Xodjaeva Zulfiya Shuxratovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Egiluvchi temirbeton elementining tabiiy iqlim sharoitida betonning chiziqsiz deformatsiyasini hisobga olgan holdagi termozo‘riqishi», 05.09.01–Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T146.

Ilmiy rahbar: Xodjaev Abbas Agzamovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.27.06.2017.T.11.01.

Rasmiy opponentlar: Razzoqov Sobirjon Jo‘raevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Shaumarov Nemat Baxramovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: «O‘zog‘irsanoatloyiha» AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy iqlim sharoitining murakkab omillari ta’sirida temirbetonning chiziqsiz termozo‘riqish holatini hisobga olgan holda konstruksiyalarning hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tabiiy iqlim sharoitida o‘zgaruvchan harorat ta’sir etishi natijasida temirbeton elementining kesimi yuzasi bo‘ylab harorat va deformatsiyaning o‘ziga xos o‘zgarishi va xarakteri ishlab chiqilgan tajriba-sinov uslubi yordamida aniqlangan va harorat maydoni notekis taqsimlanish diagrammasi ishlab chiqilgan;

temirbeton elementining kesim yuzasi bo‘yicha haroratning notekis taqsimlanishi oqibatida betondagi destruktiv jarayonlarning kelib chiqishi o‘zgaruvchan tashqi harorat maydoni bilan konstruksiyaning ichki harorati o‘rtasidagi keskin tafovut natijasida yuzaga kelish sabablari ochib berilgan;

temirbeton elementining kesim yuzasida hosil bo‘ladigan harorat, deformatsiya, kuchlanishlarning quriq-issiq iqlim sharoitiga xos bo‘lgan egri chiziqli epyuralari ishlab chiqilgan hamda betonning fizik-mexanik xossalari, jumladan mustahkamlik va deformatsiyalanish ko‘rsatkichlari harorat va namlikni notekis taqimlanishi natijasida o‘zgarib borishi aniqlangan;

temirbeton elementining kuchlanish-deformatsiyalanish holatini real baholashning me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan muhandislik hisoblash usuli tabiiy murakkab iqlim sharoiti ta’sirlarining sutkali, mavsumiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan;

loyihalash jarayonida tabiiy iqlim sharoitining temirbeton konstruksiyalariga ta’sirini o‘rganishda ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan hisoblash usuli, ularning real notekis termozo‘riqish holatini hisobga olish imkonini bergan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Egiluvchi temirbeton elementining tabiiy iqlim sharoitida betonning chiziqsiz deformatsiyasini hisobga olgan holdagi termozo‘riqishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:

termokuchlangan konstruksiyalarni hisoblash usuli “Farg‘ona shahridagi 20000 o‘ringa mo‘ljallangan stadion” qurilishida temirbeton konstruksiyalarini hisoblashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2017 yil 25 dekabrdagi
13385/02-13-son ma’lumotnomasi). Taklif qilingan usulni qo‘llash natijasida konstruksiyaning kapital ta’mirlash vaqtini 20% ga uzaytirish imkonini bergan;

murakkab iqlim sharoitda temirbeton konstruksiyalarning termozo‘riqish holatini avtomatlashtirilgan hisoblash usuli M-34 «Toshkent-Dushanbe» avtomobil` yo‘lining, 117 kilometridagi yo‘lo‘tkazgich konstruksiyasini hisoblashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2018 yil 23 yanvardagi 02-282-son ma’lumotnomasi). Natijada quruq-issiq iqlim sharoitida ekspluatatsiya qilinayotgan konstruksiyalarning real xizmat qilish muddatini 20% ga oshirish imkoni yaratilgan;

temirbeton konstruksiyalarning termozo‘riqish holatini hisoblash bo‘yicha me’yoriy ko‘rsatma “Quvur-mexanika zavodi”ning temirbeton konstruksiyalarini hisoblashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2017 yil 25 dekabrdagi
13385/02-13-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi temirbeton konstruksiyalarning tabiiy iqlim sharoitlarida real notekis termozo‘riqish holatini baxolash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish