Xudoyarova E’tibor Axatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mn(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II) ionlarining ftorli tetraketon hosilalari bilan kompleks birikmalari sintezi, tuzilishi, xossalari», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/K616.
Ilmiy rahbar: Umarov Baqo Bafoevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.72.01.
Rasmiy opponentlar: Daminova Shaxlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, professor; Mardonov O‘ktam Mardonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ftor tutgan tetrakarbonil birikma va gidrazonli, karbazonli hosilalarini sintez qilish, ularning oraliq metallar ionlari bilan komplekslarini olish, ularning tarkibi, tuzilishi va xossalarini, biologik faolligi va ishlatilish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor PTFBDB va uning atsetil-, benzoil- va m-gidroksibenzoilgidrazonlari va tiosemikarbazoni sintez qilingan;
olingan 4 ta ligand asosida Mn(II), Ni(II), Cu(II) va Zn(II) ionlarning 16 gomobiyadroli va 4 ta geterobiyadroli kompleks birikmalari sintez qilingan;
kvant-kimyoviy usullarning takomillashtirilgan dasturlaridan foydalanib, sintez qilingan ligandlar va ularning komplekslari molekulalarning geometrik va energetik parametrlari, atomlardagi zaryadlarning taqsimoti, reaksion markazlari aniqlangan;
yangi sintez qilingan ftorli tetraketonning gidrazonlari olinib, ular asosida sintez qilingan kompleks birikmalarning tarkibi, tuzilishi, UB-, IQ-, YaMR 1H-, EPR spektroskopiyasi usullari yordamida isbotlangan;
sintez qilingan organik moddalar polidentat ligandlar sifatida sanoat korxonalarining chiqayotgan oqova suvlar tarkibidagi og‘ir metallar (Mn2+, Ni2+, Cu2+, Zn2+) ionlarini tanlab cho‘ktirib ajratish, ularni sifat va miqdor analizida qo‘llash usuli yaratilgan;
sintez qilingan yangi ligandlarning Mn2+, Ni2+, Cu2+ va Zn2+ ionlari bilan kompleks birikmalarni F. solani, A. alternata o‘simlik zamburug‘lari rivojlanishiga qarshi fungisidlik xossalari aniqlangan;
sintez qilingan organik moddalar-PTFBDB (C14H28O4F6) va (E)-N'-benzilidenbenzoilgidrazid ((E)-N’-BBG) (C14H12N2O) larning monokristallari o‘stirilib, ularning molekulalarning tuzilishi RTT usuli bilan isbotlangan;
sintez qilingan moddalarning termik xossalari, termik parchalanish mexanizmi va ularning miqdoriy, energetik jihatlari hamda termodinamik kattaliklari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mn(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II) ionlarining ftorli tetraketon hosilalari bilan kompleks birikmalari sintezi, tuzilishi, xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
para-[bis-1,4-(4,4,4-triftorbutandion-1,3)]-benzol (C14H28O4F6)ning rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembrij kristallografik ma'lumotlar bazasiga kiritilgan (CCDC 1045842). Natijada, bazaga kiritilgan kimyoviy birikmalar o‘xshash birikmalarni sintez qilish va tuzilishini tavsiflashda taqdim etilgan ma'lumotlardan foydalanish imkonini bergan;
tarkibida N,O2 va N,O,S donor atomlar tutgan bis-tridentat, kuchli xelatlovchi tabiatga ega ligandlar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJda amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2023 yil 4 oktyabrdagi 23/01-01-07/490-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suv tarkibidagi Mn(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II), Cd(II) ionlarini tanlab cho‘ktirish, ularning sifat va miqdor tarkibini aniqlash uchun analitik reagent sifatida tavsiya etish imkonini bergan.