Tursunboev Amirdin Yuldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Er osti boyliklarini hisobga olish va soliqqa tortishni takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (Iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2008
Ilmiy rahbar: Hotamov Komil Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kurbanov Daniyar Rozumbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi er osti boyliklarini hisobga olish va soliqqa tortishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavs iyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qazib olingan tabiiy gaz, neft va gaz kondensatini qayta ishlashni amalga oshirgan hollarda soliq bazasi ushbu foydali qazilmalardan olingan mahsulotlarni realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqqan, ularni keyinchalik qayta ishlash va transportda tashish uchun soliq to‘lovchi tomonidan qilingan xarajatlar chegirib tashlangan holda aniqlash taklifi asoslangan;
soliq bazasini aniqlashda soliq to‘lovchilar tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar miqdorini soliq to‘lovchilar va soliq organlari birgalikda aniqlashi tartibini qo‘llash orqali soliq to‘lovchilar tomonidan xarajatlarni asossiz ravishda oshirib ko‘rsatish holatlarining oldini olish asoslangan;
bir-biriga o‘xshash bo‘lgan noruda qurilish materiallari uchun belgilangan soliq stavkasini unifikatsiya qilish orqali bir guruhga jamlash hamda yagona stavkada soliq hisoblash asosida er osti boyliklaridan samarali foydalanishda soliq tizimining ta’sirchanligini oshirish taklif etilgan;
qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallar, noyob elementlarning va noyob er elementlarining soliq bazasini belgilashda ularning haqiqatda realizatsiya qilingan hajmi qiymatidan kelib chiqish tartibini joriy etish orqali er osti boyliklarini soliqqa tortish takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Er osti boyliklarini hisobga olish va soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
qazib olingan tabiiy gaz, neft va gaz kondensatini qayta ishlashni amalga oshirgan hollarda soliq bazasi ushbu foydali qazilmalardan olingan mahsulotlarni realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqqan, ularni keyinchalik qayta ishlash va transportda tashish uchun soliq to‘lovchi tomonidan qilingan xarajatlar chegirib tashlangan holda aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 30 dekabrdagi O‘RQ 812 sonli Qonunida inobatga olingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 7 fevraldagi 18/1 14253 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq to‘lovchilar tomonidan amalga oshirilgan xarajatlarni soliq bazasidan chegirib tashlash amaliyoti joriy qilinib, soliqlari hisoblashning adolatlilik tamoyillari amal qilishi uchun imkon yaratilgan;
soliq bazasini aniqlashda soliq to‘lovchilar tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar miqdorini soliq to‘lovchilar va soliq organlari birgalikda aniqlashi tartibini qo‘llash orqali soliq to‘lovchilar tomonidan xarajatlarni asossiz ravishda oshirib ko‘rsatish holatlarining oldini olish taklifi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 7 fevraldagi 18/1 14253 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirmagan holda soliq to‘lovchilar tomonidan soliq bazasini kamaytirish maqsadida xarajatlarni asossiz ravishda oshirib ko‘rsatish holatlarini oldini olish imkoni yaratilgan;
bir-biriga o‘xshash bo‘lgan noruda qurilish materiallari uchun belgilangan soliq stavkasini unifikatsiya qilish orqali bir guruhga jamlash hamda yagona stavkada soliq hisoblash asosida er osti boyliklaridan samarali foydalanishda soliq tizimining ta’sirchanligini oshirish taklifi Soliq kodeksining 452 moddasida inobatga olingan (Davlat Soliq qo‘mitasining 2022 yil 17 fevraldagi 18/1 15889 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida foydali qazilmalarni hisobga olish, soliqqa tortish bazasini yangi mexanizmlar asosida hisoblash orqali er osti boyliklaridan samarali foydalanishda soliq tizimining ta’sirchanligini oshirish imkoni yaratilgan;
qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallar, noyob elementlarning va noyob er elementlarining soliq bazasini belgilashda ularning haqiqatda realizatsiya qilingan hajmi qiymatidan kelib chiqish tartibini joriy etish orqali er osti boyliklarini soliqqa tortishni takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 30 dekabrdagi O‘RQ 812 sonli Qonunida inobatga olingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 7 fevraldagi 18/1 14253 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida foydali qazilmalarni haqiqatda sotilgan hajmining qiymatidan kelib chiqib soliq hisoblash amaliyotini joriy qilish imkoni yaratilgan.