Gaybullaev Elbek Azizbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi kassaliklarini tashxislash va davolashning yangicha yondashuvi», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib362.
Ilmiy maslahatchi: Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Supiev Turgan Kurbanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston); Baymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: I.I.Mechnikov nomidagi Shimoli-G‘arbiy davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi leykoplakiyasini tizimli davolash tartibini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘iz bo‘shlig‘i leykoplakiya o‘chog‘ini zararlanish chuqurligiga asoslanib, SO2 lazeri bilan olib tashlash va vujudga kelgan jaroxatni fotodinamik davolash bilan nurlantirish tartiblari, kasallikni to‘liq tiklanishiga, ikkilamchi asoratlarni oldini olishiga, reabilitatsiya bosqichlarini qisqartirilishiga olib kelganligi isbotlangan;
kasallikning har bir shakli va og‘irlik darajasida lazer nurlarining kuchlanish miqdori va davolash tizimining mezonlari yaratilgan va morfologik hamda og‘iz bo‘shlig‘i gigienik indeks ko‘rsatkichlari bilan asoslab berilgan;
og‘iz bo‘shlig‘i leykoplakiyasida xujayralar displaziyasi, giperkeratoz, parakeratoz, akantoz, ekzotsitoz, atipik xujayralar va ularni malignizatsiyasi kabi belgilarni sitologik erta tashxislashning yangi mezoni yaratilgan va davolash samaradorligini oshishini, saraton oldi kassaliklarini xafli transformatsiyasini oldini olishi dastlabki va uzoq muddatli tekshiruv natijalari bilan asoslangan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining funksional holati, regenerativ-epitelizatsiya jarayonlari va remissiya davrining uzayishi, fotodinamik davolash tizimining leykoplakiya jarayoniga patogenetik ijobiy ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chekuvchilarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi kasaliklarini tashxislash va davolashning yangicha yondashuvi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Og‘iz bo‘shlig‘i leykoplakiyasiga tashxis qo‘yish va uni davolash algoritmi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n/69-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma umumiy amaliyot shifokoriga og‘iz bo‘shlig‘i leykoplakiyasini turli og‘irlik darajalari va shakllarida lazer texnologiyalari bilan samarali davolashni tizimini qo‘llash imkonini bergan;
«Chekuvchilarda og‘iz bo‘shlig‘i leykoplakiyasini davolashning samaradorligini oshirish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n/69-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma stomatolog shifokorlarga og‘iz bo‘shlig‘i leykoplakiyasini kelib chiqish sabablari, erta tashxislash, samarali davolash va kasallikni og‘irlashuvida ogohlantirish imkonini bergan;
chekuvchilarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi kasaliklarini tashxislash va davolashning yangicha yondashuvini takomillashtirish qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligining stomatologiya poliklinikasi, Toshkent shaxar 1-son stomatologiya, Samarqand shahar 1-son stomatologiya, Buxoro davlat tibbiyot instituti stomatologiya polikilinikalari klinik amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 martdagi 8n-d/27-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bemorlarning ambulator qatnovlari sonini 80% gacha qisqartirishga, rak oldi kasalligi-leykoplakiyasini qisqa muddatda bartaraf etishga, bemorlarni ijtimoiy hayotga qaytarish muddatlarini qisqartirishga erishildi.