Shaxobiddinov Alisher Shopatxiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Megapolis sharoitida mobil` aloqa stansiyalari elektromagnit maydoni sathlarining taqsimot modellari», 05.04.02–Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil`, tola-optik aloqa tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T83.
Ilmiy rahbar: Nazarov Abdulaziz Muminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.28.12.2017.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Abduqayumov Abdurashid, texnika fanlari doktori, professor; Abduqodirov Alisher Xabibullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: megapolis sharoitida 900 MGs diapazonida mobil` aloqa stansiyalarining elektromagnit maydoni sathlari taqsimotini hisoblash modellarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mobil aloqa stansiyalarining 900 MGs diapazonida elekromagnit maydon sathlarini hisoblovchi Okamura-Xata modellari yangi empirik koeffisientlarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
Okamura-Xata modellari elektromagnit maydon qiymatiga yakka baland binodagi susayishni va joy do‘ngligining ta’sirini inobatga oluvchi koeffisientlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
Ikegami modeli elektromagnit maydon sathini aniqlash ob-havo ta’sirini kiritish orqali takomillashtirilgan;
avtomobil` tunnellarida elektromagnit maydonning susayishini hisoblash usuli to‘g‘riburchakli to‘lqino‘tkazgich modeli asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Megapolis sharoitida mobil` aloqa stansiyalari elektromagnit maydoni sathlarining taqsimot modellari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mobil aloqa stansiyalari elektromagnit maydoni sathlarini hisoblovchi takomillashtirilgan Okamura-Xata modellari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi «Elektromagnit moslashuv markazi» davlat unitar korxonasiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 24 maydagi 33-8/3733-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida Toshkent shahri uchun yakka binolar va rel`efning do‘ngligi natijasida yuzaga keladigan qo‘shimcha susayishlarni hisoblash imkoniyati yaratilgan;
to‘g‘riburchakli to‘lqino‘tkazgich modeli asosida avtomobil` tunnellarida signallarning susayishini hisoblash usuli Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi «Elektromagnit moslashuv markazi» davlat unitar korxonasiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 24 maydagi 33-8/3733-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida turli uzunlikdagi avtomobil` tunnellarida 900 va 1800 MGs chastota diapazonlari mobil` aloqa signallarining susayish qiymatlarini bashorat qilish imkoniyati yaratilgan;
mobil` aloqa signallarining to‘siqlardan akslanish qiymatlari va qor qatlamida susayishini hisoblash usuli Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi «UNICON.UZ» davlat unitar korxonasiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 24 maydagi 33-8/3733-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida qor qatlamida 900 va 1800 MGs chastota diapazonlarida mobil aloqa signallarining susayish qiymatlari, mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan sariq va qizil pishiq g‘ishtlarning elektrodinamik parametrlari, akslantirish qiymatlarini inobatga olish imkoniyati yaratilgan.