Kulniyazov Timur Urazbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yangi ta’lim konsepsiyasi sharoitida tyutorlarning amaliy faoliyatini takomillashtirishning ilmiy-pedagogik asoslari (oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped2389.
Ilmiy rahbar: Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor.    
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.    
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yangi ta’lim konsepsiyasi sharoitida tyutorlarning amaliy faoliyatini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
tyutorlarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash tuzilmasi tashkiliy-boshqaruv, kommunikativ, pedagogik qo‘llab-quvvatlash (fasilitatsiya), ijtimoiy-madaniy, shaxsiy-rivojlantiruvchi funksiyalarning shaxs rivojlanishini individual traektoriyasiga muvofiqligining mikro bifurkatsion jihatiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
tyutorlarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash mazmuni tyutorlikning “tyutor – informator”, “tyutor – tashkilotchi”, “tyutor – psixoterapevt”, “tyutor – ota-ona” kabi klassik turlarini  telefon/e-mail, elektron (e-tyutoring), avtomatik (autotyutoring) singari innovatsion modellar bilan internatsionallashuv darajasini ta’minlashga qaratilgan  mualliflik dasturiy ta’minotni pedagogik loyihalash asosida takomillashtirilgan;
tyutorlarni amaliy faoliyatga tayyorlashning pedagogik modelini texnologik komponenti subektivlikni anglash, persepsiya (boshqalarning subektivligini qabul qilish), kooperatsiya (hamkorlik) bosqichlarini motivatsion-qadriyatli, ijobiy emotsional, ijodiy faoliyat mezonlari bilan metaregulyativ (motivator, konsultant, mentor) uyg‘unlik darajasi produktivligini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
tyutorlarni amaliy faoliyatga tayyorlashning didaktik ta’minoti “tyutorlar maktabi” innovatsion modeliga muvofiq tarzda loyihaviy, portfolio, individual va guruhiy konsultasiya, trening texnologiyalarini muammoli, psixodiagnostik, refleksiv kabi tyutorlik ish usullari bilan maqbul va xatarli sharoitlarda o‘z-o‘zini korreksiyalash darajasi intensivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda yangi ta’lim konsepsiyasi sharoitida tyutorlarning amaliy faoliyatini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
tyutorlarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash tuzilmasini tashkiliy-boshqaruv, kommunikativ, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-madaniy, shaxsiy-rivojlantiruvchi funksiyalarning shaxs rivojlanishini individual traektoriyasiga muvofiqligining mikro bifurkatsion jihatiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirish, tyutorlarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash mazmunini tyutorlikning “tyutor – informator”, “tyutor – tashkilotchi”, “tyutor – psixoterapevt”, “tyutor – ota-ona” kabi klassik turlarini  telefon/e-mail, elektron, avtomatik singari innovatsion modellar bilan internatsionallashuv darajasini ta’minlashga qaratilgan  mualliflik dasturiy ta’minotni pedagogik loyihalash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 30-sentyabrdagi “Oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 412-son buyrug‘ining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Davlat oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik faoliyatni tashkil etish to‘g‘risida”gi na’munaviy nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 13-iyundagi 03/14-1101-son ma’lumotnomasi). Natijada, tyutorlarni amaliy faoliyatga tayyorlash mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
tyutorlarni amaliy faoliyatga tayyorlashning pedagogik modelining texnologik komponentini subektivlikni anglash, persepsiya, kooperatsiya bosqichlarini motivatsion-qadriyatli, ijobiy emotsional, ijodiy faoliyat mezonlari bilan metaregulyativ uyg‘unlik darajasi produktivligini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Oila va mahalla” ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan JHBL-22-sonli “Oilada jinoyatlar va zo‘ravonliklar, oiladagi kriminogen muhit kelib chiqish sabablarini tadqiq etish” mavzusidagi amaliy loyihaning talabalar o‘rtasidagi joniyatchilikning oldini olishda tyutorning o‘rni qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 11-sentyabrdagi 02-07-3710/04-son dalolatnomasi). Natijada, tyutorlarning birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tyutorlarni amaliy faoliyatga tayyorlashning didaktik ta’minotini “tyutorlar maktabi” innovatsion modeliga muvofiq tarzda loyihaviy, portfolio, individual va guruhiy konsultasiya, trening texnologiyalarini muammoli, psixodiagnostik, refleksiv kabi tyutorlik ish usullari bilan maqbul va xatarli sharoitlarda o‘z-o‘zini korreksiyalash darajasi intensivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan T.N. Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihaning talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganligini tashxis etish qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2023-yil 11-sentyabrdagi 02-07-3710/04-son dalolatnomasi). Natijada, tyutorlarni talabalar bilan olib boradigan ijtimoiy-pedagogik faoliyatining aksiologik jihatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish