Ganiev Baxodirjon Sodiqjonovichning

falsafa doktor (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda tadbirkorlik madaniyatini yuksaltirish omillari», 09.00.02–Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (madaniyat falsafasi va madaniyatshunoslik) (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fal91.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.G‘.01.05.

Ilmiy rahbar: Turg‘unboev Farhod Jo‘raevich, falsafa fanlari doktori.

Rasmiy opponentlar:Nurmatova Mukarram Ahmedovna, falsafa fanlari doktori, professor; Qoraboev Usmon Hosilovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent Moliya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda tadbirkorlik madaniyatini yuksaltirish omillarining falsafiy-nazariy jihatlarini tadqiq etishdan iborat.  

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

jamiyatning yangi yuksalish bosqichida tadbirkorlik madaniyatini shakllantirishning milliy  mental (faoliyat yuritishda oila, mahalla manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan yuqori, tor ixtisoslashuvdan universallikni ustun qo‘yish) xususiyatlari takomillashtirilgan;

tadbirkorlik madaniyatini yuksaltirishda yangi mulkdorlar sinfi vakillarining shaxsiy manfaati (individual-pragmatik) bilan bir qatorda  jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy barqarorligiga bevosita ta’sir etayotganligi falsafiy nuqtai nazardan asoslangan;

uyushmagan yoshlar tadbirkorlik madaniyatini professional-kasbiy jihatdan takomillashtirishda individual-intellektual tafakkur va korporativ etikaning faollashuvi orqali iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni ochib berilgan;

O‘zbekistonda tadbirkorlik madaniyati yaxlitligini ta’minlashda tashqi ijtimoiy muhit va ichki ma’naviy jarayonda ishtirok etuvchilar faoliyatini uyg‘unlashtirishga xizmat qiluvchi ilg‘or amaliy tajribalarga asoslangan  (tadbirkorlar hududiy madaniy-ma’rifiy markazlarini tashkil etish, ta’lim tizimiga maxsus kurslar (tadbirkorlik madaniyati, tadbirkorlik psixologiyasi, tadbirkorlik sotsiologiyasi, biznes falsafasi)ni kiritish) taklif-tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonda tadbirkorlik madaniyatini yuksaltirish omillarini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan ijtimoiy-falsafiy takliflar asosida:

tadbirkor madaniyati ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy shart-sharoitlarda shakllanish mexanizmlari milliy identifikatsiya va gumanistik mazmundagi jamiyatni modernizatsiyalash talablari asosida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalaridan OT-f1-100 raqamli «Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy faoliyatining badiiy ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuv» amaliy loyiha hamda YoA-1-007 raqamli  «Radikal mafkuralarning yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri va ularning oldini olish usullari» mavzuidagi amaliy loyihalar doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 6 iyun` 2018 yildagi 89-03-2211-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotda qo‘llanilishi xalqimizda, ayniqsa yoshlarda tadbirkorlik madaniyatini mustahkamlashning samarali tizimini yaratish imkonini bergan;

yoshlarda yuksalayotgan tadbirkorlik madaniyatini mavjud xalqaro huquqiy-me’yoriy va ma’naviy-axloqiy talablardan kelib chiqqan holda ushbu jarayonni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazining «Iqtisodni rivojlantirish va liberallashtirishning ustivor yo‘nalishlari»ni ijrosini ta’minlashga qaratilgan ish rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazining 2017 yil 15 noyabrdagi 08/93-son ma’lumotnomasi). Bu esa tadbirkorlarda xalqaro huquqiy-me’yoriy va ma’naviy-axloqiy talablarini chuqur bilishlari orqali ular huquqiy madaniyatini yuksalishiga xizmat qilgan;

jamiyatda tadbirkor shaxs ma’naviy-axloqiy qiyofasining yangi madaniy modeli, uni yanada takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishning ijtimoiy-madaniy indikatorlariga doir nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan o‘tkazilgan seminar-treninglar va davra suhbatlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazining 2017 yil 15 noyabrdagi 08/93-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda tobora salmog‘i ortib borayotgan tadbirkorlarning kasbiy madaniyatini yuksaltirish, ularning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy bilim darajasini oshirishga xizmat qilgan;

xorijiy mamlakatlarning shaxs tadbirkorlik madaniyatini yuksaltirish tajribasidan ratsional foydalanishga oid xulosalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tadbirkorlikka oid seminar-treninglarida va markaz faoliyati bilan bog‘liq ilmiy-nazariy masalalarga bag‘ishlangan materialarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2017 yil 15 noyabrdagi 04-13/1931-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi  yoshlar dunyoqarashida tadbirkorlik madaniyati, xususiy mulk, uning mazmuni, maqsadiga nisbatan ijobiy munosabatning shakllanishi, yoshlar orasida tadbirkorlar sonining ortib borishi, iqtisodiy taraqqiyot, xalq farovonligiga doir dunyoqarashni shakllantirish va bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish