Maxmudov Dilmurod Raxmatjonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Siqilgan muhit o‘lchamlarini boshqarish yo‘li bilan portlatishda tog‘ jinslari massivini maydalash samaradorligini oshirish», 04.00.10–Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T188.

Ilmiy rahbar: Umarov Farxodbek Yarkulovich, texnika fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.06.01.

Rasmiy opponentlar: Borovkov Yuriy Aleksandrovich, texnika fanlari doktori, professor; Mislibaev Ilxom Tuychibaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: «O‘zbekko‘mir» AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: siqilgan muhitning boshqariladigan shakllari va o‘lchamlari orqali tog‘ jinslarini maydalash usulini ishlab chiqish yo‘li bilan portlovchi moddalar skvajina zaryadlarining portlash energiyasini boshqarishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

matematik model ishlab chiqilgan va ezilish zonasi radiusi, radial yoriqliklar va yoriq hosil bo‘lishi PM zaryadi radiusiga, to‘lqinli kuchlanishlarini bo‘ylama va eniga tarqalish tezligiga va tog‘ jinsining zichligi va chegaraviy mustahkamligiga bog‘liqligi aniqlangan;

siqilgan muhitning trapesiyali, uchburchakli va segmentli shakllarida tirgak devorning ratsional o‘lchamlarini hisoblash formulasi ishlab chiqilgan;

ko‘p martali portlash bosimi orqali tog‘ jinslarining mustahkamlik, taranglik va eziluvchanlik xususiyatlari pasayishi kompleks uslubiyati ishlab chiqilgan va tog‘ jinslarining maydalanish mezonlari aniqlangan;

portlatilgan tog‘ jinsi o‘rtacha bulaklarining o‘zgarishini buzmaydigan portlash bosimining davriyligi soni va ularning amplitudasi, shuningdek PMning solishtirma sarfiga bog‘liqligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Siqilgan muhit o‘lchamlarini boshqarish yo‘li bilan portlatishda tog‘ jinslari massivini maydalash samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

kon massivini trapesiya ko‘rinishidagi siqilgan muhitga portlatish usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy kon boshqarmasi Muruntov kar`erida va «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning ochiq usulda qazib olish ob’ektlarida joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2018 yil 10 apreldagi 10.02-01-03/4975-son va «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2018 yil 18 apreldagi OU-04168-son ma’lumotnomalari). Natijada xavfsizlik va tog‘ jinslarining maydalanish darajasini oshirish, tog‘ jinsi massivini geologik strukturasini saqlash va chuqur kar`erlarda tog‘ jinsi massivi yoyilmasini o‘lchamlarini boshqarish imkonini bergan;

ishlab chiqilgan trapesiya shaklidagi tirgak devorning ratsional o‘lchamlari Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy kon boshqarmasi Muruntov kar`erida va «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning ochiq usulda qazib olish ob’ektlarida joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2018 yil 10 apreldagi 10.02-01-03/4975-son va «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2018 yil 18 apreldagi OU-04168-son ma’lumotnomalari). Natijada tog‘ jinslari bo‘lagining o‘rtacha o‘lchamini 29% ga, noo‘lcham bo‘laklar miqdorini 22% ga va noo‘lcham bo‘laklarni maydalashga sarflanadigan xarajatlarni 22% ga kamaytirish hamda ekskavatorlar unumdorligini 5% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish