Petuxov Oleg Fedorovichning

dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uranni qazib olish texnologiyasini takomillashtirish va radiatsiyaga qarshi ekran hosil qilish», 04.00.14–Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/T207.

Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.

Ilmiy maslahatchi: Sanaqulov Quvandiq, texnika fanlari doktori, professor.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.06.01.

«Uranni er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish usuli»ga berilgan ixtiro patentiga (№IAP 04442-2009 y.) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 24 oktyabrdagi 02-11/2796-son xulosasi.

«Fil`tratsiya va radiatsiyaga qarshi ekranni barpo etish usuli»ga berilgan ixtiro patentiga (№IAP 04444-2009 y.) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 24 oktyabrdagi 02-11/2797-son xulosasi.

«Rudali qatlamni oksidlash uchun qurilma»ga berilgan ixtiro patentiga (№IAP 04950-2012 y.) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 24 oktyabrdagi 02-11/2799-son xulosasi.

II. Tadqiqotning maqsadi: uranni er ostida ishqor bilan yuvish usuli orqali suyuq holatda tanlab eritish unda sul`fat kislota sarfini kamaytirish, rudali qatlamni oksidlash uchun yangi qurilma orqali bosimda quduqqa uzatishni ta’minlash va oltin tarkibli qumli chiqitlarni qoldiq uran rudalarining tashlanma joydagi ustki qismida ekran bilan  radiofaolligini so‘ndirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor uranni oksidlashda natriy gipoxloriti faol xlorda 0,1–0,3 g/l eritma sifatida qo‘llanilishi uran eritmasining tarkibidagi kol`matantlarni cho‘kindi bo‘lishligi va uran tarkibi smolada 45% ga oshib, kislota sarfini  kamaytirish texnologiyasi yaratilgan (№IAP 04442);

ilk bor uranni er ostida tanlab eritishda ikki bosqichli jarayon amalga oshirilib, gipoxlorit natriy eritmasi bilan va 2,8 g/l kotsentratsiyadagi sul`fat kislota eritmasi tufayli uranni eritmaga o‘tkazish usuli ishlab chiqilgan (№IAP 04442);

ilk bor oltin ma’danining gidrometallurgik qayta ishlash chiqindisi xom ashyosidan  uran radiatsiyaga qarshi ustiga qatma qat ekrani ishlab chiqilishi tufayli radiatsiya foni yo‘q qilish va unga ekran hosil qilishda granulometrik o‘lchami aniqlanib radonning ta’siri 3,5 barobariga kamaytirish usuli ishlab chiqilgan (№IAP 04444);

ilk bor avvallari uranni olib bo‘lmaydigan ruda qatlamining 100–500 m chuqurligidagi uranni oksidlashda siqilgan havo bilan 1,0–5,0 MPa (10–50 atm.) bosimi ostida amalga oshirish uchun yangi qurilma yaratilgan. (№IAP 04950).

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Uranni qazib olish texnologiyasini takomillashtirish va radiatsiyaga qarshi  ustki qatlamda ekran hosil qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

uranni er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinatining RU-5 korxonasida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2018 yil 6 iyundagi 02-06-03/7208-son ma’lumotnomasi). Natijada sulfat kislota sarfini 1 kg uranni eritmaga o‘tkazish uchun 51,6 kg ga kamaytirish imkonini bergan;

fil`tratsiya va radiatsiyaga qarshi ekranni barpo etish usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinatining  GMZ-1 korxonasida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2018 yil 6 iyundagi 02-06-03/7208-son ma’lumotnomasi). Natijada ekran yaratish uchun xarajatlarni va atrof-muhitga radiofaol chiqindilarni zararli ta’sirini kamaytirish imkonini bergan;

rudali qatlamni oksidlovchi qurilma Navoiy kon-metallurgiya kombinatining RU-5 korxonasida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2018 yil 6 iyundagi 02-06-03/7208-son ma’lumotnomasi). Natijada ilgari ekspluatatsiya qilinmagan chuqurligi 500 metrgacha bo‘lgan konlarni qazib olish va siqilgan xavoni 1,0–5,0 MPa bosimda quduqqa uzatishni ta’minlash imkoninibergan;

uranni er ostida suyuq holda tanlab eritmaga o‘tkazish usuli, fil`tratsiya va radiatsiyaga qarshi ekranni barpo etish usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinatida amaliyotga joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2018 yil 6 iyundagi 02-06-03/7208-son ma’lumotnomasi). Natijada atmosferaga zararli moddalarning otilib chiqishini kamaytirishni ta’minlovchi fil`tratsiyaga qarshi ekranni soddalashtirish tufayli radon nurlanish ta’sirini 3,5 barobarga kamaytirish va 7,6 mlrd. so‘m iqtisodiy samara olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish