Allaniyazov Arman Baxitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped536.
Ilmiy rahbar: Kudaybergenova Tajixal Kuchkarovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Seytnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari (mayllar, qiziqish va hissiyot) ob’ektiv-aniq bilimlar, sub’ekt-sub’ekt munosabatlar hamda axborotlarni uzatish mexanizmlari bilan ma’naviy qadriyatlarning anglanganligi va amaliy faoliyatda namoyon bo‘lish dinamikasiga (so‘z va amal birligi) ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirishga doir pedagogik shart-sharoitlar, yo‘nalishlar va didaktik imkoniyatlar qadriyatli munosabat tajribasinining tuzilmasi (emotsional-kognitiv, amaliy-faoliyatli, refleksiv-baholovchi) asosida  “o‘z-o‘ziga va o‘zgalarga bo‘lgan munosabat” tizimiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;  
o‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirish modeli qadriyatli-maqsadli, mazmunli, tashxisli-natijaviy va refleksiv bloklarni o‘zaro muvofiqlashtirish hamda baholash mezonlari (ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik va qadriyatlarga nisbatan hissiy yo‘nalganlik) va daraja (yuqori, o‘rta, past) ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonlar insonparvarlik, aksiologik, shaxsiy-faoliyatli yondashuvlar asosida o‘qituvchi faoliyatining dars va darsdan tashqari  shakllarini nazariy va amaliy tayyorgarlik bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiluvchi qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirish strategiyalarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari (mayllar, qiziqish va hissiyot) ob’ektiv-aniq bilimlar, sub’ekt-sub’ekt munosabatlar hamda axborotlarni uzatish mexanizmlari bilan ma’naviy qadriyatlarning anglanganligi va amaliy faoliyatda namoyon bo‘lish dinamikasiga (so‘z va amal birligi) ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Tarbiya” fanining ta’lim standartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 21 apreldagi 01/11-02/02-537-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun “Tarbiya” fani bo‘yicha kompetensiyalar tizimi takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirishga doir pedagogik shart-sharoitlar, yo‘nalishlar va didaktik imkoniyatlar qadriyatli munosabat tajribasinining tuzilmasi (emotsional-kognitiv, amaliy-faoliyatli, refleksiv-baholovchi) asosida  “o‘z-o‘ziga va o‘zgalarga bo‘lgan munosabat” tizimiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FZ-2016-0909111822 raqamli “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 19 fevraldagi 02-07-456/04-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirish mezonlari (ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik va qadriyatlarga nisbatan hissiy yo‘nalganlik va h.k.) va daraja (yuqori, o‘rta, past) ko‘rsatkichlarini aniqlashga erishilgan;
o‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirish modelini qadriyatli-maqsadli, mazmunli, tashxisli-natijaviy va refleksiv bloklarni o‘zaro muvofiqlashtirish hamda baholash mezonlari va daraja ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda bu jarayonni o‘qituvchi faoliyatining dars va darsdan tashqari  shakllarini nazariy va amaliy tayyorgarlik bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiluvchi qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirish strategiyalarini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan A-1-173 raqamli “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” (2012-2016 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 19 fevraldagi 02-07-456/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirish shart-sharoitlarini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish