Mirzakulov Umidjon Jurabaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Poliakril kislotasi va mahalliy bentonit gilmoyalari asosidagi polimer kompozisiyalar», 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/K436.
Ilmiy rahbar: Mahkamov Muzaffar Abdug‘apporovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Maxmud Muratovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Rafikov Adham Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: poliakril kislotasi va turli xil mahalliy bentonit gilmoyalari asosida choklangan tuzilishga ega polimer kompozisiyalar olish hamda ularning fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy ishqoriy, ishqoriy-er, poligorskit karbonatli bentonit gilmoyalari va poliakril kislotasi asosida choklangan tuzilishga ega bo‘lgan polimer kompozisiyalar olingan;
olingan kompozisiyalarning suvda bo‘kish darajasi ular tarkibiga kiruvchi bentonit gilmoyasi turi hamda miqdoriga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
poliakril kislotasi asosidagi gidrogellar tarkibiga bentonit gilmoyalari zarrachalari kiritilishi ularning sorbsiya qilish qobilityatini ortishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
polimer-bentonitli kompozisiyalarning suvli eritmalardan ba’zi bir rangli metall ionlarini sorbsiya qilishini o‘rganish natijasida, kompozitning sorbsion qobiliyati metall ionining radiusi kattalashib borishi bilan ortib borishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Poliakril kislotasi va mahalliy bentonit gilmoyalari asosida polimer kompozisiyalar olish hamda ularning fizik va fizik-kimyoviy xossalari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
polimer kompozision materiallar “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ korxonasi amaliyotiga joriy qilingan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ korxonasining 2021 yil 3 dekabrdagi XA-009868-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, texnologik eritmalardan Ca2+, Mg2+, Cu2+ ionlarini ajratib olish imkoni bergan; 
polimer kompozisiyalar “Eletrokimyozavod” QK AJ kimyoviy tahlil laboratoriyasida sinovdan o‘tkazilib sorbent sifatida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“Eletrokimyozavod” QK AJ korxonasining 2021 yil 4 iyundagi 107-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan suvlarni yumshatish hamda korxona oqava suvlari tarkibidagi pestisid konsentratsiyasini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish