Matanov Zamirbek Mirzaxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda uzun suyaklarni osteoporoz va osteopeniya fonida sinishlarini tashxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020/2/PhD/Tib1340.
Ilmiy rahbar: Umarov Fayzulla Xabibullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.DSc.04/30.12. 2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Murodilla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, Duysenov Nurlan Bulatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi osteopeniya va osteoporozni tashxislash, profilaktika va davolash usullarini takomillashtirish orqali bolalarda uzun suyaklar sinishlarini, shu jumladan suyak mineral zichligi pastligi fonida yuzaga kelgan sinishlarni davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzun suyaklarning kam energiyali sinishlari bo‘lgan bolalarda dastlab 39,3% hollarda osteopeniya, shu jumladan 13,1% hollarda osteoporoz rivojlanishi, bunda mineral zichlikning pasayishi bolalarda kam energiyali suyak sinishlariga olib keluvchi omil ekanligi aniqlangan;
uzun suyaklarning kam energiyali sinishlari bo‘lgan bolalarda davolash va tiklanish davrlarida (jaroxatdan keyin 9 oygacha) osteopeniya va osteoporoz chastotasi 85,7% gacha osteopeniyani farmakologik korreksiya qilinmagan hollarda ko‘payishi, kal`siy va D vitamini kombinatsiyalangan preparatlari tayinlanganda esa 21,7% gacha hollarda kamayishi isbotlangan.;
suyak to‘qimasi metabolizmi biokimyoviy markerlari (kal`siy, fosfor, ishqoriy fosfataza, vitamin D) amaldagi sog‘lom va uzun suyaklarning kam energiyali sinishlari bo‘lgan bolalarda norma va osteopeniya xolatlarida chegaraviy qiymatning turli darajalariga ega ekanligi aniqlangan;
ishlab chiqilgan FF (fosfor-fosfataza) osteopeniyaning biokimyoviy hisoblash markeri sog‘lom odamlarda va uzun suyaklarning kam energiyali sinishlarida D vitaminini aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda osteopeniyani aniqlash uchun ishlatilishi mumkinligi isbotlangan;
ishlab chiqilgan osteopeniyaning biokimyoviy markerlari – hisoblangan marker FFD (fosfor-fosfataza- D vitamini) va tarkibli marker D-FFD (D vitamini plyus fosfor-fosfataza-D vitamini) osteopeniyaning D vitamini ma’lum markeriga nisbatan yuqori diagnostik qiymatga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining 22.08.2022 yildagi 8n-r/895-son ilmiy ishlanmalarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarida joriy etish to‘g‘risidagi xulosasiga muvofiq:
birinchi ilmiy yangilik: uzun suyaklarning kam energiyali sinishlari bo‘lgan bolalarda dastlab 39,3% hollarda osteopeniya, shu jumladan 13,1% hollarda osteoporoz rivojlanishi, bunda mineral zichlikning pasayishi bolalarda kam energiyali suyak sinishlariga olib keluvchi omil ekanligi aniqlangan. Dissertatsiya tadqiqotlari natijalari sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (06.10.2022; 106-son), O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining Samarqand filiali (12.10.2022; 45-son) va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (11.11.2022; 27- son) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: uzun suyaklarning kam energiyali sinishi bo‘lgan bolalarda suyak mineral zichligi pasayishining yuqori chastotasini aniqlash, birinchi navbatda, ushbu xavf omilining mavjudligini isbotlaydi, uni maxsus ommaviy profilaktika choralarini o‘tkazish orqali oldini olish mumkinligini ta’minlaydi, ikkinchidan, mumkin bo‘lgan asoratlarning sonini va og‘irligini kamaytirish uchun davolash va tiklanish paytida tegishli tuzatish uchun asos beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: bolalarda kam energiyali sinishlar uchun yangi oldini olish mumkin bo‘lgan xavf omilini aniqlash uni davolash va tiklanish davrlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirish uchun tuzatish choralarini ko‘rishga imkon beradi. Xozirgi kunda uzun suyaklar sinishi bilan statsionar davolangan bitta bemor bolani statsionar 10 kunlik davolanish uchun o‘rtacha davlat byudjeti tamonidan 3 600 000 sum mablag‘ ajratiladi. O‘tkazilgan profilaktik davo choralardan so‘ng takroriy sinishlarni oldini olish natijasida davlat byudjeti xisobidan yuqorida ko‘rsatilgan summa miqdori tejab qolinadi. Xulosa: bolalarda SMZ pasayishining yuqori darajasini turli yoshdagi bolalarda uning umumiy populyasiyada tarqalish darajasini aniqlash va tegishli davolash choralarini ko‘rish uchun maxsus epidemiologik tadqiqotlar hamda bolalarda suyak sinishlar sonini kamaytirish uchun osteopeniyani davolash va proflaktik chora-tadbirlari zarurligini ko‘rsatadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: uzun suyaklarning kam energiyali sinishlari bo‘lgan bolalarda davolash va tiklanish davrlarida (jaroxatdan keyin 9 oygacha) osteopeniya va osteoporoz chastotasi 85,7% gacha osteopeniyani farmakologik korreksiya qilinmagan hollarda ko‘payishi, kal`siy va D vitamini kombinatsiyalangan preparatlari tayinlanganda esa 21,7% gacha hollarda kamayishi isbotlangan. Dissertatsiya tadqiqotlari natijalari sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (06.10.2022; 106-son), O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining Samarqand filiali (12.10.2022; 45-son) va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (11.11.2022; 27- son) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: uzun suyaklarning kam energiyali sinishi bo‘lgan bolalarda davolash va tiklanish davrlarda osteopeniya chastotasi ko‘payishi va tegishli farmakologik korreksiyadan so‘ng osteopeniya chastotasi sezilarli darajada kamayishi uzoq muddatli davolash natijalarini yaxshilashga va takroriy sinishlarning oldini olishga imkon beradi va shu bilan birga suyak sinishni davolashdan keyin bolalarning sog‘lig‘ini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: uzun suyaklarning kam energiyali sinishi bo‘lgan bolalarda kalsiy va D vitamini kombinatsiyalangan preparatlarini buyurishda takroriy travmalar va shikastlangan oyoq-qo‘llarning faoliyatini yaxshilash orqali takroriy sinishlarni oldini olish va davolashning uzoq muddatli natijalarini yaxshilashda sezilarli iqtisodiy samarani olish imkonini beradi. Davlat byudjeti hisob-kitoblariga ko‘ra, bolalarda standartlar asosida har bir bemor uchun o‘tkazilgan statsionar biokimyoviy tadqiqotlar bo‘yicha 255 000 so‘m va instrumenital diagnostika tadqiqotlari bo‘yicha 223 000 so‘m tejalgan. Xulosa: uzun suyaklarning kam energiyali sinishi bo‘lgan bolalarda davolash va tiklanish davrlarda suyak mineral zichligini kamayishi holatlari chastotasining ko‘payishi va tegishli farmakologik tuzatishdan keyin ularning chastotasining keskin pasayishi faktlarini aniqlash takroriy travmalar sonini kamaytirish hamda, uzoq muddatda shikastlangan oyoq-qo‘llarning salomatligi va faoliyatini yaxshilash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: suyak to‘qimasi metabolizmi biokimyoviy markerlari (kal`siy, fosfor, ishqoriy fosfataza, vitamin D) amaldagi sog‘lom va uzun suyaklarning kam energiyali sinishlari bo‘lgan bolalarda norma va osteopeniya xolatlarida chegaraviy qiymatning turli darajalariga ega ekanligi aniqlangan. Dissertatsiya tadqiqotlari natijalari sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (06.10.2022; 106-son), O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining Samarqand filiali (12.10.2022; 45-son) va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (11.11.2022; 27- son) amaliyotiga joriy etildi.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: osteopeniyani aniqlash uchun suyak metabolizmining biomarkerlari o‘ziga xos chegaralarini belgilash uzun suyaklar sinishi bo‘lgan bolalarda va sog‘lom bolalarda osteopeniyani aniqlash jarayonini standartlashtirish va soddalashtirishga imkon beradi va shu bilan birga bolalarda osteopeniyani aniqlashning darajasi va aniqligini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: osteopeniyaning biokimyoviy belgilaridan foydalanish imkoniyati bolalarda osteopeniyani aniqlash uchun rentgen densitometrik apparatlaridan (223 000 sum) foydalanmasdan maxsus biokimyoviy testlarni (255 000 sum) keng joriy etish va ushbu rentgen uskunalarda ishlash uchun tor mutaxassislarni qayta tayyorlash shart emasligi imkonini beradi. Xulosa: ma’lum biokimyoviy markyorlar, xususan, D vitamini yordamida bolalarda osteopeniyani aniqlash mezonlarini standartlashtirishda maxsus rentgen uskunalaridan foydalanmasdan bolalarda osteopeniyani aniqlashni keng tashkil etish va ushbu uskunada ishlash uchun tor mutaxassislarni qayta tayyorlashni tashkil etish xojati yo‘qligi imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan FF (fosfor-fosfataza) osteopeniyaning biokimyoviy hisoblash markeri sog‘lom odamlarda va uzun suyaklarning kam energiyali sinishlarida D vitaminini aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda osteopeniyani aniqlash uchun ishlatilishi mumkinligi isbotlangan. Dissertatsiya tadqiqotlari natijalari sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (06.10.2022; 106-son), O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining Samarqand filiali (12.10.2022; 45-son) va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (11.11.2022; 27- son) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: qon plazmasidagi fosfor va ishqoriy fosfataza darajasini aniqlashga asoslangan osteopeniya FF ning yangi biokimyoviy markeridan foydalanish har qanday klinik va biokimyoviy laboratoriyalar, shu jumladan markaziy tuman kasalxonalari laboratoriyalarida amaliy sog‘lom bolalarda osteopeniyani aniq tashxislash imkonini beradi, ushbu laboratoriyalarda maxsus uskunalar va reaktivlarni talab qiladigan D vitaminini aniqlashni tashkil qilish kerak emas. Uzun suyaklari singan bolalarda osteopeniyani aniqlashda bu markerlarning tashxislash qiymati amaliy sog‘lom bolalarga nisbatan kamiroq, ammo amalda D vitaminini aniqlashning iloji bo‘lmasa, undan foydalanish mumkin. Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: D vitaminining biokimyoviy marker yordamida osteopeniyani aniqlash amaliyot uchun etarli aniqlikka ega, ammo maxsus diagnostika uskunalari, reaktivlarni va qo‘shimcha xarajatlar talab qiladi. Osteopeniya FF ning yangi biokimyoviy markeridan foydalanish D vitamini darajasini aniqlash uchun qo‘shimcha xarajatlarga ehtiyoj sezmasdan, har qanday klinik va biokimyoviy laboratoriyada osteopeniya tashxisining nisbatan arzon narxlardagi aniqligini ta’minlashga imkon beradi. Xulosa: bolalarda osteopeniyani aniqlash bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlarni tashkil etishda asosiy cheklovchi omil - bu etarli miqdordagi maxsus rentgen apparatlarining (tekshiri narxi 150 000 sum) etishmasligi (respublikada densitometrlarning umumiy soni hozirda 10 dan kam), shuningdek xududlarda osteopeniya biokimyoviy markeri xisoblangan vitamin D miqdorini keng qo‘llanilishi imkoniyatlari cheklanganligi sabablaridan biri narxi yuqoriligi (255 000 sum). Osteopeniya FF ning yangi biokimyoviy markeridan foydalanish osteopeniya diagnostikasi geografiyasini markaziy tuman shifoxonalari darajasiga qadar kengaytirish, testlarning arzonligi va diagnostika aniqligining maqbul darajasini ta’minlash imkonini beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan osteopeniyaning biokimyoviy markerlari – hisoblangan marker FFD (fosfor-fosfataza- D vitamini) va tarkibli marker D-FFD (D vitamini plyus fosfor-fosfataza-D vitamini) osteopeniyaning D vitamini ma’lum markeriga nisbatan yuqori diagnostik qiymatga ega ekanligi isbotlangan. Dissertatsiya tadqiqotlari natijalari sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (06.10.2022; 106-son), O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining Samarqand filiali (12.10.2022; 45-son) va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (11.11.2022; 27- son) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: fosfor, ishqoriy fosfataza va D vitaminini aniqlashga asoslangan osteopeniya FFD va D-FFD ning yangi biokimyoviy markerlaridan foydalanish D vitamini monomarkeriga nisbatan osteopeniyani aniqlashning yuqori diagnostik aniqligini ta’minlaydi va bu aniqlik amaliy sog‘lom bolalarda hamda uzun suyaklari kam energiyali sinishi bo‘lgan bolalarda densitometriyaning diagnostik aniqligi bilan taqqoslanadi. Respublikada densitometrlarning etishmasligi sharoitida bu osteopeniya diagnostikasi geografiyasini deyarli barcha tuman markazlari darajasiga qadar kengaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: osteopeniya FFD va D-FFD ning yangi biokimyoviy markerlaridan foydalanish bolalarda osteopeniyani maxsus rentgen apparatlaridan foydalanmasdan aniqlash va ushbu uskunada ishlash uchun mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etilmasdan imkoniyatini beradi. Xulosa: osteopeniya FF, FFD va D-FFD ning yangi biokimyoviy bmarkerlaridan foydalanish osteopeniyani aniqlash bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlarni tashkil qilish imkonini beradi xamda ambulatoriya sharoitida deyarli sog‘lom bolalarda va ommaviy profilaktik tekshiruvlarni (FF markeri) tashkil qilishda va shikastlangan bolalarda ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida (FFD va D-FFD markerlari) ambulator va statsionar davolanish sharoitida, maxsus rentgen uskunalaridan (150 000 sum) foydalanmasdan va ushbu uskunada ishlash uchun mutaxassislarni tayyorlashni tashkil qilmasdan, sinovlarning nisbatan past xarajatlarini ta’minlaydi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish