Kamalova Gul`nora Gulyamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «13 dan 23 yoshgacha bo‘lgan qizlarda bachadon, tuxumdonlarni hayz davrida va birlamchi, ikkilamchi amenoreyada ul`tratovush anatomiyasi», 14.00.02–Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib16.
Ilmiy rahbar: Kasimxodjaev Ibragimdjan, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Mirsharapov O‘tkir Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Shavkat Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Halqaro qozoq–turk xalqaro universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bachadon va tuxumdonlarning yoshga oid exoparametrlarini hayz sikli vaqtida va birlamchi hamda ikkilamchi amenoreyada 13 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan qizlarda tekshirish natijalarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk maratoba bachadon va tuxumdonlarning hayz davrlarida me’yorida exoparametrlari tekshirishga asoslangan bachadon uzunligi 13 dan 23 yoshgacha bo‘lgan qizlarda hayz sikli vaqtida va hayz siklidan keyin o‘rtacha 1,37 dan 1,46, oldingi-orqa o‘lchami 1,08 dan 1,24, kengligi 1,4 dan 1,48 marta kattalashishi, hayz siklining barcha davrlarida bachadonning uzunligi va kengligi 20 yoshga kelib, oldingi-orqa o‘lchamlari esa 19 yoshga kelib eng katta qiymatlariga, bachadon bo‘yining jadal o‘sishi 14, 16 va 20 yoshda, kengligi bo‘yicha o‘sishi 14, 15 va 20 yoshda sodir bo‘lishi, tuxumdonlarning uzunligi va kengligi orasidagi bilateral farqlar 13 va 17 yoshdan tashqari barcha yoshlarda kuzatilishi asoslangan;
birlamchi amenoreyada me’yorga nisbatan bachadon uzunligi 13-16 yoshda, oldingi-orqa o‘lchamlari 13 va 15 yoshda, kengligi 15 va 16 yoshda eng kichik o‘lchamda ekanligi, bachadonning eng katta farqi kengligida, oldingi-orqa o‘lchamida, asosan, uning endametriysi qalinligi hamda o‘ng tuxumdon uzunligi me’yorga nisbatan – 0,3 dan 2,4 mm gacha, chap tuxumdonniki – 4,7 dan 6,8 mm gacha, kengligi, mos ravishda 0,2 dan 3,4 mm gacha va 1,4 dan 2,6 mm gacha, oldingi-orqa o‘lchamlari esa, mos ravishda, 0,4 dan 1,9 mm gacha va 0,6 dan 3,0 mm gacha, o‘ng tuxumdonga nisbatan chap tuxumdonning barcha exoparametrlari birlamchi amenoreyada me’yordan katta farq qilishi isbotlangan;
ikkilamchi amenoreyada bachadon uzunligi me’yorga nisbatan 0,7-3,2 mm ga, oldingi-orqa o‘lchami – 0,7-3,2 mm ga, kengligi – 0,5-3,5 mm ga kichikligi, endanmetriy qalinligi 4,1-6,3 mm ga ingichka, o‘ng tuxumdon uzunligi me’yorga nisbatan o‘rtacha 1,1 dan 2,4 mm gacha kam, kengligi esa – 0,5-1,0 mm kichikligi, o‘ng tuxumdonning eng ko‘p farqi 18, 21 va 22 yoshlarda, po‘stloq qavati qalinligi ikkilamchi amenoreyada barcha tekshirilgan yosh davrlarida chap tuxumdonga solishtirganda kichikligi, o‘ng tuxumdonning eng kichik follikulalari diametri ikkilamchi amenoreyada o‘rtacha 0,1-1,4 mmga, chap tuxumdonniki esa 1,0-3,0 mm ga kamligi isbotlangan;
o‘ng tuxumdonning eng katta folikululari diametri ikkilamchi amenoreyada 17, 18, 19 yoshlarda normadan katta, 20, 23 yoshlarda me’yorga nisbatan kichkina (3,3-11,0 mm), chap tuxumdonda bu diametr barcha tekshirilgan yosh guruhlarida nazortaga solishtirganda ancha kichik (15,3-16,2 mm) ekanligi isbotlangan;
hayz siklining barcha davrlarida o‘ng tuxumdon (O‘T) uzunligi 22 yoshga, chap tuxumdon esa – chap tuxumdonda sariq tana bo‘lganda hayz sikli vaqtida (ChTSHS) 20 yoshga, o‘ng tomonlama ovulyasiyada hayz sikligacha (O‘TOHS) 22 yoshga, hayz siklining boshqa davrlarida 23 yoshga kelib maksimum qiymatlariga ega bo‘lishi ikkala tuxumdonlarning mag‘iz bo‘limi qalinligi 13 yoshdan 16 yoshgacha hayz siklining barcha davrlarida deyarli bir xil 17 yoshdan keyin u o‘ng tomonda 2,0 dan 2,5, chap tomonda 2,3 dan 2,9 marta kattalashadi, tekshirilgan yosh davrlarining barchasida o‘ng tuxumdon po‘stloq qavati qalinligi 1,1 dan 1,27, chap tuxumdonniki 1,2 dan 1, 27 martagacha kattalashishi isbotalangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
13 dan 23 yoshgacha bo‘lgan qizlarda bachadon, tuxumdonlarni hayz davrida va birlamchi, ikkilamchi amenoreyada ul`tratovush anatomiyasi erta tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«13 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan qizlarda bachadon va tuxumdonlarni yosh mos ravishda exoparametrik xususiyatlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2011 yil 14 noyabrdagi 8n/176-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma 13 dan 23 yoshgacha qizlarda bachadon va tuxumdonlarning exoparametrik ko‘rsatkichlarni ul`tratovush tekshiruvlari asosida aniqlash va patologik o‘zgarishlarni tashxislash va davolash tizimini anivlash imkonini bergan;
«13 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan qizlarda bachadon va tuxumdonlarni yosh mos ravishda exoparametrik xususiyatlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2011 yil 14 noyabrdagi 8n/176-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma 13 dan 23 yoshgacha qizlarda bachadon va tuxumdonlarning exoparametrik ko‘rsatkichlarni ul`tratovush tekshiruvlari asosida aniqlash va patologik o‘zgarishlarni tashxislash va davolash tizimini aniqlash imkonini bergan;
dasturida 13 dan 23 yoshgacha bo‘lgan qizlarning hayzgacha, hayz davrida va undan keyingi davrda, shuningdek, birlamchi, ikkilamchi amenoreyada bachadon va tuxumdonlarni anatomik o‘lchamlarini aniqlash va tashxis qo‘yish uchun yordam berishga qaratilgan exoparametrlarni baholash imkonini bergan;
«13 dan 23 yoshgacha bo‘lgan qizlarda bachadon tuxumdonlarni hayz davrida va birlamchi, ikkilamchi amenoreyada ul`tratovush anatomiyasi bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Akusherlik va ginekologiya ilmiy tekshirish instituti, Namangan viloyati, Farg‘ona viloyati perinatal markazi va Namangan viloyati Chortoq tug‘ruq kompleksining klinik amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 martdagi 8n-d/27-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi hayz davrida bachadon uzunligi 13 dan 23 yoshgacha bo‘lgan qizlarda 1,37 dan 1,46 martaga, oldingi-orqa o‘lcham 1,24 martaga, kengligi 1,5 martaga kattalashadi. Bunda hayz siklining barcha davrlarida bachadon uzunligi va kengligi 20 yoshga kelib maksimum qiymatlariga etadi, oldingi-orqa o‘lcham esa 19 yoshda, bachadon buyinchasi uzunligi 22 yoshda kuzatilishini aniqlash imkonini bergan.