Sulaymanova Gulchexra Xakimovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Emul`siyalangan mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlashda mahalliy ashyolarni qo‘llash», 02.00.17–Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T262.

Ilmiy rahbar: Majidov Qahramon Halimovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

Rasmiy opponentlar: Abduraximov Saidakbar Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor, Saidvaliev Saidazim Saydiamirxanovich, texnika fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: «O‘zpaxtayog‘» AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: paxta moyi, uni qayta ishlash maxsulotlari, an’anaviy va noan’anaviy moylar asosida emul`siyalangan yog‘li mahsulotlarni olish tarkibi va texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

an’anaviy va noan’anaviy o‘simlik moylari aralashmalaridan optimal miqdorlarda foydalanish hisobidan emul`siyalangan mahsulotlarning yog‘ fazasini olish usullari ishlab chiqilgan;

maqsadli emul`siyalangan mahsulotlarning biologik va oziqaviy qiymatiga yog‘ kislota tarkibining ta’sirini miqdoriy baholovchi muvofiq mezonlar takomillashtirilgan;

o‘simlik moylari va emul`siyalangan mahsulotlar aralashmalarini saqlashning optimal sharoitlari va muddatlari aniqlangan;

berilgan fizik-kimyoviy, organoleptik, reologik va funksional xususiyatlarga ega margarinlar tayyorlashda yog‘li komponentlarni tanlash usuli ishlab chiqilgan;

an’anaviy va noan’anaviy o‘simlik moylari aralashmalaridan emul`siyalangan moylar olish tarkibi va texnologiyasi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Emul`siyalangan mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlashda mahalliy ashyolarni qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:

paxta moyi, uni qayta ishlash mahsulotlari va yangi turdagi xom ashyolar asosida quyma va qattiq turdagi margarin mahsulotlari ishlab chiqarish uchun texnik shart «Uzstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan  (TSh 86-45:2008). Natijada mahalliy ashyolar asosida quyma va qattiq turdagi margarin mahsulotlarini ishlab chiqish imkonini bergan;

mahalliy ashyolar asosida yaratgan quyma va qattiq turdagi margarin mahsulotlari olish tarkibi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («O’ZPAXTAYOG’» AJ ning 2018 yil 10 martdagi GP/2-597-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilayotgan margarin mahsulotlarini 20–30% arzonlashtirish imkonini bergan;

mahalliy ashyolar asosida yaratgan quyma va qattiq turdagi margarin mahsulotlarini olish texnologiyasi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Toshkent yog‘-moy kombinati» AJning 2017 yil 13 sentyabrdagi 649/03-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida margarin ishlab chiqarish sifati va miqdorini 17% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish