moliyalashtirish manbalari va shakllarining o‘zaro bog‘liqligini rag‘batlantirish tizimi bo‘yicha ishlab chiqilgan taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 25-martdagi AO-22/01-173-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi asosiy kapitaliga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmi 2021-yilga nisbatan 2022-yilda qo‘shimcha 12,3 foizga oshirish imkoiyatini berdi;
Investisiya muhitini doimiy ravishda kuzatish, tahlil qilish, baholash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish bosqichlari asosida mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalarni jalb qilishning takomillashtirilgan modeli bo‘yicha berilgan ilmiy takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 25-martdagi AO-22/01-173-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiya tarkibida xorijiy investisiyalar ulushini 17,5 %ga oshirish imkonini berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida asosiy kapitalga investisiyalar hajmi o‘zgarishining ish haqi, iqtisodiyotda bandlar soni va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni bo‘yicha retrospektiv mezonlar asosida ko‘p omilli regressiya tenglamasi natijalari bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 25-martdagi AO-22/01-173-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasining asosiy kapitaliga investisiya hajmini, iqtisodiyotda bandlar soni va respublikadagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar sonini 1,0 %ga oshirilsa, uholda Qoraqalpog‘iston Respublikasining yalpi hududiy mahsulot hajmi mos ravishda 422,3 mlrd. so‘m, 6377,4 mlrd. so‘m va 1554,5 mlrd. so‘mga qo‘shimcha oshishi hamda o‘rtacha hisoblangan oylik ish haqini, iqtisodiyotda bandlar sonini va respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar sonini har birini bosqichma-bosqich amalga oshiradigan bo‘lsak, mos ravishda 121,3 mlrd. so‘m, 163,1 mlrd. so‘m va 8,0 mlrd. so‘mga qo‘shimcha asosiy kapitalga investisiya hajmi oshishi aniqlandi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yalpi hududiy mahsulot va asosiy kapitalga investisiyalar hajmining 2024-2028-yillar bo‘yicha ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari olingan va natijalar bo‘yicha taklif va tavsiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi amaliyotiga joriy etildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 25-martdagi AO-22/01-173-son ma’lumotnomasi). Bu ilmiy taklif natijalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasida “2022 - 2026 - yillarda Investisiya faoliyatini rivojlantirish” bo‘yicha maqsadli dasturini ayrim bandlarini tayyorlashda foydalanilgan.