Kutlikova Go‘zalxon Maxammadjonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperimental aterosklerozda xitozanni qo‘llash imkoniyatlari», 03.00.01–Biokimyo (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib184.

Ilmiy rahbar: Inoyatova Firuza Xidoyatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Xaybullina Zarina Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori; Ishigov Ibragim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: aterosklerozda endoteliy disfunksiyasi molekulyar mexanizmlarini aniqlash va aniqlangan buzilishlarni sulfatlangan xitozan hosilalari bilan korreksiyalash imkonini takomillashtirishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ateroskleroz rivojlanishining molekulyar mexanizmlari takomillashtirilgan va ateroskleroz pilakchalari shakllanishida S-reaktiv oqsil, gomotsistein, endotelin-1 va azot oksidining o‘rni isbotlangan;

ilk bor pilla qurti g‘umbagidan olingan xitozanning sul`fatlangan hosilasining gipolipidemik molekulyar mexanizmlari isbotlangan;

giperxolesterinemiyali hayvonlarni eksperimental farmakoterapiyasida endoteliy disfunksiyasini bartaraf etishda sul`fatlangan xitozanning yuqori samaradorligi isbotlangan;

sul`fatli xitozanning antiaterogen mexanizmi, toksik, allergik, sensibilovchi, embriotoksik va teratogen xususiyatlari yo‘qligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Esperimental aterosklerozda xitozanni qo‘llash imkoniyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Sul`foparin preparatining klinik oldi eksperimental tadqiqotlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 5 yanvardagi 8n/2-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma sul`foprin ateroslerozda va qon tomirlarida aterioslerozning oldini olish, qon zardobidagi xolestrin miqdorini va qon tomir endoteliysida yallig‘lanishlarni kamaytirish imkonini bergan;

eksperimental aterosklerozda xitozanni qo‘llash imkoniyatlarini baholashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi oliy o‘quv yurtlariaro markaziy labaratoriyasi va Toshkent farmatsevtika instituti  ilmiy tadqiqot labaratoriyasi faoliyatiga joriy qilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 10 maydagi 8n-z/75-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari sud-tibbiy ekspertiza byurosining ekspert amaliyotiga joriy qilinishi jigarni morfometrik ekspert baholash mezonlari nafaqat narkotiklar bilan zaharlanishda yuz bergan o‘limning asosiy sabablarni, balki virusli gepatit turini aniqlash imkonini ham bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish