Kuchkarova Dilafruz Xurramovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik daryo havzalari suv resurslarini gidravlik boshqarish usullari», 05.09.07–Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2. PhD/T130.

Ilmiy rahbar: Maxmudov Ernazar Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot  instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.02.

Rasmiy opponentlar: Myagkov Sergey Vladimirovich, texnika fanlari doktori; Glovatskiy Oleg Yakovlevich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kichik daryo havzalari suv resurslarini gidravlik boshqarish usullarini ishlab chiqish, suv resurslaridan irrigatsion-energetik foydalanishda suv omborining ishlash rejimini sutkalik boshqaruv rejimiga o‘tkazishni amalga oshiradigan gidravlik modellarini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Qashqadaryo daryo havzasida suv resurslari balans usullari asosida  Hisorak suv ombori suv hajmi va  daryo suvi  holatini belgilovchi  gidravlik  tenglamalar takomillashtirilgan;

o‘zanlarda  suv harakatini belgilovchi differensial tenglamalarni qo‘llash  asosida Hisorak suv ombori suv hajmi dinamikasini Oqsuv daryosi (Qashqadaryo havzasi) suv oqimi harakati bilan bog‘liqligini aniqlaydigan gidravlik harakat tenglamasi takomillashtirilgan;

suv ombori gidravlik elementlari suv bosimini suv sathi yuzasi bilan bog‘lovchi analitik ko‘rinishdagi gidravlik tenglamalar maxsus funksiyalarning tahlili va baholash usuli asosida takomillashtirilgan;

suv ombori asosiy gidravlik elementlari, jumladan suv bosimi, suv sathi yuzasi va suv sarflari bog‘liqligi asosida o‘zaro o‘zgarishini belgilovchi differensial tenglama olinib, suv ombori suv resurslarining sutkalik boshqaruvini ta’minlay oladigan gidravlik model takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kichik daryo havzalari suv resurslaridan irrigatsion-energetik foydalanishda suv omborining ishlash rejimini sutkalik boshqaruv rejimiga o‘tkazishni amalga oshiradigan gidravlik modellar yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

kichik daryo havzalari suv resurslarini shakllanish holatini belgilovchi GAT (geoaxborot tizimlari) texnologiyalari asosida shakllantirilgan sonli xaritalar Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi, xususan Amu-Qashqadaryo havza boshqarmasiga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 12 martdagi 02/09-155-son ma’lumotnomasi). Natijada daryo havzasi hududining suv resurslari shakllanishi va suvga bo‘lgan ehtiyojini baholash imkoni oshirilgan;

suv ombori ta’sirida shakllanadigan o‘zandagi suv harakatni belgilab beradigan  gidravlik boshqarish usuli Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi, xususan Amu-Qashqadaryo havza boshqarmasiga qarashli Hisorak suv ombori gidroenergetik tizimiga  joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 12 martdagi 02/09-155-son ma’lumotnomasi). Natijada suv ombori suv resurslaridan irrigatsiya va energetikada foydalanishda suv omborining sutkalik boshqaruv rejimini amalga oshirish imkonini bergan;

Hisorak suv ombori gidroenergetik uzelining ilmiy asoslangan boshqaruv rejimi gidravlik modeli Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi xususan Amu-Qashqadaryo havza boshqarmasiga qarashli Hisorak suv ombori gidroenergetik tizimiga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 12 martdagi 02/09-155-son ma’lumotnomasi). Natijada suv ombori suv resurslaridan energetik maqsadlarda foydalanishda mavsumiy etti oydan o‘n bir oygacha uzaytirish imkoniga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish