Yusupova Eleonora Ferdinandovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamoaviylik va paternalizmning O‘zbekiston yoshlar siyosiy ongi shakllanishiga ta’siri”, 23.00.03–Siyosiy madaniyat va mafkura (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Siyos80.
Ilmiy rahbar: Qodirov Anvar Kaxxorovich, fassafa fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc29.08.2017.S.01.08.
Rasmiy opponentlar: Kuchkorov Vaxob Xoshimovich, siyosiy fanlar doktori; Saifnazarov Ismoil, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: milliy mentalitetning O‘zbekiston yoshlarining siyosiy ongini shakllantirishga ta’sir xususiyatlari, omillari va shart-sharoitlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«mentalitet» konsepti siyosiy ongning motivatsiyali va bilishga asoslanishi va bir-birini to‘ldirishi, milliy mentalitetdagi jamoaviylik va paternalizmning yoshlar siyosiy ongi shakllanishiga ta’siri asoslangan;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yoshlar tashkilotlarini faollashtirishda mental xususiyat bilan aloqador sub’ektiv va ob’ektiv muammolari ochib berilgan;
yoshlarda shakllanayotgan mental xususiyatlar va dunyoqarashini yangilashning jamoaviylik, paternalizm, ochiqlik kabi zaruriy shartlari asoslab berilgan;
milliy mentalitetning demokratik siyosiy ong talablari bilan muvofiq qirralari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jamoaviylik va paternalizmning O‘zbekiston yoshlar siyosiy ongi shakllanishiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Milliy mentalitetning jamoaviylik va paternalizm kabi xususiyatlarining O‘zbekiston yoshlarining demokratik siyosiy ongini shakllantirishga ta’siri yoritilgan, hamda mazkur hodisaning ijobiy va salbiy tomonlari belgilangan bo‘lib, ulardan O‘zbekiston yoshlarining siyosiy ongini shakllantirishda milliy mentalitetning ta’sir xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan “Yosh liberallar klubi”ning “Kelajak deputatlari” guruhi Nizomini tayyorlashda foydalanilgan (Siyosiy kengash ijroiya qo‘mitasi O‘zLiDePning 2018 yil 4 iyundagi 01-27/562-son ma’lumotnomasi). Bu yoshlarning ma’naviy, huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirishga, yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirishning dolzarb vazifalari sifatida ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga hissa qo‘shgan;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yoshlar tashkilotlarini faollashtirish muammolari O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2018 yil uchun ish rejasi (28, 38, 44, 74-bo‘limlari)ni tuzishda va voyaga etmaganlar hamda yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirish, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tarqatma materiallarni tayyorlash, shuningdek, «Yoshlar – kelajak bunyodkori» shiori ostida targ‘ibot poezdi ishtirokchilari tomonidan ma’ruzalar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2018 yil 10 apreldagi 04-13/1962-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning demokratik siyosiy ongini shakllantirishga oid tavsiyalar O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlar tashkilotlarini faollashtirishga ko‘maklashgan;
Ishlab chiqilgan yoshlar siyosiy ongining demokratik jamiyat talablariga mos keladigan darajasini shakllantirish va rivojlantirishga oid takliflardan viloyatlar, shaharlar va tumanlar xalq deputatlari kengashlari yoshlarga oid siyosat va sog‘lom avlodni tarbiyalash bo‘yicha doimiy komissiyalari a’zolarining malakasini oshirish kurslarida foydalanilgan. Mazkur takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiya a’zolarini tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar uchun asos qilib olingan (mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyaning 2018 yil 16 apreldagi 11-07/450-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar yoshlarga oid siyosat va sog‘lom avlodni tarbiyalash bo‘yicha doimiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish va kuchaytirishga ko‘maklashgan.