Ernazarova Yorqinoy Ollaberganovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat xizmatchisi kasbiy madaniyati rivojlanishining falsafiy-konseptual tahlili”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (madaniyatshunoslik va madaniyat falsafasi) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Fal68.
Ilmiy maslahatchi: Nurmatova Mukarram Axmedovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Musaev Faxriddin Abdusattorovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qoraboev Usmon Xosilovich, falsafa fanlari doktori, professor; Narbaeva Tanzila Kamalovna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda davlat xizmatchisi kasbiy madaniyatini rivojlantirish jarayonining falsafiy-konseptual tahlilini amalga oshirish orqali davlat xizmati samaradorligini oshirishga oid taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro progressiv tajriba va milliy strategik rivojlanish maqsadlarining falsafiy tahlili asosida davlat xizmatlari sohasida kadrlar siyosatini amalga oshirishning samarali mexanizmlarini davlat xizmati tizimi, maqomi va ijtimoiy motivlariga ko‘ra uzlyuksiz takomillashtirib borish zarurati hamda davlat-xizmat munosabatlariga ko‘ra davlat xizmatchisining kasbiy madaniyatini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillarning ijtimoiy ahamiyati dalillangan;
davlat xizmatchilari kasbiy madaniyati rivojining kognitiv zaruratini (ijtimoiy ongga va davlat imijiga ta’siri) ochib berish orqali davlat xizmatlarini insonparvarlashtirish va jamiyatda halol munosabatlar mushtarakligini shakllantirishning praksiologik, funksional, kommunikativ yondashuvlarning konseptual asoslari takomillashtirilgan;
davlat xizmatida kasbiy madaniyat asoslarini uchta (milliy, muayyan davlat tashkiloti, individual) darajasiga ko‘ra davlat xizmatchilarining kasbiy-axloqiy buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar, ichki va tashqi omillar va ularning belgilari falsafiy jihatdan aniqlashtirilgan holda kasbiy madaniyat mezonlari, ishchanlik obro‘siga putur etkazishi mumkin bo‘lgan harakat (harakatsizlik)larni davlat xizmatining nufuziga salbiy ta’sirini oldini olishning asosiy vositalari (kasbiy-axloqiy va psixologik sifatlarni kuzatib borish, inson resurslarini boshqarish tuzilmalari va Odob-axloq komissiyalari) aniqlangan;
jahonning iqtisodiy-siyosiy jihatdan yuqori darajada rivojlangan davlatlarining kadrlar xizmatini tashkil etish sohasi transformatsiyasining falsafiy tahlili asosida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy choralariga ko‘ra davlat xizmatchisi kasbiy madaniyatini rivojlantirishning innovatsion, akmeologik va akseologik mexanizmlari ishlab chiqilgan;
xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan, ilm-fan bilan shug‘ullanayotgan, yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan hamda yuksak bilim va malakaga ega bo‘lgan O‘zbekiston yoshlari imkoniyatlaridan foydalanib, davlat xizmatchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat, kasbiy madaniyatni rivojlantirish mexanizmini (o‘z-o‘zini rivojlantirish, malakasini oshirish, islohotlardagi real ishtirokini aniqlash, ish natijadorligini baholash va rag‘batlantirib borish) joriy etishning huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy afzalliklari asoslangan;
kasbiy-huquqiy savodxonlikni oshirish, korporativ etikani shakllantirish va meritokratiya tamoyili asosida professional davlat xizmatchisini tarbiyalash va shaxsiy javobgarlikni ish birligida namoyon qilish metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davlat xizmatchisi kasbiy madaniyati rivojlanishini falsafiy-konseptual tahlilini tadqiq etish asosida:
xalqaro progressiv tajriba va milliy strategik rivojlanish maqsadlarining falsafiy tahlili asosida davlat xizmatlari sohasida kadrlar siyosatini amalga oshirishning samarali mexanizmlarini davlat xizmati tizimi, maqomi va ijtimoiy motivlariga ko‘ra uzlyuksiz takomillashtirib borish zarurati hamda davlat-xizmat munosabatlariga ko‘ra davlat xizmatchisining kasbiy madaniyatini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillarga oid takliflardan 2022-yil 8-avgusdagi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ–788-son qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2023-yil 5-dekabrdagi №20-224/23-sonli ma’lumotnomasi). Xususan, ushbu qonunning 12-modda (o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga, xizmatga oid axborot bilan ishlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq boshqa qoidalarga rioya etishi; o‘zining kasbiy kompetensiyasini muntazam ravishda oshirib borishi), 17-modda (Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari) va 42-modda (Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzlyuksiz ravishda oshirish)larida davlat fuqarolik xizmatchilari davlat organining nufuzini tushirishga olib kelishi yoki uning o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan (harakatsizlikdan), shu jumladan, o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda har qanday shakldagi kamsitishdan, noxolislikdan yoki kimgadir nisbatan alohida munosabatda bo‘lishdan tiyilishi lozimligi, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish va mustaqil ta’lim olishi kasbiy kompetensiyasini uzlyuksiz ravishda oshirishning asosiy shakllaridan biri ekanligi belgilab qo‘yildi. Natijada davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini oshirish va muntazam ravishda yangilab borish tizimida e’tiborga olinishi hamda o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga, xizmatga oid axborot bilan ishlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq boshqa qoidalarga rioya etishi kasbiy madaniyatni rivojlantirishga ta’sir etishda hisoblangan omillarni normativ-huquqiy jihatdan boyitish imkonini bergan;
davlat xizmatida kasbiy madaniyat asoslarini uchta (milliy, muayyan davlat tashkiloti, individual) darajasiga ko‘ra davlat xizmatchilarining kasbiy-axloqiy buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar, ichki va tashqi omillar va ularning belgilari falsafiy jihatdan aniqlashtirilgan holda kasbiy madaniyat mezonlari, ishchanlik obro‘siga putur etkazishi mumkin bo‘lgan harakat (harakatsizlik)larni davlat xizmatining nufuziga salbiy ta’sirini oldini olishning asosiy vositalariga qaratilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son qarorini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-noyabrdagi 12-15-113-sonli ma’lumotnomasi). Xususan, ushbu qarorning 2-bobi (Kasbiy madaniyatga oid umumiy odob-axloq qoidalari), 4-bobini (Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish (profilaktika) choralarini ko‘rish) ishlab chiqishda foydalanilgan. Mazkur takliflar davlat organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va boshqa tashkilotlarda xizmat qilayotgan davlat xizmatchilarining kasb madaniyatini rivojlantirishga, shaxsiy javobgarlik va ma’suliyatini oshishiga, halol, adolatli va kamtar bo‘lishiga, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash hamda ularning kasbiy-axloqiy buzilishini baholash, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish mexanizmlarini belgilovchi uslubiy va tashkiliy asoslarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan, ilm-fan bilan shug‘ullanayotgan, yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan hamda yuksak bilim va malakaga ega bo‘lgan O‘zbekiston yoshlari imkoniyatlaridan foydalanib, davlat xizmatchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat, kasbiy madaniyatni rivojlantirish mexanizmini (o‘z-o‘zini rivojlantirish, malakasini oshirish, islohotlardagi real ishtirokini aniqlash, ish natijadorligini baholash va rag‘batlantirib borish) joriy etishning huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy afzalliklariga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi “Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh mutaxassislar va yosh vatandoshlarga zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 101-son qarorini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi 12-15-111-sonli ma’lumotnomasi). Xususan, yuqoridagi takliflar asosida ushbu qarorning 3-bandi (xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan, ilm-fan bilan shug‘ullanayotgan, yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan hamda yuksak bilim va malakaga ega bo‘lgan O‘zbekiston yoshlarining O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlari hamda ularning hududiy bo‘linmalarida ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish)da belgilangan vazifalar bilan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro obro‘-e’tiborini yanada mustahkamlashda vatandoshlar imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi uchun yosh kadrlar va mutaxassislarni tayyorlashga vatandoshlarning salohiyatini jalb etish imkoniyatlari belgilab berildi. Natijada xorijdagi vatandoshlarning ta’lim olish va kasbiy mahoratlarini oshirish, shuningdek, ularning o‘z tarixiy Vatanining ilmiy, madaniy va ijtimoiy hayotida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, O‘zbekiston hududida vatandoshlarning kasbiy, shu jumladan, tadbirkorlik, sarmoyadorlik, ilmiy, ma’rifiy va madaniy faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish imkonini bergan;
jahonning iqtisodiy-siyosiy jihatdan yuqori darajada rivojlangan davlatlarining kadrlar xizmatini tashkil etish sohasi transformatsiyasining falsafiy tahlili asosida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy choralariga ko‘ra davlat xizmatchisi kasbiy madaniyatini rivojlantirishning innovatsion, akmeologik va akseologik mexanizmlari hamda kasbiy-huquqiy savodxonlikni oshirish, korporativ etikani shakllantirish va meritokratiya tamoyili asosida professional davlat xizmatchisini tarbiyalash va shaxsiy javobgarlikni ish birligida namoyon qilish metodikasiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF 14-son Farmonining 3-bandi 15-xatboshisi (sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning kasbiy mahorati va mas’uliyatini oshirish, tizim tashkilotlarga tashabbuskor, fidoyi, sadoqatli, o‘z ustida doimiy ishlaydigan kadrlarni jalb qilish hamda ularning salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish) ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2024-yil 23-fevraldagi №DM85044755-sonli ma’lumotnomasi). Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyat yo‘nalishlari doirasida mazkur normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyotga joriy etilishi va ijrosini ta’minlanishi boshqaruv mexanizmlarining samaradorligi va davlat xizmatlarining sifatini oshirishga imkon bergan;
davlat xizmatlari sohasida kadrlar siyosatini amalga oshirishning samarali mexanizmlarini davlat xizmati tizimi, maqomi va ijtimoiy motivlariga ko‘ra uzlyuksiz takomillashtirib borish zarurati hamda davlat-xizmat munosabatlariga ko‘ra davlat xizmatchisining kasbiy madaniyatini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillarga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-sentyabrdagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 492-son qarori bilan tasdiqlangan “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslariga oid ma’lumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2024-yil 23-fevraldagi №DM85044755-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijalari asosida olingan taklif-tavsiyalar davlat xizmatchilarining boshqaruv va kasbiy ko‘nikmalarini o‘sishiga, ularning malakasini doimiy ravishda oshirib borishga, odob-axloq qoidalariga rioya etishlarini ta’minlashga hamda ularda yuksak kasbiy madaniyatni, jamoada sog‘lom ma’naviy muhit va ishchan kayfiyatni shakllantirishga xizmat qilgan;
davlat xizmatchilari kasbiy madaniyati rivojining kognitiv zaruratini (ijtimoiy ongga va davlat imidjiga ta’siri) ochib berish orqali davlat xizmatlarini insonparvarlashtirish va jamiyatda halol munosabatlar mushtarakligini shakllantirishning praksiologik, funksional, kommunikativ yondashuvlarning konseptual asoslari hamda kasbiy-huquqiy savodxonlikni oshirish, korporativ etikani shakllantirish va meritokratiya tamoyili asosida professional davlat xizmatchisini tarbiyalash va shaxsiy javobgarlikni ish birligida namoyon qilish metodikasiga doir taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4365-son qarorining 6-bandi “a” kichik bandi 2-3-xatboshilarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydlanilgan. Shuningdek, ushbu taklif-tavsiyalardan “Respublikasi ijro etuvchi organlari, tijorat banklari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va o‘rinbosarlarining rahbarlari va o‘rinbosarlarining sohadagi professional bilim va ko‘nikmalarini oshirish” yuzasidan tayyorlangan o‘quv-amaliy qo‘llanmani “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirish masalalari” va “Rahbar kadrlarning professional kompetensiyalariga oid xalqaro talablar va tavsiyalar: kadrlar salohiyatini rivojlantirishning xalqaro ta’lim dasturlari imkoniyatlari” nomli qismlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 2023-yil 3-dekabrdagi №01-05/1236-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif-tavsiyalardan Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan foydalanilishi natijasida vazirlik va idoralar Markaziy apparatlari hamda Samarqand, Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlarining boshqaruv kadrlari uchun tashkil etilgan kurslarning tashkiliy va dasturiy metodologiyasi takomillashtirilgan;
kasbiy-huquqiy savodxonlikni oshirish, korporativ etikani shakllantirish va meritokratiya tamoyili asosida professional davlat xizmatchisini tarbiyalash va shaxsiy javobgarlikni ish birligida namoyon qilish metodikasiga oid taklif-tavsiyalari “5A720000 – Boshqaruv” mutaxassisligining malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 1-noyabrdagi №02/02-02-150-sonli ma’lumotnomasi). Shuningdek, ushbu mutaxassislik uchun tayyorlangan “Etika. Estetika” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 68-007-sonli guvohnoma). Natijada davlat xizmati sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlashda davlat xizmatining falsafiy jihatlarini o‘rganishning konseptual, nazariy va uslubiy asoslari takomillashtirilgan.