Abdirazakov Ilxam Abdigaparovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qalqonsimon bez o‘smalarining morfologik va morfometrik xususiyatlari», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2796.
Ilmiy rahbar: Tursunov Xasan Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Don Andrey Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qalqonsimon bez xavfsiz va xavfli o‘smalarini uchrash darajasi, gistologik turlari, immunogistokimyoviy xususiyatlari va morfometrik ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent viloyati bo‘yicha qalqonsimon bez xavfsiz va xavfli o‘smalarning gistologik turlarini oxirgi 10 yillikdagi uchrash darajasini baholash va prospektiv bashoratlash natijasida, ular ayollarda 30-59 yoshda, erkaklarda esa 40-69 yoshda ko‘p kuzatilishi aniqlangan;
qalqonsimon bez xavfli va xavfsiz o‘smalarining morfologik tekshirish orqali to‘qima va hujayra atipizmi rivojlanishining taqqoslama natijalari asoslangan;
qalqonsimon bez xavfli o‘smalarini immunogistokimiyoviy tekshirishda papiller karsinomada Ki-67 va r53 markerlarining yuqori pozitiv eksperssiyalanish, shuningdek, follikulyar karsinomada Ki-67, r53 va TTF1 markerlarining yuqori pozitiv ekspressiyalanish darajalari aniqlangan;
qalqonsimon bez xavfli o‘smalarini immunogistokimyoviy tekshirish natijasida olingan ko‘rsatkichlar tahlili asosida Ki-67, r53, TTF1 markerlarini ekspressiyasi natijalari, zamonaviy morfometriyada (QuPath-0.4.0.da raqamlar bilan ifodalangan yuqori aniqliq ko‘rsatkichilari) matematik ko‘rsatkichlarning orasidagi uyg‘unligi raqamlarda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 25 martdagi 03/085-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 1 noyabrdagi 09-09929-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: Toshkent viloyati bo‘yicha qalqonsimon bez xavfsiz va xavfli o‘smalarning gistologik turlarini oxirgi 10 yillikdagi uchrash darajasini baholash va prospektiv bashoratlash natijasida, ular ayollarda 30-59 yoshda, erkaklarda esa 40-69 yoshda ko‘p kuzatilishi aniqlangani, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyati filiali bo‘yicha 10.11.2023 yildagi 41/u-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 10.11.2023 yildagi 41/i-soni buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qalqonsimon bez o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarni asosan 30-59 yoshdagi ayollarda, disgarmonal buzilishlarning salbiy ta’sirini, xavfli o‘smalar ortishi darajasini baholash, erta tashxislash va profilaktika kilish sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qalqonsimon bez o‘smalarini tashxislash va davolash taktikasining statsionar davrini 30% ga qisqarishini, har bir bemorda o‘rtacha standart tekshirish davrini qisqarishi va o‘rtacha har bir bemorga davlat byudjetidan sarflanadigan o‘rtacha 230000 so‘mni tejalishi va gormonlarga tekshirilish kasallikning bosqichiga qarab kamayishiga olib kelgan (RIO va RIATMning preyskurantiga ko‘ra umumiy gormonlarga tekshirish 320000 so‘mni tashkil qiladi, taklif etilgan tekshiruv usuliga 100000 so‘m sarflanadi). Xulosa: qalqonsimon bez o‘smalarini tashxislash amaliyotida ortiqcha gormonlarga tekshirishning kamayishi, maqsadli tekshirish va davolash vaqtida har bir bemor hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larni o‘rtacha 220000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: qalqonsimon bez xavfli va xavfsiz o‘smalarining morfologik tekshirish orqali to‘qima va hujayra atipizmi rivojlanishining taqqoslama natijalari asoslangani Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyati filiali bo‘yicha 10.11.2023 yildagi 41/u-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 10.11.2023 yildagi 41/i-soni buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qalqonsimon bez xavfli va xavfsiz o‘smalar fonida rivojlanadigan asoratlarni, o‘lim ko‘rstkichini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taxlil natijalariga asoslangan holda kasallikning havflilik darajasiga qarab to‘g‘ri va samarali davolash taktikasini qo‘llash imkonini bergan, davolashga o‘rtacha 5-7 kun, xavfli o‘smalarni davolashga 7-10 kun va asoratlangan xafli o‘smalarni davolashga 12-14 kun sarflanishini va kunlik davolash uchun o‘rtacha 4100000 so‘m (RIO va RIATMning preyskurantiga ko‘ra UTT – 50000 so‘m, MRT – 250000 so‘m, PET – 3500000 so‘m, TAB – 300000 so‘m, jami 4100000 so‘mni tashkil etadi) sarflansa, taklif etilgan yo‘riqnoma bo‘yicha 30% iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Xulosa: har bir davolanayotgan bemorning jami tashxislash va davolash uchun sarflanayotgan 4100000 so‘mdan 2870000 so‘mgacha qisqarishi, hamda bemorni shifoxonada bo‘lish muddatini qisqarishi natijasida bir bemor hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larni o‘rtacha 1230000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: qalqonsimon bez xavfli o‘smalarini immunogistokimiyoviy tekshirishda papiller karsinomada Ki-67 va r53 markerlarining yuqori pozitiv eksperssiyalanish, shuningdek, follikulyar karsinomada Ki-67, r53 va TTF1 markerlarining yuqori pozitiv ekspressiyalanish darajalari aniqlangani Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyati filiali bo‘yicha 10.11.2023 yildagi 41/u-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 10.11.2023 yildagi 41/i-soni buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qalqonsimon bez xavfli o‘smalarini immunogistokimyoviy tashxislash orqali davolash taktikasini belgilash orqali, kutilayotgan og‘ir asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichini keskin kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qalqonsimon xavfli bezlarini tashxislashda standart belgilangan tekshirishlar uchun 4180000 so‘mni va 5 ta onkomarkerlardan iborat immunogistokimyoviy tekshirish uchun jami 2800000 so‘mni tashkil etadi. Taklif etilgan usulda minimal tekshiruv uchun 3 ta onkomarkerlar Ki-67, r53, TTF1 orqali tekshirish 1680000 so‘mni tashkil etib, 1120000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi. Bu esa, har bir bemor hisobiga 1120000 so‘mni iqtisod qilishga olib keladi (RIOvaRIATMning preyskurantiga ko‘ra 5 ta onkomarkerlarga tekshirish 4180000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: qalqonsimon bez o‘smalarini differensial tashxislash va davolashni tashkil etishda har bir bemorga tavsiya etilgan usul bilan 3 ta (Ki-67, r53, TTF1) onkomarkerlarga tekshirish orqali har bir bemor hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larni 1120000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qalqonsimon bez xavfli o‘smalarini immunogistokimyoviy tekshirish natijasida olingan ko‘rsatkichlar tahlili asosida Ki-67, r53, TTF1 markerlarini ekspressiyasi natijalari, zamonaviy morfometriyada (QuPath-0.4.0.da raqamlar bilan ifodalangan yuqori aniqliq ko‘rsatkichilari) matematik ko‘rsatkichlarning orasidagi uyg‘unligi raqamlarda isbotlangani, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyati filiali bo‘yicha 10.11.2023 yildagi 41/u-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 10.11.2023 yildagi 41/i-soni buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qalqonsimon bez o‘smalarining turli shakllaridagi morfologik o‘zgarishlarini morfometrik tekshirish orqali raqamlarga tayanilgan ko‘rsatkichlarini bo‘yicha retrospektiv taxlil natijalari bilan taqqoslash orqali klinik morfologik darajasi tashxislash va davolash usuli tanlanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: RIO va RIATM Sirdaryo filialida jami sog‘liqni saqlash tizimida ajratilgan moliyaviy mablag‘larni 4,3% ni tashkil etadi, morfometriya usuli orqali iqtisodiy jihatdan umumiy mablag‘ni 1,72% tejash imkonini bergan. Xulosa: RIO va RIATM Sirdaryo filialida jami sog‘liqni saqlash tizimida ajratilgan moliyaviy mablag‘larni 4,3% ga iqtisod qilish ta’minlangan, biz qo‘llagan usul orqali iqtisodiy jihatdan umumiy mablag‘ni 1,72% tejashalishiga erishilgan.