Otaqulov Shuxrat Murodullaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda siyosiy tartibot institutining demokratlashuv jarayoni”, 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/siyos61.

Ilmiy maslahatchi: Quranbaev Qahramon Quchqarovich, siyosiy fanlar doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc29.08. 2017. S.01.08.

Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Ravshanov Fazliddin Ravshanovich, siyosiy fanlar doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida siyosiy tartibotni takomillashtirish, uni demokratlashtirish muammo va istiqbollarini tahlil qilishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

“Siyosiy tizim” va “siyosiy tartibot” kategoriyalarining metodologik ahamiyati, ular o‘rtasidagi birlashtirish, moslashuv, resurslarni taqsimlashga ko‘ra farqlari nazariy jihatdan asoslangan;

siyosiy tartibotning siyosiy hokimiyatni amalga oshirishdagi  instrumental xususiyatlar i, “davlat hokimiyati” va “siyosiy hokimiyat” o‘rtasidagi faoliyatlariga ko‘ra farqlari ochib berilgan;

siyosiy tartibotning demokratlashuv ko‘rsatkichlari (siyosiy ishtirok,  ijtimoiy sherikchilik va jamoatchilik nazorati) demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish omillari ekani ochib berilgan;

Demokratik islohotlarning chuqurlashuvi va fuqarolik jamiyatining rivojlanishi institusional boshqaruv usulining shakllanishiga olib kelishi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonda siyosiy tartibot institutining demokratlashuv jarayonini o‘rganish natijasidagi takliflar asosida:

tadqiqotning jamiyat “siyosiy tizimi” va “siyosiy tartiboti” kategoriyalari ilmiy konseptual jihatdan tadqiq qilinib, ular o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlar, siyosiy tartibotning siyosiy hokimiyatni amalga oshirishdagi instrumental xususiyatlari, “davlat hokimiyati” va “siyosiy hokimiyat” o‘rtasidagi farqlar ochib berilishiga doir xulosalaridan foydalanildi (Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining 2018 yil 5 maydagi 03-023-/215-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyat siyosiy tartibotini mavjud siyosatga mos holda rivojlantirish, unga demokratik qiyofa berish, chunonchi qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etish, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunni takomillashtirish, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirishni ko‘zda tutuvchi ilmiy-amaliy taklif va mulohazalardan foydalanildi.

 Siyosiy tartibotning zamonaviy modellari to‘g‘risidagi xulosalar hamda ma’naviyat sohasidagi davlat siyosati, jamiyat taraqqiyotida siyosiy madaniyatning ahamiyati, ma’naviy-axloqiy muhit tahliliga bag‘ishlangantavsiyalardan foydalanildi  (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazining 2018 yil 24 maydagi 02/010-676-18-son ma’lumotnomasi). Natijada Markazning “aholi o‘rtasida Vatanga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash, daxldorlik fazilatlari, mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirish, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, radikalizm, “ommaviy madaniyat” kabi illatlarga qarshi targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishi”ga oid chora-tadbir rejalarining ijrosini ta’minlashda dissertantning ilmiy-tadqiqot ishiga oid ma’lumotlar xizmat qilgan.

Tadqiqotning fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlanishida siyosiy tartibotning roli borasidagi tahliliy materiallardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyati davomida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va rolini yanada oshirishga doir istiqbollarni o‘rganish, ijtimoiy-siyosiy institutlar, xususan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yoshlar masalasiga e’tiborini kuchaytirish mexanizmlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 2018 yil 11 yanvardagi 04-13/142-son dalolatnomasi) Tadqiqot doirasida bildirilgan xulosa va tavsiyalar Ittifoqning turli seminarlari, targ‘ibot materiallari, debat va davra suhbatlari hamda ma’naviy-ma’rifiy rejalarini bajarishda muayyan darajada xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish