Qunnazarov Amangeldi Quatbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish (Informatika va axborot texnologiyalari fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped2105.
Ilmiy rahbar: Allambergenova Muxabbat Xasanbaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishning pedagogik hususiyatlari “avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari, kompyuter ta’lim tizimi yo‘nalishlari, axborot ta’lim muhitida o‘qituvchining pedagogik faoliyati” mazmunining identivligiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini oʻqitishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari fanga doir kompetensiyalarni (motivatsion-axborotli, algoritmik fikrlash, kreativlik) shakllantirish jarayonlarini art-dizayn, 3D dizayn, dasturlash tillari, STEAM ta’lim mezonlari boʻyicha o‘qitish amaliyotini loyihalashning semantik-tuzilmaviy jihatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalarini multimediali elektron axborot ta’lim resurslari vositasida rivojlantirish modelining amaliy komponenti “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini oʻqitishda virtual stend va mobil ilovadan interaktiv foydalanishning xususiy-metodik jihatdan adaptivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib o‘qitishning o‘quv topshiriqlarining variativligi va differensialligi, internal va eksternal motivatsiyaning shaxsiy anglanganligi, mustaqil o‘qish va o‘rganishning produktivligi kabi metodik shartlari multimediali elektron o‘quv qo‘llanmani amaliy faoliyat tajribasi bilan vitallik ko‘rsatkichi validligiga erishish dinamikasini qat’iy belgilash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishning pedagogik hususiyatlarini “avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari, kompyuter ta’lim tizimi yo‘nalishlari, axborot ta’lim muhitida o‘qituvchining pedagogik faoliyati” mazmunining identivligiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirish hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini oʻqitishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishning didaktik imkoniyatlarini fanga doir kompetensiyalarni (motivatsion-axborotli, algoritmik fikrlash, kreativlik) shakllantirish jarayonlarini art-dizayn, 3D dizayn, dasturlash tillari, STEAM ta’lim mezonlari boʻyicha o‘qitish amaliyotini loyihalashning semantik-tuzilmaviy jihatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Zamanagóy programmalastırıw tilleri” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘i, 391183-raqamli guvohnoma). Natijada, boʻlajak informatika oʻqituvchilarining pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish malakasini shakllantirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalarini multimediali elektron axborot ta’lim resurslari vositasida rivojlantirish modelining amaliy komponenti “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini oʻqitishda virtual stend va mobil ilovadan interaktiv foydalanishning xususiy-metodik jihatdan adaptivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Informatika va axborot texnologiyalari fanini pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib o‘qitish metodikasi (7-sinf misolida)” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 17-iyuldagi 01/11-01/9-634-son maʼlumotnomasi). Natijada, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib oʻqitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib o‘qitishning o‘quv topshiriqlarining variativligi va differensialligi, internal va eksternal motivatsiyaning shaxsiy anglanganligi, mustaqil o‘qish va o‘rganishning produktivligi kabi metodik shartlari multimediali elektron o‘quv qo‘llanmani amaliy faoliyat tajribasi bilan vitallik ko‘rsatkichi validligiga erishish dinamikasini qat’iy belgilash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Jizzax politexnika institutida bajarilgan “AIF 1/4-“Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021 yy.) mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasining “Virtual laboratoriyalarni yaratishda pedagogik dasturiy vositalarni qoʻllash” qismini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2023-yil 25-oktyabrdagi 02-07-4804/04-son dalolatnomasi). Natijada, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.