Valiev Tuychi Qorjovovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili yo‘lsozlik terminlarining struktur-semantik xususiyatlari va leksikografik talqini”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil15.

Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017. Fil.02.03.

Rasmiy opponentlar: Eltazarov Juliboy Danaboevich, filologiya fanlari doktori; Ko‘chimov Shuxrat Norqizilovich, filologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqot maqsadi: o‘zbek tili terminosistemasidagi yo‘lsozlik terminlarining struktur, semantik, derivatsion, leksikografik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘zbek tilidagi yo‘lsozlikka oid terminlar alohida ichki guruhlarga ajratilgan, har bir mavzuiy guruhning o‘z o‘rnida kichik lug‘aviy-ma’noviy guruhlarga bo‘linib ketishi asoslangan;

o‘zbek tili yo‘lsozlik terminologiyasi tizimidagi terminlarning bevosita yoki bilvosita «yo‘lga xos» yaxlitlovchi sema asosida birlashuvi, bu semaning termin semantik strukturasidagi mustahkam o‘rni aniqlangan;

yo‘lsozlik terminlarining sodda, qo‘shma, juft, birikma, qisqartma terminlar, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, etti uzvli birikma terminlar kabi formal-struktur belgilari aniqlanib, ular leksema, frazema, erkin birikmalar, leksema-terminlar va birikma-terminlar tarzida ifodalanishi ochib berilgan;

o‘zbek tili yo‘lsozlik terminologiyasida universaliya, polisemiya, polifunksionallik, metaforik va vazifadoshlik asosida qo‘llanilishining yuzaga kelish sabablari aniqlangan hamda ba’zi polifunksional terminlarning ma’nolari orasidagi aloqa susayishi bilan ularning omonimlikka intilayotganligi dalillangan;

«O‘zbek tili yo‘lsozlik terminlarining izohli lug‘ati»dagi leksema, so‘zshakl va birikma terminlarning o‘rin olishi, ular ma’nolari asosida bir leksema-terminga tenglashtirilgan holda izohlanishi, lug‘at maqolasining izoh qismi «xususiylik - umumiylik», «jins – tur» tamoyillari asosida yoritilishi lozimligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Dissertatsiyaning o‘zbek tili yo‘lsozlik terminlari shakllanishi va hosil bo‘lishining formal-struktural belgilari, mavzuiy guruhlari va qo‘llanilish xususiyatlariga doir xulosalaridan:

yo‘lsozlik terminlarining lingvistik xususiyatlarini yoritish borasidagi ilmiy natijalardan FA-F1-G041 raqamli «O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish» fundamental loyihasida yo‘l, yo‘lsoz, tosh, poy, roh, raha, chorko‘cha, chorsu, nov, ko‘cha, yo‘l ishchisi, yo‘l mutaxassisi, tabiiy tosh, maydalangan tosh, shag‘al, chaqiq tosh, ohaktosh, shag‘al aralashmasi, qum, shlak, asfal`t-beton, yo‘l to‘shamasi, yo‘l asosi, yo‘l qoplamasi, qatnov qismi, yo‘l cheti, qirg‘oq, yo‘l qoplamasi, chim, qum, ayvon, arkli ko‘prik, giltuproq, ohak kukuni, yon ariq(cha), tuproq yo‘l (dala yo‘l,) to‘sin yo‘l, burg‘ilash, shibbalash, pardadevor, qoziqoyoq, shlak-tuproqli, o‘rkachsimon, o‘nqir-cho‘nqir, qoplamaning nurashi, ayvon, galereya (ayvonsimon yo‘l), boshmoq, to‘shama, nov, oxur, tegana, chuqur, botiq, toshtaxta, tebratish terminlarini izohlashda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 9 oktyabrdagi FTA-02-11/821-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili yo‘lsozlik terminlarining ma’nolarini yanada aniqlashtirish, ularni ta’riflash va tasniflash asoslarini ishlab chiqish sistemasi takomillashtirilgan;

o‘zbek tili yo‘lsozlik terminologiyasiga oid natijalardan OT-F8-002 raqamli «Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri» fundamental loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 apreldagi 89-03-1554-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llash o‘zbek tili yo‘lsozlik terminlarini tartibga solishga qulaylik yaratgan;

yo‘lsozlik terminlariga oid xulosalaridan  respublikamizda yo‘l-transport kommunikatsiyasi sohasini xalqaro andazalar talablari darajasida rivojlantirishda foydalanilgan («Yo‘l – Loyiha Byurosi» mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2017 yil 18 maydagi 606/15-son, Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2017 yil 16 oktyabrdagi 13-3191-son ma’lumotnomalari). Natijada tilimizda yo‘lsozlik terminlarining rasmiy ish yuritishda, ilmiy-texnik loyihalar va hujjatlar tuzishda qo‘llanishini takomillashtirishga olib kelgan.

o‘zbek tilining yo‘lsozlik sohasidagi terminlar tizimini struktur, semantik, derivatsion, leksikografik aspektda tadqiq etish natijasida «O‘zbek tili yo‘lsozlik terminlarining izohli lug‘ati»” (ISBN 978-9943-18-231-8) tuzilgan. Ilmiy natijalar asosida lug‘aviy birliklarning ma’nolari boyigan, izohlari mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish