Yusubov Jaloliddin Kadamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abu Nasr Forobiy ma’naviy-axloqiy ta’limotining Sharq va G‘arb madaniy sivilizatsiyasiga ta’siri”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (madaniyatshunoslik va madaniyat falsafasi) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Fal136.
Ilmiy maslahatchi: Nurmatova Mukarram Axmedovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Altaev Jakipbek Altaevich, falsafa fanlari doktori, professor; Navro‘zova Gulchehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori, professor; O‘raqova Oysuluv Jamoliddinovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abu Nasr Forobiy ma’naviy-axloqiy ta’limotining Sharq va G‘arb madaniy sivilizatsiyasiga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abu Nasr Forobiy ilmiy-falsafiy merosining tarixiy retrospektiv, sivilizatsiyaviy, aksiologik jihatlari, allomaning madaniyat falsafasiga oid induktiv va deduktiv novatorlik qarashlari va o‘zaro innovatsion taraqqiyot tamoyillari konteksti barqaror zamonaviy jamiyat xarakteriga mosligi hamda inson qadriga oid gumanistik mohiyati ochib berilgan.
qadimgi yunon ijtimoiy-falsafiy tafakkurining Abu Nasr Forobiy ma’naviy-axloqiy ta’limotiga o‘zaro ta’sirini ijtimoiy-madaniy transformatsion xususiyatlari, tizimli sinkretik bog‘liqlik, islom falsafasi paradigmasiga oid allomaning yangi metodologik yondashuvi hamda uning Sharq va G‘arb sivilizatsiyasi, madaniy jarayonlarining evolyusion, kumulyativ, sinergetik tendensiyalariga o‘zaro sivilizatsion ta’siri asoslantirilgan;
Abu Nasr Forobiyning davlat hokimiyati “xalq ishonchi”ga, “xalq hokimiyati”ga va “qonunlarning xalq manfaatiga xizmat qilishi”ga tayanishi davlat va jamiyatda demokratik jarayonlarning ehtiyoj sifatida anglanadigan, idrok etiladigan, amaliyotga tatbiq qilinadigan madaniyatlararo muloqot, davlat boshqaruv tizimida o‘zaro hamkorlikning samarasi zamonaviy ijtimoiy-falsafiy nazariyalarning konseptual rivojlanishiga bog‘liqligi dalillangan;
Qadimgi yunon faylasuflari tomonidan ilgari surilgan imperiativ-axloqiy, konstruktiv-falsafiy g‘oyalarning Abu Nasr Forobiyni falsafa, ma’naviyat, axloq, san’at va madaniyat haqidagi innovatsion qarashlariga ta’siri hamda o‘zaro farqli jihatlari ilmiy asoslangan;
Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida ilgari surilgan insoniyat jamiyatiga xos ijtimoiy hayot institutlari, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi “adolat”, “jamiyatning tabiiy holati”, “ijtimoiy tenglik” kabi nazariyalar negizida qaror topishi, bugungi demokratik jamiyatning hamda inson haq-huquqlarining oliy qadriyati, tamoyili ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Abu Nasr Forobiy ma’naviy-axloqiy ta’limotining Sharq va G‘arb madaniy sivilizatsiyasiga ta’sirini o‘rganish asosida:
Abu Nasr Forobiy ilmiy-falsafiy merosining tarixiy retrospektiv, sivilizatsiyaviy, aksiologik jihatlari, allomaning madaniyat falsafasiga oid induktiv va deduktiv novatorlik qarashlari va o‘zaro innovatsion taraqqiyot tamoyillari konteksti barqaror zamonaviy jamiyat xarakteriga mosligi hamda inson qadriga oid gumanistik mohiyatiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha dasturining “Targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar” rejasining V ustuvor yo‘nalishida belgilangan mutafakkirlar merosini targ‘ib qilishdagi tadbirlarda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 9-iyundagi 03-22/562-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, markazning chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan.
qadimgi yunon ijtimoiy-falsafiy tafakkurining Abu Nasr Forobiy ma’naviy-axloqiy ta’limotiga o‘zaro ta’sirini ijtimoiy-madaniy transformatsion xususiyatlari, tizimli sinkretik bog‘liqlik, islom falsafasi paradigmasiga oid allomaning yangi metodologik yondashuvi hamda uning Sharq va G‘arb sivilizatsiyasi, madaniy jarayonlarining evolyusion, kumulyativ, sinergetik tendensiyalariga o‘zaro sivilizatsion ta’siriga oid ilmiy xulosalardan Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkiliy tuzilmasini hamda funksional faoliyatini integratsiyalashtirishda foydalanilgan (Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining
2023-yil 14-iyundagi 14-07-692-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarni ilmiy faktlar bilan boyishiga xizmat qilgan;
Abu Nasr Forobiyning davlat hokimiyati “xalq ishonchi”ga, “xalq hokimiyati”ga va “qonunlarning xalq manfaatiga xizmat qilishi”ga tayanishi davlat va jamiyatda demokratik jarayonlarning ehtiyoj sifatida anglanadigan, idrok etiladigan, amaliyotga tatbiq qilinadigan madaniyatlararo muloqot, davlat boshqaruv tizimida o‘zaro hamkorlikning samarasi zamonaviy ijtimoiy-falsafiy nazariyalarning konseptual rivojlanishiga bog‘liqligiga oid taklif va tavsiyalardan Yoshlar ishlari agentligining tuzilmalari, hududiy boshqarma va bo‘linmalarida yosh kadrlarni tanlash, ularni turli boshqaruv tizimga yo‘naltirishga oid tizimli va manzilli ishlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 13-iyundagi 4-13-21-1641-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni Abu Nasr Forobiyning ma’naviy-axloqiy qarashlari bilan yaqindan tanishtirish imkonini bergan;
antik davr falsafasiga xos imperiativ-axloqiy, konstruktiv-falsafiy g‘oyalarning Abu Nasr Forobiyning qarashlari bilan qiyosiy tahlilida falsafa, ma’naviyat, axloq, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi o‘zaro bog‘liqlik jihatlari zamonaviy axloqiy tarbiyadagi “komillikka etishish” umumiy g‘oyasiga tayanilishiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 7-iyundagi 06-28-9/8 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar hamda keng jamoatchilikda Abu Nasr Forobiyning ilmiy-falsafiy merosiga oid bilim manbalarining kengayishiga, ularda ijobiy axloq sifatlarining takomillashishiga xizmat qilgan;
Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida ilgari surilgan insoniyat jamiyatiga xos ijtimoiy hayot institutlari, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi “adolat”, “jamiyatning tabiiy holati”, “ijtimoiy tenglik” kabi nazariyalar negizida qaror topishi, bugungi demokqratik jamiyatning hamda inson xaq-huquqlarining oliy qadriyati, tamoyili ekanligiga oid ilmiy yangiliklardan “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining “Oilalarda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlash, gender tenglikka erishish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan konsepsiyalarni, kompleks, maqsadli, sohaviy va iqtisodiy dasturlarni ishlab chiqishni ilmiy metodologik asoslarini shakllantirish” nomli rejasining 2 va 3 bandlarini ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 6-iyundagi 01-09/1495-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda oila institutining barqarorlashuviga, ularda totuvlik, ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikni oshishiga ma’nan xizmat qilgan.