Yakubov Ulugbek Kosimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda tashqi iqtisodiy faoliyat hisobi va tahlili metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Iqt194.
Ilmiy maslahatchi: -
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Rajabboy Davletboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tashqi iqtisodiy faoliyati hisobi va tahlilining konseptual asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun «Chet el valyuta mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot» shaklini joriy etish va uni hisob siyosatiga kiritish asoslangan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tashqi savdo faoliyati samaradorligini baholashning kompleks tahlil metodologiyasi mahsulot (ish, xizmat)lar etkazib berishning xalqaro inkoterms qoidalariga asoslangan ko‘rsatkichlar guruhini kiritish orqali takomillashtirilgan;
xorijiy investisiyalar ishtirokidagi xo‘jalik sub’ektlarining kapitaldagi ulushiga muvofiq faoliyatga ta’sir etishning nazorat (C≥50%), axamiyatli (50%≥C≥20%) va axamiyasiz (20%≥C≥0%) ssenariylari asosida  birgalikdagi faoliyat samaradorligini aktivlar, tushum va sof foyda o‘rtasidagi 1<IA<IT<ISF aloqadorlikda baholashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;  
tashqi iqtisodiy faoliyatni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning operatsion, investision va moliyaviy yo‘nalishlariga ta’sirini «yuqori» (0,75≤I1≤1,00), «o‘rtacha» (0,50≤I2≤0,74) va «past» (0,00≤I3≤0,49) daraja toifalariga ajratilgan holda baholash taklif etilgan;
tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining operatsion, moliyaviy va investision faoliyati bo‘yicha valyuta mablag‘larining 1,0 birlikka o‘zgarishi ta’sirida sof foyda qiymatining 0,65 birlikka o‘zgarishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tashqi iqtisodiy faoliyat hisobi va tahlili metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun «Chet el valyuta mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot» shaklini joriy etish va uni hisob siyosatiga kiritish taklifi O‘zbekiston Respyblikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi PQ-4796-son «O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori hamda «Texnolog» aksiyadorlik jamiyatining hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 12 oktyabrdagi 06/17-01-35/228-son va «Texnolog» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 2 avgustdagi № 01-03/249-son ma’lumotnomalari). Natijada, tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarida talab yuqori bo‘lgan, sifatli va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish, axborotlarning shaffofligi hamda oshkoraligini ta’minlash orqali monetar moddalarning kurs farqlaridan yuzaga keladigan 4 foiz qo‘shimcha xarajatlarni bartaraf etishga erishilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tashqi savdo faoliyati samaradorligini baholashning kompleks tahlil metodologiyasi mahsulot (ish, xizmat)lar etkazib berishning xalqaro inkoterms qoidalariga asoslangan ko‘rsatkichlar guruhini kiritish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi 283-son «O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda Savdo-sanoat palatasini «Tashqi savdo operatsiyalari monitoringini tashkil etish reglamenti»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil  4 apreldagi 11/03-15-3779-son ma’lumotnomalari). Natijada, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining eksport-import va reeksport-reimport faoliyati bo‘yicha mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxining 12 foizga pasayishi hamda samaradorlikni ta’minlanishiga erishilgan;
xorijiy investisiyalar ishtirokidagi xo‘jalik sub’ektlarining kapitaldagi ulushiga muvofiq faoliyatga ta’sir etishning nazorat (C≥50%), axamiyatli (50%≥C≥20%) va axamiyasiz (20%≥C≥0%) ssenariylari asosida  birgalikdagi faoliyat samaradorligini aktivlar, tushum va sof foyda o‘rtasidagi 1<IA<IT<ISF aloqadorlikda baholash taklifidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning «2022 yil hisob siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil  12 oktyabrdagi 06/17-01-35/228-son va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 4 apreldagi 11/03-15-3779-son ma’lumotnomalari). Natijada, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarida operatsion, moliyaviy va investision faoliyat bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirish va samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish orqali yillik daromadni 9 foizga oshirilishiga erishilgan;
tashqi iqtisodiy faoliyatni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning operatsion, investision va moliyaviy yo‘nalishlariga ta’sirini «yuqori» (0,75≤I1≤1,00), «o‘rtacha» (0,50≤I2≤0,74) va «past» (0,00≤I3≤0,49) daraja toifalariga ajratilgan holda baholash taklifidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlari reytingini aniqlash tartibi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 12 oktyabrdagi 06/17-01-35/228-son va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 4 apreldagi 11/03-15-3779-son, «Texnolog» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 2 avgustdagi № 01-03/249-son ma’lumotnomalari). Natijada, tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining davriy reytingini aniqlab borish, xorijiy investorlarni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tashqi iqtisodiy faoliyat natijalari to‘g‘risidagi zarur axborotlar bilan ta’minlash va xalqaro bozorlarda tovar aylanmalarini 1,5 barobarga oshirishga erishilgan;
tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining operatsion, moliyaviy va investision faoliyati bo‘yicha valyuta mablag‘larining 1,0 birlikka o‘zgarishi ta’sirida sof foyda qiymatining 0,65 birlikka o‘zgarishi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 dekabrdagi 1013-son «Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va «Texnolog» AJning «Ichki auditni tashkil etish tartibi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 12 oktyabrdagi 06/17-01-35/228-son, «Texnolog» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 2 avgustdagi № 01-03/249-son ma’lumotnomalari). Natijada, «Texnolog» AJning valyuta mablag‘laridan foydalanishda samarasiz yo‘nalishlarga investisiya kiritmaslik hisobidan korxona sof foydasini 8 foizga oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish