Shakarov O‘ktam Berdiboevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rahbar axloqi va adolatli boshqaruvni tashkil etish muammolari”, 23.00.03–Siyosiy madaniyat va mafkura (siyosiy fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Siyos69.

Ilmiy rahbar: Alimardonov To‘lqin Turdievich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura qurilish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc29.08.2017.S.01.08.

Rasmiy opponentlar: Ibodulla Ergashev, siyosiy fanlar doktori, professor; Utamurodov Akbar, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: rahbarning axloqiy qiyofasi va ma’naviy-ahloqiy me’yorlarini vujudga keltirish orqali adolatli boshqaruvni tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

zamonaviy rahbarlikning axloqiy me’yorlar va talablar tasniflarini belgilaydigan kasbiy xususiyat xizmat subordinatsiyasi, ochiqlik va tenglik uslublari qoidalari ochib berilgan;

rahbar, mansabdor mas’ul xodimning vakolat va majburiyat mezonlari va ularni tanlash tizmini takomillashtirishning axloqiy mexanizmlari asoslab berilgan;

boshqaruv reglamentatsiyasini tashkil etish uslublari, yondashuvlari, rahbar kadrlarning axloqiy sifatlarini baholash va tanlash mezonlar tartibi ishlab chiqilgan;

kadrlarning axloqiy sifatlarini baholashda jamoatchilik fikri asosida mustaqil komissiya faoliyatining afzalliklari asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Rahbar axloqi va adolatli boshqaruvni tashkil etish muammolarini o‘rganish natijasidagi takliflar asosida:

Tadqiqotning rahbarlik faoliyati asosini tashkil etuvchi axloqiy sifatlarning huquqiy me’yorlarda aks ettirishga doir ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyati va Mintaqaviy vakillarning faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari vakilining 2018 yil 6 apreldagi 01-07/01-son ma’lumotnomasi). Natijada Ombudsman Kotibiyati xodimlari hamda Mintaqaviy vakillarning Odob-axloq qoidalarida rahbar va xodim munosabatlari yuksak axloqiy tamoyillarga asoslangan holda sof va adolatli bo‘lishi, xodimning imkoniyati va salohiyatidan kelib chiqqan holda topshiriqlarni talab qilishi, shuningdek, qonunga xilof xatti-harakatlarni sodir etishga undamasligi, xodimlarga nisbatan yuqori professionalizm va adolatda o‘rnak bo‘lishi kabi normalar aks ettirilgan;

dissertatsiyaning rahbar kadrlarning axloqiy sifatlarini shakllantirish adolatli boshqaruvning muhim omili ekanligiga doir takliflaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2018 yil 10 apreldagi 04-13/1961-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy va mahalliy Kengashlari mas’ul xodimlari uchun o‘tkazilgan seminarlar, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 4 oylik qayta kurslari tinglovchining ma’anaviy-ahloqiy darajalarni yuksaltirishga xizmat qilgan;

tadqiqotning zamonaviy boshqaruvga axloqiy qadriyatlarni joriy etish, demokratik islohotlarni amalga oshirishda rahbar kadrlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlari adolatli boshqaruvni tashkil etishning muhim omili ekanligi haqidagi tavsiyalaridan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi va hududiy Kengashlari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2018 yil 4 apreldagi 01-219-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar yoshlarni rahbarlikka tayyorlashning texnologik mexanizmlari sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish