Yusupov Valijon Rustamovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elektromagnit maydonlarning tabiiy va texnogen jarayonlar bilan bog‘liq variatsiyalari», 04.00.06–Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (geologiya-mineralogiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/GM14.

Ilmiy rahbar: Abdullabekov Kaxarbay Nasirbekovich,fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Seysmologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.

Rasmiy opponentlar: Xamidov Lutfilla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori; Yusupov Rustam Yunusovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: elektromagnit maydonlarning tabiiy va texnogen jarayonlar bilan bog‘liq variatsiyalarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

zilzilalarning magnituda bo‘yicha namoyon bo‘lishi global, regional va lokal geotektonik strukturalar o‘lchamlarining kattaliklari bilan bog‘liqlik darajasi baholangan;

impul`s elektromagnit maydonining o‘rtacha sutkalik, oylik va yillik o‘zgarishlari hamda zilzilalar bilan bog‘liq anomaliyalari aniqlangan;

Markaziy Osiyoda joylashgan geomagnit rasadxonalarda va O‘zbekistondagi statsionar stansiyalarda er magnit maydonining asriy o‘zgarishlarining bir xilligi aniqlangan;

magnit maydonining Poltoratsk er osti gaz saqlagichi, Chorbog‘ suv omboridagi ekspluatatsiya rejimi hamda tog‘ jinslari elektr qarshiligining turli seysmogeodinamik jarayonlar bilan bog‘liq anomal o‘zgarishlari aniqlangan;

Chorbog‘ suv ombori hududida kuzatilgan magnit maydon anomaliyalari suvning ekspluatatsiya rejimi bilan birga poligon atrofida ro‘y bergan zilzilalar bilan ham bog‘liqligi isbotlangan;

elektromagnit maydonlarining texnogen jarayonlar va zilzilalar bilan bog‘liq uzoq, o‘rta va qisqa muddatli anomal variatsiyalari zilzilalar tayyorlanishining modellariga mos ravishda namoyon bo‘lishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonning seysmik faol zonalarida elektrometrik va magnitometrik anomaliyalar ko‘rsatkichlaridagi qonuniyatlarni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

impul`s elektromagnit maydonining aniqlangan o‘rtacha sutkalik, oylik va yillik o‘zgarishlari hamda zilzilalar bilan bog‘liq anomaliyalari Favqulodda vaziyatlar vazirligi amaliyotida joriy qilingan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2018 yil 12 iyundagi 4/4/15-1678-son ma’lumotnomasi). Natijada respublika hududida 2013-2017 yillarda sodir bo‘lgan qator kuchli (Tuyabug‘iz, Marjonbuloq, Toshkent, Chortoq) zilzilalarini qisqa muddatli darakchilarini aniqlash imkonini bergan;

O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar magnit rasadxonalarida taqqoslash asosida aniqlangan magnit maydoni variatsiyalari Favqulodda vaziyatlar vazirligi amaliyotida joriy qilingan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2018 yil 12 iyundagi 4/4/15-1678-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston hududi seysmik faolligini monitoring qilish imkonini bergan;

Chorbog‘ suv ombori hududida olib borilgan kuzatuvlar asosida magnit maydoni (qisqa, o‘rta, uzoq muddatli), suvning hajmi va  zilzilalar o‘rtasidagi aniqlangan bog‘liqlik Favqulodda vaziyatlar vazirligi amaliyotida joriy qilingan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2018 yil 12 iyundagi 4/4/15-1678-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu hududda turli magnitudali zilzila darakchilari bilan bog‘liq anomaliyalarni aniqlash imkonini bergan;

elektromagnit maydonlarining aniqlangan texnogen jarayonlar va zilzilalar bilan bog‘liq anomal variatsiyalari zilzilalar tayyorlanish jarayonlarining modellariga mosligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi amaliyotida joriy qilingan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2018 yil 12 iyundagi 4/4/15-1678-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan prognoz, monitoring, zilzilalar tayyorlanishining modeli ma’lumotlari Fuqaro muhofazasi institutining respublika bo‘yicha tinglovchilari va ilmiy xodimlarining bilim va malakasini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish