Namyssov Erlan Dumanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Internet-firibgarliklarning kriminologik jihatlari va ularning oldini olish”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Yu1332.
Ilmiy rahbar: Rustambaev Mirzayusup Xakimovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti DSc.32.30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Toxirov Farxod, yuridik fanlar doktori, professor; Payziev Dilshat Yuldashbaevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi internet-firibgarlikning kriminologik jihatlarini o‘rganish asosida ularni oldini olishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot tizimlaridan foydalangan holda sodir etilgan internet-firibgarlikning joyi sifatida pul o‘tkazayotgan jabrlanuvchining joylashgan joyini belgilash kerakligi asoslangan;
jabrlanuvchi pul mablag‘lari va (yoki) shaxsiy ma’lumotlarni axborot tizimlaridan yuborgan payt internet-firibgarlik jinoyati sodir etilishi tamomlangan vaqt deb topish zarurligi asoslantirilgan;
internet-firibgarlikni oldini olishning xususiy kriminologik metodikasi mazkur kiberjinoyatlarning yangi shakllari va usullariga qarshi kurashishda internet-firibgarlik holati haqida xabar berish algoritmlarini qo‘llash, fishingni aniqlash va kiberxavfsizlikni ta’minlash dasturiy ta’minotidan foydalanish usullarini kirirtish orqali takomillashtirilgan;
voyaga etmaganlar tomonidan sodir etiladigan internet-firibgarlik jinoyatlarini oldini olishda kuzatuv (nazorat) dasturlaridan foydalanish, “internetda hushyor bo‘l” targ‘ibot-tashviqot ishlarini kengaytirish, on-layn xavflardan ogohlantirish tizimi samara berishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
axborot tizimlaridan foydalanuvchilarga nisbatan sodir etilgan firibgarlikni jabrlanuvchiga pul mablag‘lari va (yoki) shaxsiy ma’lumotlar aybdorga yoki uning ko‘rsatmasi bo‘yicha boshqa shaxslarga o‘tkazilgan paytdan boshlab tugallangan deb topish to‘g‘risidagi taklif Qozog‘iston Respublikasi Oliy sudining 2017 yil 29 iyundagi 6-sonli “Firibgarlik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandi uchinchi xatboshisiga qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi sud ma’muriyatining 2024 yil 20 fevraldagi 6001-24-9-6/57-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi jabrlanuvchilarning huquqlarini kafolatlashga, shuningdek, internet-firibgarliklarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun jinoyat tamomlangan vaqtni aniq belgilanishiga xizmat qilgan;
axborot tizimlaridan foydalangan holda sodir etilgan internet-firibgarlikning joyi sifatida pul o‘tkazayotgan jabrlanuvchining joylashgan joyi deb hisoblash to‘g‘risidagi taklif Qozog‘iston Respublikasi Oliy sudining 2017 yil 29 iyundagi 6-sonli “Firibgarlik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandining uchinchi xatboshisi bilan to‘ldirishda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi sud ma’muriyatining 2024 yil 20 fevraldagi 6001-24-9-6/57-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi Internet-firibgarlik jinoyatlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituvi uchun mas’ul organni belgilashga, shuningdek, internet-firibgarlikdan jabrlangan shaxslarning huquqlarini kafolatlanishi darajasi oshirilishiga xizmat qilgan;
fuqarolarni huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va internet-firibgarlik jinoyatchiligiga qarshi kurashish holati to‘g‘risida xabardor qilish va huquqiy ta’lim berish to‘g‘risidagi taklif Qozog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015 yil 29 dekabrdagi “Uchastka polisiya inspektorlari va ularning yordamchilarining faoliyatini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1095-sonli buyrug‘ining 25-bandining 3-kichik bandiga Qozog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023 yil 21 avgustdagi 652-son buyrug‘i bilan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Ma’muriy polisiya qo‘mitasining 2024 yil 19 martdagi 5-5-5-6-77/436-i-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi fuqarolarning internetdagi firibgarlik jinoyatlari va ularni oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida xabardorligini oshirishga, shuningdek, internet firibgarlik jinoyatlari soni darajasini pasaytirishga va huquqni muhofaza qilish organlarining samaradorligini oshirishga yordam bergan;
ichki ishlar organlarining boshqa davlat organlari va nodavlat tashkilotlari bilan yig‘ilishlarida huquqbuzarliklar, shu jumladan voyaga etmaganlar o‘rtasida internet-firibgarliklarning oldini olish masalalari muhokama etilishi to‘g‘risidagi taklifdan Qozog‘iston Respublikasi IIVning 2022 yil 18 avgustdagi 687-son buyrug‘i bilan “Polisiya uchastka inspektorlari faoliyatini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2015 yil 29 dekabrdagi 1098-sonli buyrug‘ining 23-bandi 11-bandiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Ma’muriy polisiya qo‘mitasining 2024 yil 19 martdagi 5-5-5-6-77/436-i-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi internet- firibgarliklarga qarshi kurashni, shu jumladan voyaga etmaganlarni uning salbiy oqibatlaridan himoya qilish choralarni kuchaytirishga yordam bergan;
ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish maqsadida ularning huquqbuzarliklari va boshqa g‘ayriijtiomiy harakatlarning sabablari va shartlarini aniqlash shartligi to‘g‘risidagi taklifdan taklifdan Qozog‘iston Respublikasi IIVning 2022 yil 18 avgustdagi 687-son buyrug‘i bilan “Polisiya uchastka inspektorlari faoliyatini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2015 yil 29 dekabrdagi 1098-sonli buyrug‘ining 23-bandi 11-bandiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Ma’muriy polisiya qo‘mitasining 2024 yil 19 martdagi 5-5-5-6-77/436-i-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ichki ishlar organlarining voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha uchastka polisiyasi inspektorlarining internet-firibgarliklarni oldini olish bo‘yicha faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon bergan.