Masharipov Farhod To‘raxonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy tayyorgarligini oshirishning tabaqalashtirilgan modulli texnologiyasi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Ped131.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02. 2022.Ped.146.01.
Ilmiy maslahatchi: Matkarimov Rashid Masharipovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Komil Burxonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Ishtaev Javlon Mavlonboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Abdullaev Mehriddin Junaydullaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiyaga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy tayyorgarligini oshirishning tabaqalashtirilgan modulli texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy tarbiyaga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun organizmning jismoniy yuklamaga moslashishini aniqlash maqsadida berilayotgan har bir yuklamada yurak urishidagi o‘zgarishlarni aniqlashga qaratilgan faol ortostatik nazorat sinovini kiritish hisobiga mashg‘ulotlarni tabaqalashtirilgan holda tashkil qilish imkoniyati kengaytirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy tayyorgarligini tabaqalashtirishda yuklamaning parsial hajmlarini aniqlash hamda funksional tejamkorlik va barqarorlikni oshirishga qaratilgan modulli texnologiyani kiritish hisobiga mashg‘ulotni tezkor rejalashtirish va uzviyligini ta’minlash imkoniyati kengaytirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalari tayyorgarligining modul ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, vositalarni tanlashda yuklamalar yo‘nalishi va ta’sir etish xususiyati bo‘yicha individual jismoniy mashqlarni qo‘llash hamda jismoniy sifatlarni maqsadli rivojlantirishga qaratilgan tabaqalashtirilgan blok-sxemani ishlab chiqish hisobiga integral tayyorgarlik takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayonida talabalarning yurak-qon tomir tizimining jismoniy yuklamalarga reaksiyasini aniqlash maqsadida har bir mashqda yurak qisqarish soni (tinch holatda va belgilangan yuklamadan keyin) ko‘rsatkichlarining tiklanish tezligini aniqlash hisobiga yuklamalarni me’yorlash imkoniyati optimallashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun turli shiddat zonalarida bajariladigan yuklamalarda maksimal yurak qisqarish sonini aniqlash modelini ishlab chiqish hisobiga mashg‘ulot ta’sir yo‘nalishi bo‘yicha jismoniy yuklamalarni taqsimlash imkoniyati optimallashtirilgan;
jismoniy tarbiyaga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalari talabalarining “jismoniy rivojlanish”, “jismoniy tayyorgarlik” va “funksional holat” ko‘rsatkichlarini tabaqalashtirilgan holda monitoring qilishga asoslangan modulli texnologiyani ishlab chiqish hisobiga tayyorgarlikning turli tomonlarini axborot texnologiyalaridan foydalangan holda avtomatlashtirilgan rejimda kuzatish va axborot olishni innovatsion dasturi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalari jismoniy tarbiyasining tabaqalashtirilgan modulli texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha pedagogik tajribalar davomida olingan natijalar asosida:
jismoniy tarbiyaga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun organizmning jismoniy yuklamaga moslashishini aniqlash maqsadida berilayotgan har bir yuklama ta’sirida yurak urishidagi o‘zgarishlarni aniqlashga qaratilgan faol ortostatik nazorat sinovi talablari “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi (futbol)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Urganch davlat universitetining 2023 yil 26 iyundagi 91-son buyrug‘iga asosan 25-raqamli guvohnoma). Natijada, yuklamadan keyin funksional holatning qayta tiklanish ko‘rsatkichi o‘g‘il bolalarda 36,8% ga, qizlarda 28,2% ga yaxshilangan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy tayyorgarligini tabaqalashtirishda yuklamaning parsial hajmlarini aniqlash hamda funksional tejamkorlik va barqarorlikni oshirishga qaratilgan modulli texnologiyasi “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi (futbol)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Urganch davlat universitetining 2023 yil 26 iyundagi 91-son buyrug‘iga asosan 25-raqamli guvohnoma). Natijada tik turgan holatda oldinga egilish testi bo‘yicha egiluvchanlik o‘g‘il bolalarda 24,1% ga, qizlarda 22,2% ga yaxshilangan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarini tayyorgarligini oshirishning modul ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, vositalarni tanlashda yuklamalar yo‘nalishi va ta’sir etish xususiyati bo‘yicha individual jismoniy mashqlarni qo‘llash orqali jismoniy sifatlarni maqsadli rivojlantirishga qaratilgan tabaqalashtirilgan blok- sxema Urganch davlat universiteti jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayoniga qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 27 dekabrdagi 03-01/04/20/12656-son ma’lumotnomasi). Natijada, funksional tayyorgarlik o‘g‘il bolalarda 11,1% ga, qizlarda 10,7% ga yaxshilangan;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayonida talabalarning yurak-qon tomir tizimining jismoniy yuklamalarga reaksiyasini aniqlash maqsadida har bir mashqda yurak qisqarish soni ko‘rsatkichlarining tiklanish tezligini aniqlash uslubiyati Buxoro davlat universiteti jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 27 dekabrdagi 03-01/04/20/12656-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘g‘il bolalarda turnikda tortilish 26,9%ga, qizlarda qo‘llarni bukib yozish 18,5% ga oshgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun turli shiddat zonalarida bajariladigan mashqqa nisbatan maksimal yurak qisqarish soni ko‘rsatkichlari asosida yuklamalarni shiddat zonalari bo‘yicha taqsimlash modeli Urganch davlat universiteti talabalarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 27 dekabrdagi 03-01/04/20/12656-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning jismoniy rivojlanish moduli bo‘yicha ko‘rsatkichlari o‘g‘il bolalarda 17,4% ga, qizlarda 16,6% ga yaxshilangan;
jismoniy tarbiyaga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalari talabalarining “jismoniy rivojlanish”, “jismoniy tayyorgarlik” va “funksional holat” ko‘rsatkichlarini tabaqalashtirilgan holda monitoring qilishga asoslangan modulli texnologiya Urganch davlat universiteti talabalarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 27 dekabrdagi 03-01/04/20/12656-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning jismoniy tayyorgarligi o‘g‘il bolalarda 14,2% ga, qizlarda 17,2% ga oshgan.