Talipov Rustam Mirkabilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Keksalar miokard infarktini o‘tkazganlaridan so‘ng terapevtik chora-tadbirlarning samaradorligi» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/ Tib32.
Ilmiy rahbar: Tulaboeva Gavxar Mirokborovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Dsc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fozilov Abduqaxxor Voxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi miokard infarkti o‘tkazgan keksa bemorlarni registrini yaratish va uzoq kuzatuv bosqichida “miokard infarkti maktabi”ning samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
retrospektiv va prospektiv qismlardan iborat bo‘lgan, miokard infarktini o‘tkazgan keksa bemorlarning statsionar sharoitda yozilgan kasallik tarixi ma’lumotlarini tahlilini o‘z ichiga olgan tibbiy registr samaradorligi asoslangan;
miokard infarktini o‘tkazgan keksa yoshdagi bemorlarning uzoq muddatli kuzatuv natijasida hayot sifatiga salbiy ta’sir etuvchi asosiy xavf omillari bo‘lib komorbid holatlardan qandli diabet 58,5%, bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi 78%, arterial gipertoniya 48,5% va surunkali yurak etishmovchiligi aniqlangan;
miokard infarkti o‘tkazgan keksa bemorlarning farmako-epidemiologik tahlili ular tomonidan dori-darmonlarni qabul qilishni unutilgani, mustaqil ravishda dorilarning dozalarini va hatto ularni qabul qilish sonini o‘zgartirishi kabi yuzaga kelgan holatlar bilan hayot sifati ko‘rsatkichlari orasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
miokard infarkti xastaligiga uchragan bemorlarning klinik va funksional holatini yaxshilash, komplaens va kasallikning prognozini kuzatish uchun individual xususiyatlarni hisobga olgan holda turmush tarzini o‘zgartirishga mo‘ljallangan “miokard infarkti” maktabi tashkil etish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvi ekspert kengashining 2024 yil 25-mart 03/088-son xulosasiga ko‘ra:
Ilmiy yangilikning mohiyati: miokard infarktini o‘tkazgan keksa bemorlarning statsionar sharoitda tibbiy registri yaratildi. Registr retrospektiv va prospektiv qismlardan iborat bo‘lib, unda bemorlarning shifoxona sharoitida yozilgan kasallik tarixi ma’lumotlarini  tahlil qilishni o‘z ichiga oldi.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: miokard infarktini o‘tkazgan keksa bemorlar uchun shahar klinik kasalxonasi sharoitida yaratilgan registr davolashning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar strategiyasini ishlab chiqishga imkon berdi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: TTA ko‘p tarmoqli klinikasining kardiologiya bo‘limiga 10.10.2023-yil, 110-son buyruq bilan, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali ish jarayoni va klinik amaliyotiga esa 09.10.2023-yil, 224/1-son buyruq asosida amaliyotiga tatbiq etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aholini o‘rganishda ma’lumot to‘plash, aholini so‘rov qilish va olingan natijalarni baholashning standart usullaridan foydalanish muhimdir. Miokard infarktini o‘tkazgan keksa bemorlar uchun yaratilgan registrning natijalari, qayta miokard infarkti rivojlanishi xavfining asosiy omillarini ob’ektiv baholash, ularning kasallik kechishiga ta’sirini o‘rganish va noxush oqibatini ehtimol qilingan prediktorlarini aniqlash maqsadida keyingi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish zarurati to‘g‘risida dalolat berdi. Epidemiologik tadqiqotlar, samarali davolash-profilaktika tadbirlarini o‘tkazish va o‘tkir koronar patologiyasi bo‘lgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilash uchun muhim asosdir, chunki ular miokard infarkti bilan kasallanish, uning namoyon bo‘lishining turli shakllari va klinik kechishini aniq hisobga olishni ta’minlaydi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bir yillik kuzatuv davomida tibbiy muassasaga tashrif buyurgan bemorlarning o‘rtacha xarajatlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruhda bemorlar o‘rtacha 800000 so‘m sarflashgan. Ushbu xarajatlar yurak ishemik kasalliklari o‘tkir koronar sindrom, miokard infarkti alomatlari bilan bog‘liq ravishda xususiy tibbiy muassasalarga tekshirish yoki xususiy favqulodda yordam guruhlarini chaqirish bilan bog‘liq edi. Nazorat guruhida xuddi shu ko‘rsatkich 1350000 so‘mni tashkil etdi. Xarajatlar samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruhdagi bemorlarni tibbiy boshqarish ancha tejamkor bo‘lishiga imkoniyat yaratdi.
Xulosa: olingan natijalarga ko‘ra miokard infarktini o‘tkazgan keksa bemorlar uchun yaratilgan registr, qayta miokard infarkti rivojlanishi xavfining asosiy omillarini aniqlash, samarali davolash-profilaktika tadbirlarini o‘tkazish va o‘tkir koronar patologiyasi bo‘lgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilash uchun muhim asosdir, chunki ular miokard infarkti bilan kasallanish, uning namoyon bo‘lishining turli shakllari va klinik kechishini aniq hisobga olishni ta’minlaydi.
Ilmiy yangilikning mohiyati: miokard infarktini o‘tkazgan keksa yoshdagi bemorlarning uzoq muddatli  kuzatuv davrida hayot sifatiga ta’sir qiluvchi asosiy xavf omillari aniqlandi
Ilmiy yangilikning ahamiyati: miokard infarktini o‘tkazgan keksa yoshdagi bemorlarning uzoq muddatli davrida hayotning salbiy prognozining asosiy omillari aniqlandi va olingan natijalar o‘tkir miokard infarkti rivojlanishiga olib keladigan asosiy omillarni hamda uzoq muddatli o‘limni bashoratlash imkonini yaratish bilan izohlanadi
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: TTA ko‘p tarmoqli klinikasining kardiologiya bo‘limiga 10.10.2023-yil, 110-son buyruq bilan, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali ish jarayoni va klinik amaliyotiga esa 09.10.2023-yil, 224/1-son buyruq asosida amaliyotiga tatbiq etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu tadqiqot yoshi ulug‘ bo‘lgan miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda o‘z samaradorligini ko‘rsatdi. Bunda miokard infarktining qaytalanuvchi  klinik ko‘rinishi 60%,  og‘ir ishemiya turlari 54%, o‘lim ko‘rsatgichlari chastotasining 22%ga kamayishi kuzatildi. Natijada davolash vaqti tejaldi va iqtisodiy samaradorlikka  erishildi. Bu esa o‘z navbatida  nogironlik ko‘rsatgichlarini kamayishiga va bemorlarning yashash sifatini yanada qoniqarli bo‘lishiga ijobiy ta’sir etadi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tibbiy muassasaga tashrif buyurgan bemorlarning o‘rtacha xarajatlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruhda bemorlar o‘rtacha 580000 so‘m sarflashgan. Nazorat guruhida xuddi shu ko‘rsatkich 1040000 so‘mni tashkil etdi. Xarajatlar samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruhdagi bemorlarni tibbiy boshqarish ancha tejamkor bo‘lishiga imkoniyat yaratdi.
Xulosa: olingan natijalarga ko‘ra ikki xissalik antiagregant terapiyasi miokard infarktining uzoq muddatli davrida hayotning noqulay prognozining asosiy omillariga o‘z samaradorligini ko‘rsatdi. Bu samaradorlik miokard infarktining qaytalanuvchi klinik ko‘rinishini, og‘ir ishemiya turlarini, o‘lim ko‘rsatgichlarini sonini kamayishi bilan izohlandi. Ikki xissalik antiagregant terapiyasi bemorlarda jiddiy asoratlarga olib kelmadi.
Ilmiy yangilikning mohiyati: miokard infarkti o‘tkazgan keksa bemorlarning farmako-epidemiologiya holati chuqur tahlil qilindi. Tahlil natijalari klinik sharoitida davolanayotgan bemorlarni “Miokard infarkti diagnostikasi va davolash ishlari “borasida ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan standartlarga mos kelmasligi aniqlandi. Ayni shu guruh bemorlarida statsionar sharoitida o‘lim ko‘rsatgichi 18 % teng bo‘lganligi ilmiy izlanishimizda o‘z isbotini topdi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, kasallikning asoratlarini bartaraf etishda bemorlarning shifokor tavsiyasiga moyillik darajasi ham katta ahamiyat kasb etadi. Biz tekshiruvga jalb etgan bemorlarimizda bu ko‘rsatgich past darajada ekanligi isbotlandi.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Miokard infarktini bilan xastalangan bemorlarning farmako–epidemiologik holatlari taxlilidan olingan ma’lumotlar shifokorlarni  bemorlarni davolash chog‘ida nechog‘li e’tiborli bo‘lishlarini talab etadi. Yurak xuruji bilan og‘rigan bemorlarning 98 foizdan ortig‘i uzoq vaqt davomida bir nechta dori-darmonlarni qabul qilishga majburdirlar, ushbu dorilar yurak xurujining qaytalanishini oldini oladi, simptomlarni engillashtiradi va xayot davomiyligini uzaytiradi. Ammo bunda to‘g‘ri tanlangan dori vositalarigina  uzoq muddatli kuzatuv bosqichida asoratlarni oldini olishda bir omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: TTA ko‘p tarmoqli klinikasining kardiologiya bo‘limiga 10.10.2023-yil, 110-son buyruq bilan, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali ish jarayoni va klinik amaliyotiga esa 09.10.2023-yil, 224/1-son buyruq asosida amaliyotiga tatbiq etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolashga sarf qilinishi mumkin bo‘lgan dori-darmon va laborator tekshiruv xarajatlari kamaytirish tufayli shifoxona sharoitida moddiy xarajatlarni kamaytirishga erishildi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ilmiy tadqiqot natijalari joriy qilinishi bilan tibbiy muassasaga tashrif buyurgan bemorlarning o‘rtacha xarajatlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruhda bemorlar o‘rtacha 580000 so‘m sarflashgan. Ushbu xarajatlar yurak ishemik kasalliklari o‘tkir koronar sindrom, miokard infarkti alomatlari bilan bog‘liq ravishda xususiy tibbiy muassasalarga tekshirish yoki xususiy favqulodda yordam guruhlarini chaqirish bilan bog‘liq edi. Nazorat guruhida xuddi shu ko‘rsatkich 1040000 so‘mni tashkil etdi. Xarajatlar samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruhdagi bemorlarni tibbiy boshqarish ancha tejamkor bo‘lishiga imkoniyat yaratdi.
Xulosa: Miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarni statsionar sharoitida davolash borasida bir qator kamchiliklar kuzatildi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish bilan keksa yoshdagi bemorlarda uzoq kuzatuv bosqichida jiddiy asoratlarni, ya’ni o‘lim ko‘rsatgichini pasaytirishga erishish mumkin. Uzoq kuzatuv bosqichida kasallik keltirib chiqaradigan asoratlarining profilaktikasida bemorlarning shifokor tavsiyalariga bo‘lgan moyillik darajasini yuqori darajalarga ko‘tarish lozimdir.
Ilmiy yangilikning mohiyati: “miokard infarkti” maktabi tashkil etildi. Miokard infarkti xastaligiga uchragan bemorlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash dasturi individual xususiyatlarni hisobga olgan holda bemorlarning turmush tarzini o‘zgartirish va dori-darmon bilan davolash usullarini o‘rganish uchun mo‘ljallangan. Bemorlarda mumkin bo‘lgan asoratlarini uchrashi to‘g‘risida xabardorligini oshirishda, bemorlarga birinchi yordam ko‘rsatish usullarini o‘rgatishda, ularda davolovchi shifokor bilan hamkorlik qilish va uning tavsiyalariga amal qilish uchun motivatsiya yaratishga imkon beradi va shuning barobarida bemorlarga  xavf omillarining sog‘liqqa salbiy ta’sirini kamaytirish chora tadbirlari bilan tanishtiradi.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: yaratilgan “miokard infarkti maktabi” bemorning profilaktika va davolash usullari haqida xabardorligini oshiradi, yomon odatlardan voz kechishga, sog‘lom turmush tarziga o‘tishga, ratsional ovqatlanishga, semizlik holatida vazn yo‘qotishga, zararli odatlardan voz kechishga,  muntazam jismoniy mashqlar ko‘nikmalarini egallashga va dori vositalarini shifokor tavsiyalariga ko‘ra qabul qilishga o‘rgatadi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: TTA ko‘p tarmoqli klinikasining kardiologiya bo‘limiga 10.10.2023-yil, 110-son buyruq bilan, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali ish jarayoni va klinik amaliyotiga esa 09.10.2023-yil, 224/1-son buyruq asosida amaliyotiga tatbiq etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilarda iborat: Ushbu tadqiqot yoshi ulug‘ bo‘lgan miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda o‘z samaradorligini ko‘rsatdi. Kuzatishlar natijalari shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruhda qayta miokard infarkti bilan 2,7% bemor, nazorat guruhida 4,1% bemor shifoxonaga qayta yotkazilgan bo‘lsa, gipertonik kriz bilan asosiy guruhdan 1,8% bemor, nazorat guruxidan 3,6% bemor qayta shifoxonaga yotqizildi. Yurak ritmini buzilishi bilan asosiy guruhdan 1,4% bemor qayta shifoxonaga yotqizilgan bo‘lsa, nazorat guruhidan 3,6% bemor qayta yotdi. Aorta koronar shuntlash amaliyoti asosiy guruhda 0,5% bemorda o‘tkazilgan bo‘lsa, nazorat guruhida bu ko‘rsatkich 1,7% ni tashkil etdi. Koronar qon tomirlarni stentlash amaliyoti asosiy guruhda 2,7%, nazorat guruhida 4,1% ni tashkil etdi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi ilmiy tadqiqot natijalari joriy qilinishi bilan tibbiy muassasaga tashrif buyurgan bemorlarning o‘rtacha xarajatlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruhda bemorlar o‘rtacha 780000 so‘m sarflashgan. Ushbu xarajatlar yurak ishemik kasalliklari o‘tkir koronar sindrom, miokard infarkti alomatlari bilan bog‘liq ravishda xususiy tibbiy muassasalarga tekshirish yoki xususiy favqulodda yordam guruhlarini chaqirish bilan bog‘liq edi. Nazorat guruhida xuddi shu ko‘rsatkich 1140000 so‘mni tashkil etdi. Xarajatlar samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruhdagi bemorlarni tibbiy boshqarish ancha tejamkor bo‘lishiga imkoniyat yaratdi.
Xulosa: ikkinchi yurak xurujining oldini olish uchun shifokorning barcha tavsiyalariga amal qilish, qanday va qay shakilda sog‘lom turmush tarzini olib borishda bemorlar uchun tashkil etiladigan individual o‘quv dasturlari lozimdir. Bemorlarning kasallik haqida bilim darajasini oshiribgina uzoq kuzatuv bosqichida uning hayot uchun xavfli bo‘lgan asoratlarini kamaytira olishimiz mumkin.
Talipov Rustam Mirkabilovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini (14.00.05–“Ichki kasalliklar”) olish uchun “Keksalar miokard infarktini o‘tkazganlaridan so‘ng terapevtik chora-tadbirlarning samaradorligi” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024-yil 7-fevraldagi №9-13513 - sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish