Qodirov Ziyodulla Abdumuxtarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Pillalarni chuvishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3975.
Ilmiy rahbar: Dadajonov Sharabidin, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon Mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Erkinov Zokir Erkinovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Axmedov Jaxongir Adxamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pillalarni chuvishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish va 3A sinfiga mos xom ipak ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
pilla qobig‘iga tashqi mexanik kuchlarning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida tirik pillani qabul qilish, tashish va saqlash uchun maxsus karkas shaklidagi pilla tashish moslamalarining yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
sifatli xom ipak ishlab chiqarish uchun ilk bor pillalarni chuvishga  tayyorlovchi universal vakuum - bug‘lash va xom ipakni namlash qurilmasining yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
nochiziqli jarayonlar ta’sirida suvning harorati va bug‘lash vaqtining xom ipakning sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri asosida universal vakuum-bug‘lash qurilmasining optimal texnologik parametrlari aniqlangan;
pilla ipining umumiy, uzlyuksiz chuvilish uzunliklari va xom ipakning chiqishini oshirish uchun Rotatabelli markaziy kompozision tajriba orqali suvning harorati hamda bug‘lash vaqtining maqbul qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pillalarni chuvishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Yaratilgan universal vakuum-bug‘lash qurilmalarini “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida joylashgan “Harir tola” mas’uliyati cheklangan jamiyatida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi Vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish Qo‘mitasining 2023 yil 8 avgustdagi 1-3/548/1-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiy samaradorlik 22 331 ming so‘mni tashkil etgan;
yaratilgan universal vakuum-bug‘lash qurilmalarini Andijon shaxri, Bog‘ishamol dahasida joylashgan “Sapfir sanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyatida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi Vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish Qo‘mitasining 2023 yil 8 avgustdagi 1-3/548/1-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiy samaradorlik 393 750 so‘mni tashkil etgan;
yaratilgan pilla tashish moslamasi hamda universal vakuum-bug‘lash qurilmalarini Baliqchi tumanida joylashgan “Baliqchi ishonch pillachilik” mas’uliyati cheklangan jamiyatida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi Vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish Qo‘mitasining 2023 yil 8 avgustdagi 1-3/548/1-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiy samaradorlik 19968 ming so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish