Elov Botir Boltaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «SMART texnologiyalar asosida o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish», 05.01.10–Axborot olish tizimlari va jarayonlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T67.
Ilmiy rahbar: Aloev Raxmatillo Djuraevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01 ilmiy kengash asosida bir martalik IK.
Rasmiy opponentlar: Igamberdiev Xusan Zokirovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Zayniddinov Xakimjon Nasriddinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: SMART texnologiyalar asosida o‘quv jarayoni boshqaruv tizimini tahlil qilish, loyihalashtirish, modellashtirish, algoritmlarini yaratish va MVC texnologiyalari asosida dasturiy ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
BPMN metodlari va modellarini tavsiflash asosida LMS biznes-jarayonlarining modellari yaratilgan va optimallashtirilgan hamda LMS arxitekturasi shakllantirilgan;
LMS strukturlangan ma’lumotlarining konseptual, matniqiy va jismoniy modellari IDEF metodologiyasi asosida ERD sxemalar shaklida yaratilgan;
LMS ma’lumotlar bazasi tuzilmasi E.Koddning 1,2,3-normal formalari asosida optimallashtirilgan;
ERD sxemalar asosida SQL Server 2012 R2 ma’lumotlar bazasi boshqaruv tizimida jadvallar, ko‘rinishlar, tranzaksiyalar, triggerlar, rollar va foydalananuvchi funksiyalari ishlab chiqilgan;
LMS taqsimlangan axborot resurslarida ma’lumotlarni tavsiflash formatlari va axborot izlash algoritmlari ishlab chiqilgan;
LMS taqsimlangan axborot resurslarida klasslar va ob’ektlar diagrammalari, rolli modellar yordamida SSL sertifikatlari, ma’lumotlarni shifrlash va xeshlashtirish asosida o‘quv jarayoni ma’lumotlarini himoyalash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
SMART texnologiyalar orqali o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish axborot tizimi modellari, algoritmlari va dasturiy majmualari bo‘yicha olingan natija asosida:
axborot tizimidagi biznes-jarayonlarning BPMN modellari, ma’lumotlarning IDEF metodologiyasi asosida ERD sxemalari, SQL Server 2012 R2 ma’lumotlar bazasi boshqaruv tizimidagi jadvallar, ko‘rinishlar, tranzaksiyalar, triggerlar, rollar va foydalananuvchi funksiyalari TAD INDUSTRIS, Texno-soft MChJlarga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 33-8/4101-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi ma’lumotlar bazasida amalga oshiriluvchi so‘rovlarni qayta ishlash tezligini 7%ga oshirish, axborot tizimining relyasion modeli va biznes jarayonlarini modellashtirish usuli ma’lumotlar bazasida amalga oshiriluvchi tranzaksiyalarni qayta ishlash tezligini 10%ga oshirish imkonini bergan;
axborot tizimidagi konfedensial ma’lumotlarni himoyalash usullari, axborot tizimining ma’lumotlar bazasida rolli xavfsizlik modeli ALP CRYPTO, SMART SOFTWARE MChJlarga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 33-8/4101-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi BPMN modellar asosida ma’lumotlar bazasining relyasion modelini va ERD sxemalarini ishlab chiqish, axborot tizimini himoyalash modeli ma’lumotlar bazasi xavfsizligini ta’minlash va ma’lumotlar bazasida amalga oshiriluvchi so‘rovlarni qayta ishlash tezligini 7%ga oshirish imkonini bergan;
SMART LMS axborot tizimi, elektron hukumat ma’lumotlar bazalaridagi axborotlarni himoyalash usullari «UNICON.UZ» DUKga tatbiq qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 33-8/4101-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi elektron hukumat tizimidagi “Ta’lim” axborot tizimi majmuasining komponenti sifatida foydalanish va uni joriy qilish orqali yuqori samaradorlikka erishish hamda ma’lumotlarning maxfiyligini va yaxlitligini ta’minlash hamda ma’lumotlar bazasida amalga oshiriluvchi tranzaksiyalarni qayta ishlash tezligini 10%ga oshirish imkonini bergan imkonini bergan;
akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayoni relyasion ERD modeli KA5-001 “Akademik lisey va kasb hunar kolledjlarida elektron ta’lim muhitini yaratish” amaliy loyihasida elektron ta’lim muhitining biznes jarayonlarining modellarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 2 apreldagi 89-03/1209-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida akademik lisey va kasb hunar kollejlarida elektron ta’lim muhiti axborot tizimini ishlab chiqish hamda ma’lumotlar bazasida amalga oshiriluvchi so‘rovlarni qayta ishlash tezligini 7%ga oshirish imkonini bergan.