Oripov Firdavs Sur’atovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homiladorlik davrida pestisid bilan zaharlantirilgan quyon avlodlari och ichagi immunnoneyroendokrin apparatlarining morfologiyasi», 14.00.02–Morfologiya va 14.00.35–Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib264.

Ilmiy maslahatchilar: Dehqonov Toshpo‘lat Dehqonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Azamat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Azizova Feruza Husanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Akram Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Nasriddin Shamsiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: homiladorlik davrida pestisidlar bilan zaharlangan quyonlar naslining och ichak nerv, diffuz endokrin apparatlari va immun tizimlarining prenatal va postnatal ontogenetik rivojlanishi morfologik xususiyatlarini takomillashtirishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

prenatal ontogenezning so‘ngi davrida quyon homilasi va postnatal ontogenezning dastlabki davrlarida quyonlar och ichagi tuzilmalari morfologiyasi, morfofunksional shakllanishi jarayonida tarkibiy qismlarning o‘zaro munosabatlari  asoslangan;

prenatal ontogenezning so‘ngi va postnatal ontogenezning dastlabki muddatlarida och ichak boshqaruv tizimi tuzilmalari komponentlarining morfologik va morfometrik  ko‘rsatkichlarning xususiyatlari asoslangan;

quyon homilasida homiladorlik davrida tajribaviy zaharlanish natijasida och ichak mahalliy boshqaruv tizimining o‘zgarish darajalari  isbotlangan;

prenatal ontogenezning so‘ngi davrida quyonlar homilasi va postnatal ontogenezning dastlabki davrida quyonchalar organizmiga ona organizmi orqali siraks pestisidining och ichak morfologik ko‘rsatkichlariga salbiy ta’siri  isbotlangan;

ingichka ichak tug‘ma nuqsonlari bilan tug‘ilish xavfining sifatli ichimlik suvi ta’minoti va qishloq xo‘jaligida pestisidlardan foydalanish holati bilan bog‘liqlik korrelyasiyasi darajasi  va ingichka ichak tug‘ma nuqsonlarining oldini olishdagi axamiyati asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Homiladorlik davrida pestisid bilan zaharlantirilgan quyon avlodlari och ichagi immunnoneyroendokrin apparatlarining morfologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Ilk postnatal ontogenezda och ichak intramural nerv apparati morfologiyasi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 yanvardagi 8n-d/15-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ilk postnatal ontogenezning turli muddatlarida tajriba hayvonlari och ichagi intramural nerv tizimi rivojlanish darajasi, ovqatlanish xususiyatlari o‘zgarishiga ko‘ra ichak nerv tuzilmalari rivojlanishining intensiv o‘zgarishi muddatlarini aniqlash imkonini bergan;

«Ontogenezning ilk davrlarida och ichak morfologik tuzilishini baholashning ayrim innovatsion usullari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 yanvardagi 8n-d/15-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ontogenezning  ilk davrlarida ingichka ichak materiallariga va kesmalariga gistologik ishlov berishning bir nechta yangi zamonaviy usullarini amaliyotga tatbiq qilish imkonini bergan;

homiladorlik davrida pestisid bilan zaharlantirilgan quyon avlodlari och ichagi immunnoneyroendokrin apparatlarining morfologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot institutlari markaziy ilmiy laboratoriyalari hamda gistologiya, sitologiya va embriologiya, sud tibbiyoti va patologik anatomiya, normal va patologik fiziologiya kafedralari o‘quv jarayoniga hamda morfologiya, neonatologiya, pediatriya, bolalar xirurgiyasi va sud tibbiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental tadqiqotga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 8n-d/116-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma ingichka ichak nuqsonlarini xirurgik davolash imkoniyatlari bu jajji bemorlarda hozirgi kunda ancha chegaralanganligini ko‘rsatdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish